________________________________________________________________
"Экономика и социум" №6(109) 2023 www.iupr.ru
qadrsizlanishdan keying jamg’arilgan zararlarni chegirgan holda, qayta baholash
sanasidagi haqqoniy qiymatni aks ettiradigan qayta
baholangan qiymatda hisobga
olinishi lozim. Hisobot davri oxirida balans qiymatini uning haqqoniy qiymatidan
muhim farqlanmasligi uchun qayta baholash yetarli
darajada muntazam amalga
oshirilishi lozim.
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish mijoz korxona faoliyati
umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti
asosiy vositalar bo’limining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirish va korxonada
asosiy vositalar bilan bog’lik muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish
uslubiyotini tashkil etishning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy
xujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri
bo’lib, undagi o’rganiladigan masalalar keng qamrovli
va ularning barchasini
quyidagicha umumlashtirish mumkin:
asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o’rnatishni
ta’minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to’g’riligi; asosiy
vositalarning to’g’ri turkumlanishi; asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy
vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish; analitik va sintetik hisob hamda
hisobot ma’lumotlarining mosligi);
asosiy vositalar kirimi va chiqimiga
doir muomalalarni dastlabki
xujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir
muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va
chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;
asosiy vositalarga amortizasiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy
vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning to’g’riligi); amortizasiya
hisoblash usullarini qo’llashning qonuniyligi va to’g’riligi; jadallashtirilgan
amortizasiya usulini qo’llashning
qonuniyligi; amortizasiya ajratmalari hisob-
kitoblarining to’g’riligi; amortizasiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning
to’g’riligi);
asosiy vositalarni tiklashni - ta’mirlash, zamonaviylashtirish va qayta
jixozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni
xujjatlarda rasmiylashtirish;
ta’mirlash usullari; ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to’g’riligi;
asosiy vositalarni qayta jixozlash va zamonaviylashtirishga doir muomalalarni
hisobga olish;
asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hisobining
xolatini
baxolash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o’ziga qarashli
(0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001-schyot) va moliyaviy
lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310-schyot) saqlash joylarida moddiy
javobgar shaxslar bo’yicha hisobga olishning tashkil etilishini baxolash;
korxonaning o’ziga qarashli va moliyalanadigan
lizing asosida olingan
asosiy vositalar bo’yicha oylik eskirish hisoblanishining to’g’riligini tekshirish
(0211-0299-schyotlar). Chunki bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan maxsulot
(ish, xizmat)lar tannarxining (2010,2310,2320,2510, schyotlar debeti) shakllanishi
bilan bog’lik bo’lib, oqibatda korxonaning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki