IV. Mavzuni mustahkamlash maqsadida „Tushunchalar tahlili“ va „Amaliy mashg‘ulot“dan foydalaniladi.
a) Guruhlarga slayd orqali „Tushunchalar tahlili“ metodi bo‘yicha topshiriq beriladi. Bu usulda guruhlar yangi mavzu bo‘yicha olgan bilimlaridan foydalanib, jadvalning chap ustunini to‘ldirishadi.
Tushunchalar
|
Mazmuni
|
|
O‘rtacha qalinligi 10-11km. Havodagi barcha suv bug‘lari shu qatlamda. Bu qatlamda bulutlar paydo bo‘ladi. Yog‘inlar yog‘adi, ob-havo o‘zgarib turadi, tirik mavjudotlar shu qatlamda yashaydi.
|
|
Yuqori chegarasi 40-50 km balandda. Quyi qismida harorat -45°Сdan -75°C gacha pasayadi. Lekin yuqoriga ko‘tarilgan sari havo isib, +10°C gacha ko‘tariladi.
|
|
Bu qatlamlarda havo juda siyrak va koinotdan keladigan nurlar ta’sirida elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan bo‘lib qolgan. Qutb yog‘dulari, „Yulduz uchishi“ hodisalari shu qatlamlarda ro‘y beradi.
|
O‘quvchilar jadvalni to`ldirib bo‘lishgach, slayd orqali to‘g‘ri javoblar beriladi va o‘quvchilar javobi bilan taqqoslanadi. Guruhlarga globuschalar beriladi.
Tushunchalar
|
Mazmuni
|
Troposfera
|
O‘rtacha qalinligi 10-11km. Havodagi barcha suv bug‘lari shu qatlamda. Bu qatlamda bulutlar paydo bo‘ladi. Yog‘inlar yog‘adi, ob-havo o‘zgarib turadi, tirik mavjudotlar shu qatlamda yashaydi.
|
Stratosfera
|
Yuqori chegarasi 40-50 km balandda. Quyi qismida harorat -45°Сdan -75°C gacha pasayadi. Lekin yuqoriga ko‘tarilgan sari havo isib, +10°C gacha ko‘tariladi.
|
|
Dostları ilə paylaş: |