Asab-ruh tizimi kasalliklari Reja



Yüklə 52,17 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü52,17 Kb.
#155762
1   2   3
Asab-ruh tizimi kasalliklari

Insult (miyaga qon quyilishi)
Miyaga qon quyilishi gipertoniya kasalligi va bosh miya tomirlari aterosklerozi asoratidir. Kasallik to’satdan hech qanday alomatlarsiz bedorlik davrida ham, uyquda yotgan paytda am paydo bo'ladi. Bemor hushidan ketadi, bu davrda qusish, beixtiyor siydik va axlat ajralishi mumkin. Yuz giperemiyalanib (qizarib) qoladi, burun-quloqlar ko’karadi. Nafasni buzilish xarakterli bo'lib, nafas qisishi bilan birga shovqinli xirillab chiqadigan nafas olishni to’xtashi yoki har-xilda siyrak nafas olish bilan almashinadi. Puls birdaniga sekinlashadi - minutiga 60-70 marta uradi. Ko'pincha oyoq-qo'llarning falaj bo'lib qolganligi, yuz assimetriyasi (yuzning bir tomonida mimika muskullarining falaji) va anizakoriya (qorachiqlarining bir xil emasligi) kuzatiladi. Ba'zan insult juda jadal kechmasligi mumkin, biroq hamma vaqt oyoq-qo’llarning falajlanib qolishi, nutqning ozmi-ko'pmi buzulishi kuzatiladi.Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Avvalo, bemorni karovatga qulay vaziyatda yotqizish va tanasini qisib turgan kiyimlarining tugmalarini bo’shalish, xonaga yetarlicha sof havo kirib turishini ta'minlash zarur. Boshiga muz solingan xaltachani qo’yish yoki sovuq suvga ho'llangan matoni bosish, oyoqlariga grelka qo’yish lozim. Bemorga mutlaqo osoyishta sharoit yaratish, yuta oladigan bo’lsa, tinchlantiradigan vositalar berish kerak (valeirana nastoykasi, bromidlar, qon bosimini pasaytiradigan vositalar - dibazol, papaverin) nafas olishni kuzatib borish, tilni orqaga ketib qolishini oldini oladigan choralami ko’rish, og'iz bo'shlig'ini shilimshiq va qusuq massalaridan tozalash kerak. Vrach bemorni transportda olib yurish to'g'risida xulosa chiqargandan keyingina, karovatdan karovatga ko’chirish va kasalxonaga transportda olib borish mumkin.
E PILEPS I VA
Epilepsiya so'zi yunoncha bo'lib, "birdan yiqilib tushish" degan ma'noni bildiradi. Epilepsiya ya'ni quyonchiq kasalligi surunkasiga davom etib boradigan dard bo'lib, o’ziga xos talvasa tutqanoqlari bo'lib turishi va bemor shaxsiyatining xarakterli tarzda o’zgarib qolishi bilan o'tadi. Bu kasallikning etiologiyasi uzil-kesil aniqlangan emas. Hozirgi vaqtda irsiy omillarga muayyan ahamiyat beriladi.Epilepsiya tutqanog’i odatda qanday bo’lmasin biror tashqi sababsiz, to’satdan boshlanadi. Bemor o’zidan ketib qolib, yiqilib tushadi.Yiqilib tushishining sababi shuki, muskullarning hammasi keskin aniq taranglik holatiga keladi. Tonus kuchayib barcha muskullarda barovar boshlanmaydigan bo’lgani uchun bemor ko'pincha oldi va bir yon tomonga, orqasiga orqasiga yiqilib tushadi. Yiqilayotgan paytida ba'zan qattiq baqiradi. Tonik talvasalar o’ziga xos bo'ladi: muskullari keskin taranglashib, qo'l va oyoqlar tortiladi: gavda muskullari ham taranglashgan bo'ladi. 20-40 sekundan keyin tonik talvasalar klonik talvasalar bilan almashinadi, bu qo'l-oyoq muskullarining ritmik tarzda qisqarib va bo’shashib turishi bilan ifodalanadi. Bemorning yuzi oqarib ketadi, so’ngra ko’kimtir tusga kiradi. Ko'z qorachiqlari kengayadi, yorug'likka reaksiya bermaydi. Pay reflekslarini hosil qilib bo'lmaydi. Og’zidan ko'pik chiqadi, tili yoki lunjining ichki yuzasini ho’llab olgani uchun bu ko'pik qon aralash bo'ladi. Aksari odam, g’ayri-ixtiyoriy suratda siyib qo’yadi. Goho ichi o'tadi. Klonik talvasalardan keyin muskullar bo’shasha boshlaydi. Bemorning es-hushi kirarli-chiqarli bo'lib turadi va ko'pincha uxlab qoladi. Tutqanoqning hammasi ko'pi bilan 2-3 minut davom etadi. Tutqanoqlar kunduzi ham, tunda, uyqu vaqtida ham tutib qoladi. Tutqanoqlar har xil vaqtni oralab har kuni, haftasiga, oyiga bir marta va bundan ham ko’proq vaqt oralab tutib turadi. Ba'zan tutqanoqllar bir necha soat davomida to’xtamasdan ketma-ket tutaveradi. Tutqanoqlar orasida shu qadar kam vaqt o'tadiki, bemorlar es-hushi o’ziga kelishiga ulgura olmay qoladi.
Epilepsiya holati (status-epilepticus) deb shunga aytiladi. Epilepsiya holatida shoshilinch choralar ko’rish kerak bo'ladi, chunki u o’limga olib borishi mumkin. Ba'zi bemorlar tutqanoq tutishini oldindan bilishadi. Ularning ahvoli o’zgarib umuman, darmoni quriydi, kayfi-ruhiyati yomonlashib qoladi. Tutqanoqni ancha oldindan keladigan darakchilari deb shularni aytiladi. Ko'pchilik bemorlarda tutqanoqlar bir necha sekund davom etadigan aura (shabada) dan boshlanadi. Bunda bemor turli sezgilar sezadi.U terga botadi, rangi oqarib yoki qizarib ketadi, og'iz bo'shlig'ida quruqlik sezadi.
Badanida chumolilar o’rmalab ketayotgandek uvishib qolgandek bo'lib tuyuladi. Tutqanoq boshlanishidan oldin bemorlar ko'ziga ravshan yorug'lik dog’lari, yong'in shu'lalari ko'rinishi, qulog’iga qo’ng'iroq ovozi, shovqin-suron, baqiriq-chaqiriqlar eshitilishi, dimog'iga qo'lamsa hid, g'alati maza ta'mlar urayotgandek bo'lib tuyilishi mumkin.Yuqorida tasvirlab o’tilgan katta tutqanoqlardan tashqari, kichik tutqanoqlar ham uchraydi. Kichik tutqanoq odatda bir necha sekunddan ortiq davom etmaydi. Ayni vaqtda bemor yiqilib tushmaydi, ularga katta tutqanoqda bo’lganidek talvasa tutmaydi. Ular bir lahza ma'lum holatda go’yo qotib qolgandek bo'ladi. Yuzi oqarib ketadi. Ayrim muskul guruhlari uchib turishi mumkin.
"Absans" o’zbekchaga tarjima qilganda "yo’qlik, o’zdan ketib qolish" degan ma'noni bildiradi. Bemor qisqa vaqtda ( bir necha sekundga) o’zini bilmay qoladi. Masalan. Biror ish yoki suhbat vaqtida bemor go’yo qotib qoladi, ko'zi bir nuqtaga qadalib turadi, keyin esa u boshlagan ishni davom ettiraveradi.Bunday holatlarni bemorlarni o’zi, odatda, sezmaydi, atrofdagilar ham buni payqasha bermaydi.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Bemor xurujning boshidan oxirigacha yordamga muhtoj
bo'ladi. Xuruj tutgan vaqtda bemorni ushlab qolishga urinish va bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish yaramaydi. Boshi tagiga yumshoqroq narsa qo’yish, nafas olishiga halaqit beradigan kiyimlari tugmalarni bo’shatish, tini tishilab olmasligi uchun tishlari orasiga buklangan ro’molcha, yog'och qoshiq qo’yish lozim. Bemorning yuziga suv sepish, atrofida shovqin qilish, nashatir spirti bug’larini hidlatish mumkin emas.
Tutqanoq- ko’chada ro'y bergan taqdirda xuruj tugagandan so’ng bemorni uyga yoki davolash muassasasiga olib borish kerak. Dori moddalaridan talvasaga qarshi ta’sir ko'rsatadigan preparatlardan fenobarbital, benzonal, geksamiddin, difenin, xlorakon hammadan ko’ra ko'proq ishlatiladi.
Shizofreniya (yunoncha: σχίζειν, s’chizein — boʻlinish va aql, ong, fikr) — ruhiy kasallik; etiologiyasi nomaʼlum. Koʻproq 18—35 yoshgacha boʻlgan davrda kuzatiladi. Kasallik alohida nozologik shaklga ega boʻlguniga qadar koʻpgina psixiatr olimlar tomonidan oʻrganilgan. Nemis psixiatri Ye. Krepelin 1898-yil birinchi marta ushbu kasallikni „Ilk esi pastlik“ deb nomlagan. 1911-yil Shveysariya psixiatri Ye.Bleyler bu ruhiy kasallikning klinik kechishini yanada chuqurroq oʻrganib, uning asosida assotsiativ jarayonlarning buzilishlari yotishini, buning oqibatida esa ruhiyatning parchalanishini asoslab, kasallik nomini shizofreniya deb atagan. Haqiqatan ham shahrining asosida fikrlash, mulohaza yuritish jarayonining buzilishi yotadi. Kasallik koʻpincha zimdan, asta-sekin boshlanadi. Shizofreniya koʻpincha odamovi, kamgap, hissiyotlari sust feʼlatvorli kishilarda rivojlangani uchun ham ular atrofidagi kishilarda ancha vaqtgacha hech qanday shubha uygʻotmaydi. Bemor, odatda, tez toliqish, quvvat, gʻayrat va havas pasayganidan shikoyat qiladi, uni faollashtirishga javoban, serzarda va injiqlik qiladi. Bu shaxsning oʻziga xos asteniya holatidir. Bu holat boshlanishida oʻziga xos hissiy buzilishlar, kayfiyatning besabab oʻzgarishi, loqaydlik, vahimaga tushish kuzatiladi. Odamovilik kuchayadi, bemor jamiyatdan butunlay chetlashib qoladi; injiqlik, oʻchakishish, sababsiz vahimaga tushish kuchayadi. Qoʻrquv va miyadan ketmaydigan „shilqim fikrlar“ oqibatida irim sifatlari paydo boʻladi. Mas, ishxonaga sogʻ-omon yetib olishi uchun ostonadan chiqqach, chap yelka tomonga qayrilib uch marta tuflab olish va hokazo. Bemorning fikrlari borgan sari oʻz-oʻzidan quyulib kelaveradigan bemaʼni va befoyda mulohazalar quyunidan (mentizm) iborat boʻladi. Masalan, bemor tun-u kun nega odamda ikkita oyogʻ-u, hayvonlarda toʻrtta deb, oʻylab yuraveradi. Bu davrda koʻpincha kuchli bosh ogʻrigʻi, uyqu buzilishi kuzatiladi. Asta-sekin kasallikning ilk davri uning rivojlangan bosqichiga oʻtadi, bunda bemorning fikr-mulohazalari, tafakkuri ayniydi. U oʻzining atrofidagi koʻrib turgan narsalarini bemaʼni ichki hissiyotlari bilan bogʻlaydi; ramziy (simvolik) mulohazalar paydo boʻladi, bunda bemor atrof-muhitdagi narsalarga, mavjud voqeaga boshqacha maʼno bera boshlaydi. Masalan, stol ustida yotgan pichoq goʻyo uni kimdir oʻldirmoqchi boʻlayotgani haqida ogohlantirishdek tuyuladi. Fikrlar uzuqligi (shperrung), bir-biriga maʼnosiz (paralogik, alogik) mulohazalar yuritish, gap oʻrtasida hech qaysi tilda ishlatilmaydigan yangi soʻzlarni ishlatish (neologizm), bir xil soʻzlarni qaytaraverish (perseveratsiya), bir vaqtning oʻzida bir-biriga qarama-qarshi maʼnodagi fikrlarni aytish (fikrlar ambivalentligi) — bular hammasi shahriga xos tafakkur buzilishlaridir. shahrida hissiyotlar ambivalentligi ham koʻp uchraydi; bemor oʻzining yaqin kishilari (ota-onasi va hokazo)ga qarama-qarshi munosabatda (mehrga nisbatan nafrat va bemehrlik) boʻladi. Baʼzan hissiy tubanlashuv alomatlari (apatiya) yuzaga keladi, iroda susayadi (abuliya), bemor butunlay uydan chiqmay qoʻyadi, hatto oʻziga ham befarq boʻlib qoladi (apatoabulik holat). Xulq-atvor butunlay ayniydi, mayl buzilishlari (ovqat, jinsiy hirs buzilishlari) vujudga keladi. Negativizm va katotonik belgilar kuzatiladi. Shu bilan bir qatorda shahriga idrok etishning turli xil aldanishlari (illyuziya va gallyutsinatsiyalar) paydo boʻlishi xos. Bunga senestopatiyalar (badanning turli qismida noxush sezgilar paydo boʻlishi) hamda „tovush eshitish“, „hid kelishi“, „taʼmning paydo boʻlishi“, „tana ichidagi sezgilar“ gallyutsinatsiyalari kiradi. Bemor aslida yoʻq soʻkish, doʻq, poʻpisa va buyruq ovozlarini eshitadi, chirish, achish va boshqalar noxush hidlarni sezadi va hokazo. Vasvasa gʻoyalari yuzaga chiqadi, bu koʻpincha „taʼqib qilish“, „munosabat“ va „taʼsir etish“ tarzida namoyon boʻladi. Bu psixik avtomatizm hodisasi boʻlib, bunda bemor oʻzida kechayotgan ruhiy jarayonni „begonadek“, uning fikr va mulohazalari, harakatlarini qandaydir yot kuchlar „zoʻrlab“ boshqarayotgandek tuyuladi. Bu esa koʻpincha depersonalizatsiya („men“ — „men emas“) tarzida kechib bemor oʻzining tashqi koʻrinishi, tovushi yoki butun tanasini begonanikidek his etadi va h.k. shahrining mavjud klinik belgilari ichida muayyan alomatlarning birinchi oʻrinda ustun boʻlib koʻrinishini hisobga olib uning quyidagi turlari farq qilinadi. 1) oddiy turi — bunda, asosan, hissiyot, iroda, fikrlash va xulq-atvorning buzilishlari ustun boʻlib, vasvasa va gallyutsinatsiyalar kamdan-kam uchraydi; 2) gebefrenik turi — bu oʻspirinlarda kuzatilib, unda shilqimlik, masxarabozlik qilish, uzuq-yuluq gallyutsinatsiyalar, vasvasa gʻoyalari ustun turadi; 3) katatonik turi — bunda, asosan, katatonik qoʻzgʻalish yoki katatonik tormozlanish alomatlari ustun turadi; 4) paranoid turi — vasvasa gʻoyalari (taʼqib etish, zaharlanish, rashk, sehr-jodu, ixtirochilik va h.k.) va chin hamda soxta gallyutsinatsiyalar (har xil hid va tovushlar kelishi) mavjudligi bilan ifodalanadi[1].


Shizofreniyaning klinik kechishi xilma-xil bo‘ladi. To‘xtovsiz davom etib turadigan shaklida klinik belgilar asta-sekin kuchayib, zo‘rayib borish bilan o‘tadi. Bunda bemorning ahvoli yaxshilanib qolganini ko‘rsatadigan belgilar bo‘lmaydi. Kasallik davomida nevrozsimon vasvasali gallutsinator, gebefrenik va katatonik alomatlar kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan yoki sust kechuvchi shaklida kasallik to‘satdan qisqa muddatda psixozlar boshlanib qoladi. Bundan keyin yana musaffolik davri boshlanadi. Bu shaklida shaxsiyat asta-sekin o‘zgarib boradi. Bu shakl ko‘proq o‘smirlik davridan boshlanadi. Dastlab asabiylashish, ortiqcha fikrlash va miyadan ketmaydigan xayollar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Nihoyat, xurujsimon-progrediyent shakli bunda kasallik xurujlar bilan bo‘lib turadi va uzoqroq davom etadi. Xurujlar o‘tib ketgandan so‘ng, kasallik belgilari susayib qoladi va yo‘qolib ketadi. Bu shaklida shaxsiyat o‘zgarishi, aql pastlik tobora zo‘rayib boradi. Kasallik vasvasalar va gallutsinatsiyalar bilan kechadi. Bu shakli 25 yosh va undan katta yoshdagilarda uchraydi. Shizofreniyada bemorlar fikrlari sayoz, nutq va yozuvi maqsadsiz, tartibsiz bo‘ladi. Fikrlash qobiliyati pasayadi, bemorlar ezma, quruq safsataboz bo‘lib qoladi. Avval nevrozsimon o‘zgarishlar paydo bo‘lib, bemorning kayfiyati o‘zgarib turadi. Bunday bemorlar biror sabab bo‘lmasdan, har joyi og‘rib turishidan, tez charchab qolishidan shikoyat qiladi. Bemorning yurish-turishi va xatti-harakatlarida beparvolik, xudbinlik, kamgaplik ko‘zatiladi va unda atrofdagilardan qochib yurishga moyillik bo‘ladi.
Oddiy turi
Shizofreniyaning oddiy turida — bemor beparvo, kamgap, serjahl va kam harakat bo‘lib qoladi. Bu turda yakka qolish, xonalardan chiqmay, bir o‘zi o‘tirish istagi ko‘proq bo‘ladi. Kasallik o‘smirlik davrida boshlanadi va sust kechadi. Bunda gallutsinatsiyalar va vasvasalar bo‘lmaydi. Bu turda bemorlar aytilgan gaplarning teskarisini bajarishga harakat qiladilar. Masalan, og‘zingni och desa, u og‘zini yopib oladi. Bunday holatga negativizm deyiladi.
Katatonik turi
Shizofreniyaning katatonik turida — bemorlar harakatida katatonik qotib qolish yoki katatonik qo‘zg‘aluvchanlik bo‘ladi. Bemorlar bir joyda qimirlamasdan qotib turadi va bitta so‘z yoki harakatni hadeb takrorlayveradi. Bemor so‘zlarni, jumlalarni baqirib aytadi, gaplariga tushunib bo‘lmaydi. Bemor oyoq qo‘llarni bukkan holda, gavdaga yaqinlashtirib oladi va uzoq vaqt shunday tinch gapirmay o‘tiradi, bu mutizm deb ataladi.
Paranoid turi
Shizofreniyaning paranoid turi — bunda bemorlar hech kimning gapiga ishonmaydi, hammaga shubha bilan qaraydi. O‘ziga qarshi tashqaridan jismoniy ta’sirlarni sezgandek bo‘ladi. Bunday bemorlar, odamlar meni o‘ldiradi, ovqatimni zaharlab qo‘yadi, deb shubha bilan yurishadi. Ba’zi bemorlar esa menga mashinalar radioto‘lqin yuborayapti, deb o‘ylashadi. Bu turdagi vasvasalar ko‘proq 20—30 yoshdan boshlab uchraydi. Ipoxondrik vasvasalar bor bemor o‘zining ichki a’zolarida o‘zgarishlar sezadi. Bularga yuragim urishdan to‘xtab qoldi yoki ichagim yorilib ketgan, deb takrorlayveradi. Kasallikning bu turida tez-tez gallutsinatsiyalar bo‘lib turadi. Bemorlar turli ovozlar, buyruqlarni eshitib, ularni bajarmoqchi bo‘ladilar, bu Kandinskiy-Klerambo alomati deb ataladi.
Gebefrenik turi
Shizofreniyaning gebefrenik turi — bunda bemorlar quruq safsatabozlik, mantiqsiz qiliqlar qiladi. Bemorlar aftini burishtirib, so‘zlarini, qiliqlarini sun’iy takrorlab turadi.Shizofreniyaning bir turi ikkinchi bir turiga almashib turadi. Gebefrenik turi va oddiy turlari og‘irroq bo‘lib kechadi. Katatonik turi esa yengil kechadi.
Davolash usullari
Shizofreniyani davolashda insulin, sulfazin, aminazin va gipnoz usullari keng qo‘llaniladi. Insulin terapiyada moddalar almashinuvida ma’lum o‘zgarish yasab, zaharlanishni kamaytirishdir. Insulin bilan davolashni boshlashdan oldin bemorlardan nahorda qon olib, qondagi qand miqdori tekshiriladi. Organizmga yuborilgan insulin qondagi qand miqdorini kamaytirib yuboradi. Me’yorda qondagi qand miqdori nahorda aniqlanganda, 9,0— 11,0 g/l yoki 3,3—5,5 mmol/l ga teng. Insulin yuborilganda, qondagi qand miqdori anchagina kamayib ketadi, bushok holatideb ataladi yoki gipoglikemik koma holati boshlanadi. Shokni keltirib chiqaruvchi o‘rtacha insulin dozasi 80—100 tb ni tashkil etadi. Ba’zi hollarda, 30 tb miqdorda insulin yuborilganda ham shok holati boshlanadi yoki 150—180 tb miqdorda insulin yuborilganda ham shok holati qayt etilmaydi. Shok holatini paydo qilish uchun esa astasekinlik bilan insulin dozasini oshirib borish tavsiya etiladi. Insulin teri ostiga avval 4—8 tb dan boshlab va har kuni 4 tb dan ko‘tarib borish kerak. Bemorda shok holati paydo bo‘lmaguncha, insulin dozasini oshirib borish kerak. Qaysi dozada shok holati boshlansa, shu dozada to‘xtatiladi. Davo kursi 25—30 insulin shokidan iborat. Shok holatiga tushganda, bemorlar tashqi ta’sirotlarga javob reaksiya ko‘rsata olmaydi. Bemorlarning ko‘z qorachiqlari kengaygan bo‘ladi, badani terlaydi. Shunday qilib, bemorlar 30—40 daqiqa shok holatida ushlab turiladi. Keyin esa 40 % 30—40 ml glukoza eritmasidan olib, tomir ichiga asta-sekin yuboriladi va shok holatidan bemorni chiqarib olinadi. Shuncha glukoza eritmasi yuborilgandan keyin, bemor o‘ziga kelib, 1—2 daqiqa ichida eshushi joyida bo‘lgandan keyin, 100—200 g qand eritib nonushta qilinadi.
Yüklə 52,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə