Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


III bob Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

III bob
Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik
tasavvurlarni rivojlantirish samaradorligi.
3.1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish
Maktabgacha ta’lim muassasalari matematika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan
usullarning shakllari turli-tumandir. Bu shakllarning har biri didaktik yo‘nalganligi,
bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individualma-individual ish nisbati,
pedagogik rahbarlik xususiyatlari bilan shartlangan holda o‘ziga xosligi bilan
farqlanadi. Ko‘pincha bitta mashg‘ulotni amalga oshirish bolalarning bilishga oid
faoliyatlarini tashkillashtirishning bir necha ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Masalan,
umumiy shakl guruh bilan uyg‘unlikda yetarlicha samarador va sifatli oliy natijalarni
beradi. Maktabgacha yoshdagilar bilan eksperimental ish quyidagi bosqichlar
doirasida olib borildi:
1-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki elementar matematik
bilimlar, ko‘nikma va malakalarining egallanishi;
2-bosqich – bilimlarni nazorat qilish (mustahkamlash);
3-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faollik jarayonini
rivojlantirish va ular egallagan bilimlar asosidagi tajriba, ko‘nikmalarini
shakllantirish.
Bu jarayonda maqsadga muvofiq ravishda quyidagi uslubiy tamoyillar tadqiqot
ishining tajriba sinov ishlarini tashkil etishda asos sifatida xizmat qildi:
1.Og‘zaki – ertak, hikoya, tushuntirishlar.
2.Ko‘rgazmali – illyustratsiya, tarqatma materiallar.
3. Amaliy – kubiklar, legolar, konstruktorlar, geometrik shakllar yasash va ulardan
amalda foydalanish.
4.Turli matematik tushunchalarni mustahkamlash.
5. Ijodiy-mustaqil–jamoaviy (guruhda tarbiyachi nazorati ostida, qurish yasash
ishlarida).
Og‘zaki, ko‘rgazmali usullarga oid uslubiy tamoyillar ta’limning birinchi
bosqichida 6-7 yoshli bolalarda qo‘llanildi. Geometrik shakllar, sanoq va miqdor,
kattalik, fazoviy tasavvurlar va vaqt bo‘yicha mo‘ljal olishni o‘rgatish ishlarini sekin-
asta mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha topshiriqni murakkablashtirgancha olib borish
ancha natijadorlikka olib keldi.
Har bir mashg‘ulotda bolalarda matematika bilan muloqotdan quvnoq kayfiyat
yaratishga urindik. Bolalarnikiga mehmonga ertak qahramonlaridan Zumradoyning
kelishi muammolarni hal etish uchun yordam so‘rashi bolalarga matematik
masalalarni hal etish uchun qiziqish uyg‘otdi. Bolajonlarga bu mashg‘ulot quvonch
baxsh etadi, ularni matematik tushunchalardan foydalanishga, ularni bir biridan


farqlashga o‘rgatadi. Bunday mashg‘ulotlarga ko‘pincha ertak qahramonlari tashrif
buyuradi va bolalar bilan o‘ynashga kirishadi. Demak, tarbiyachi bunday
mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish orqali bolalarda matematik tasavvurlarning va
tushunchalarning shakllanishi, ularni amalda qo‘llashni o‘rganadilar.
Tayyorlov guruhda bolalar kichik, o‘rta va katta guruhlarda bilib olgan
matematik bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu guruhda tahsil yangi, ancha murakkab
vazifalarni qo‘yadi. Bolalar matematik bilimlarning amaliy malakalarini egallaydilar.
Boshqa bilimlar qo‘shiladi. Bolalar nafaqat sonlarni taniydilar, balki ular bilan ikki
amal bajarishni ham o‘rganadilar. Ular umumiy dinamika, tempga amal qilishni,
o‘yin va mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida boshlab, o‘z vaqtida tugallashni o‘rganadilar.
Tajriba sinov ishlari natijasi shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilari yoshiga mos ko‘rgazmali, og‘zaki va turli uslubiy
tamoyillarni qo‘llashni taklif qilamiz. Masalan, bolalarga soat tasviri tushirilgan
chiroyli illyustratsiyani ko‘rsatamiz. Tarbiyachi hikoya qilyapti: “Devorda qadimiy
soat osig‘liq turipti (tarbiyachi nog‘oraga bir marta uradi). Biroq soat chiqillab
yurishi kerak, tik-tak (tarbiyachi nog‘oraga bir necha bor uradi). Bolalar biz sizlar
bilan nog‘ora cholg‘usida soat qanday yurayotganini eshitdik, qutichada yomg‘ir
qanday yog‘ishini eshitish ham mumkin. Tarbiyachi so‘zlaydi: “Zumrad sayrga
chiqdi, to‘satdan uning kaftiga yomg‘ir tomchisi tushdi (tarbiyachi qutichaga urib,
tovush chiqaradi). Bulut quyosh yuzini qopladi va Zumrad kaftiga bir necha yomg‘ir
tomchilari tushdi (tarbiyachi qutichaga bir necha marta uradi). Avvaliga tomchilar
siyrak tushdi (tarbiyachi buni qutichada siyrak zarblar bilan tasvirlaydi), keyin esa
yanada ko‘payaverdi. Yomg‘ir kuchaydi (tarbiyachi tez-tez zarb beradi). Zumrad
soyabonini ochdi va yomg‘irning tugashini kutib turdi. Tez orada quyosh mo‘raladi
va yomg‘ir tindi”. Keyin tarbiyachi bolalardan qanday yomg‘ir bo‘lganini
aniqlashtiradi. Bolalar javob qiladilar: “Kuchli, katta, ko‘p, kam, kichik”, tarbiyachi
esa soatga e’tibor qaratadi: “Bolalar, qaranglar: men qaysi asbob yordamida yomg‘ir
tomchilarini yetkazdim? Bu asbob soat deb nomlanadi, avvaliga necha tomchi,
ikkinchi martagachi? Eslab ko‘ramizmi?”. Shunday qilib, sanoq, miqdor, tezlik,
kattalik tushunchalarini mustahkamlaymiz, bolalarga uni ko‘rib chiqish va tovush
chiqarishini yana bir bor tinglashni taklif qilamiz.
Keyingi mashg‘ulotlarda bolalarga matematik topishmoqlar taklif qildik.
Tarbiyachi turli suratlarni tasvirlagancha tayoqcha bilan qutichaga urdi, bolalar esa
yomg‘irning qanday - kuchli yoki kuchsiz yog‘ayotganini aniqlashlari kerak bo‘ladi.
Bolalar bilan matematik-didaktik o‘yinlar o‘tkazish ham mumkin. Bolaning
matematik qobiliyatini rivojlantirgancha tayyorlov guruhida muayyan mazmun va
qoidalari bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni olib boramiz. Katta guruhdan yaxshi
tanish bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni yodga olamiz va bir necha
mashg‘ulotda takrorlaymiz. Keyin sekin-asta ularni murakkablashtiramiz va ular
yangi shaklni olgancha harakatli o‘yinlar bo‘ladi.


Bolalar “Ajoyib xaltacha” matematik-didaktik o‘yinida geometrik shakllarni
paypaslab, uning nomini topadilar, keyin ularga shu shakllar yordamida yaxlit
figuralar hosil qilish taklif qilinadi. Tayyorlov guruhda matematik-didaktik o‘yinlar
mazmuni birmuncha murakkablashtiriladi. Biz yangi

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə