10-mavzu: nutqning buzilishi



Yüklə 33,65 Kb.
tarix15.05.2023
ölçüsü33,65 Kb.
#110449
10.PatoP


10-MAVZU: NUTQNING BUZILISHI.
Reja:
1.Nutq buzilishining turlari haqida tushuncha.
2.Afaziya, dudiqlanish, afoniya xolati.
3.Motor afaziya, sensor afziya, amnestik afziya xolatlari.
Nutqi yomonlashgan yoki noto‘g‘ri rivojlangan bemorlar uzoq vaqt zarur meditsina yordami ololmay kelganlar, bunga sabab tayyorgarlik ko‘rgan kadrlarning va bemorlar malakali meditsina yordami oladigan muassasalarning yo‘qligi edi.
Nutq — til vositalaridan foydalanadigan o‘ziga xos insoniy faoliyat normasidir.
Til—kishilarning bir-birlari bilan muomala qilish quroli, fikrni ifoda qilish usuli hisoblangan vositalar sistemasidir. Til muayyan elatga mansub kishilarning nutqiy va mehnat tajribasi asosida, qisman esa boshqa xalqlarning tillari va nutqi ta’sirida vujudga keladi.
Tarixiy taraqqiyotning uzoq davom etgan ko‘p asrlik davri mobaynida kishilarning nutqiy muomalasi jarayonida milliy tillar paydo bo‘ladi. Nutq va til tushunchalari butunlay mushtarak bo‘lgani holda ularni aynan bir narsa deb bo‘lmaydi.
Nutq kishida atrofdagi odamlar bilan muomalada bo‘lish jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi, shu tufayli u ana shu odamlarning tilini egallab oladi. Muomala jarayonida nutq tafakkurning, butun psixik faoliyatning rivojlanishi uchun g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Odamlar muomala maqsadida tildan foydalanar ekanlar, o‘z tafakkurlarini rivojlantiradilar. Nutqning ishtirokisiz mavhum tafakkurning bo‘lishi mumkin emas. Be istisno barcha tushunchalarning muhim xususiyati ularning til vositasida shakllanishidir. Tushunchalar nutqsiz, so‘zlarsiz paydo bo‘lmaydi va ularsiz yashay olmaydi. Nutq buzilishining patogenetik mexanizmlarini yaxshiroq tushunish uchun uning anatomik fiziologik mexanizmlari to‘g‘risida ham tasavvurga ega bo‘lish kerak. Nutqning periferik va markaziy mexanizmlari bo‘ladi. Nutq tovushlarini talaffuz qilish periferik mexanizmlar — tovush pardalari, nutq artikulyasiyasi va nafas olish organlari funksiyasi bilan ta’minlanadi. Nutqni tartibga solish va boshqarishda markaziy mexanizmlar, asosan, bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ining turli bo‘limlari qatnashadi.
Og‘zaki nutqning jaranglashida tembrdagi farqlarni hisobga olish zarur. Nutq tembri uning ifodali, emotsional bo‘yoqli bo‘lishida rol o‘ynaydi. Ayrim kasalliklarda, masalan, ayrim endokrin kasalliklarda nutq va tovush tembrlari jiddiy o‘zgaradi. Nutq periferik organlarining noto‘g‘ri holati artikulyasiyani o‘zgartiradi. Bola dastlabki rivojlanish davrida nutq organlarining noto‘g‘ri holatda bo‘lishi fiziologik duduqlanishga olib keladi. 4 yoshdan keyin duduqlanish endi odatda patologik holat hisoblanadi. Bunday hollarda mazkur patologiyaning sabablarini aniqlash. va davolovchi pedagogik yordamga murojaat qilish zarur (logopediya—nutq yomonlashgandagi davolash pedagogikasidir). Duduqlanish-sh,sh lab gapirishda, chuchuk til bilan, sal sh-sh lab gapirishda namoyon bo‘ladi va hokazo.
So‘zlarni dona-dona qilib talaffuz etishda ishtirok etuvchi muskul organlarining (til muskuli, tanglay muskuli, tovush pardalari muskuli) buzilishida miya stvolida bosh suyak nervlari yadrosining shikastlanishi natijasida yoki bosh miya qobig‘idan bosh suyak nervlari yadrosiga keladigan yo‘llarning uzilishida nutq tovush-larini talaffuz qilish yomonlashadi.
Ba’zan ovozning vaqtincha funksional yo‘qolishi — afoniya kuzatiladi. Bunday yomonlashuv ko‘pincha asabiy tutqanokda uchraydi.
Nutqning ma’noviy tomoni faqat ayrim so‘zlardagi-na emas, shu bilan birga bu so‘zlar birikmasida, so‘zlar sistemasida o‘z ifodasini topadi, bu sistemaga so‘z ayni shu vaqtda kirgan'bo‘ladi va nutq jarayonining birligini talab qiladi.
Ovoz chiqarib aytiladigan nutq o g‘ z a k i (eks siv) nutq deyiladi va u muomala maqsadlariga xizmat qiladi. Ekspressiv nutqda, uning mazmuni, sur’ati va ritmida, uning ravonligida kishi shaxsi aks etadi. Nutqning buzilishiga qarab muayyan kasalliklarning borligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Masalan, shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarning nutqi bir xil ohangda, intonatsiyalarga nihoyatda kambag‘al, emotsional jihatdan qashshoq bo‘ladi. Ensefalit kasalligini boshdan kechirgan bemorlar juda tez yoki juda sekin gapiradilar, ularning nutqida har bir bo‘g‘inni aniq-aniq qilib ifodalash elementlari bo‘ladi. Epilepsiyani boshidan kechirgan bemorlarning nutqi bir xilda — bir ohangda va batafsil bo‘ladi. Nerv sistemasining ba’zi bir organik va funksional kasalliklarida nutqning ravonligi buziladi, gapirganda til tutiladi. Buning asosida ko‘pincha tinglovchilar oldida qo‘rqish, o‘z fikrini yomon ifodalashdan cho‘chish va hokazolar yotadi.
Darak gapda nutqiy va aqliy kamolot darajasi eng anik; namoyon bo‘ladi. Nutq rivojlanishining ko‘rsatkichi aktiv lug‘at — kishi o‘z nutqida ishlatadigan so‘zlar zapasidir. Passiv lug‘at— bular shunday so‘zlarki , bu so‘zlardan kishi boshqa odamlar bilan muomala qilganda foydalanadi, shu bilan birga boshqalarning nutqida ham ularni tushunib olishga qobiliyatlidir.
Ayrim bemorlarda nutq kambag‘allashib qoladi: masalan, ko‘pincha, miyaning peshona qismi shikastlanganda, miyaning atrofik kasalliklarida (Pik, Alsgeymer ka-salligi, progressiv falaj) va miyaning organik kasalliklarida shunday bo‘ladi.
Ekspressiv nutqdan tashqari i ch k i (impressiv) nutq xam bor. Bu nutq o‘z ichida va o‘zi uchun so‘zlanadigan nutqdir. Tafakkur, xotira, idrok ichki nutq bilan mustahkam bog‘langan. SHuningdek, ichki nutq o‘z-o‘zini anglashda, hulq-atvorni tartibga solishda eng muhim ahamiyatga egadir. Ichki nutq tafakkur jarayoni uchun juda muximdir, lekin uni tafakkur bilan ayni bir narsa deb bo‘lmaydi.
Ichki nutqning axamiyati va ma’nosi kishining boshqa odamlar bilan muomala qilishdagi nutq tajribasi bilan belgilanadi. Ichki nutq muomalaga xizmat qilmasligi sababli, ovoz chiqarib aytiladigan nutqqa qaraganda ancha qisqa, birmuncha boshqacha tuzilgan bo‘ladi, unda xissiy tasavvurlar katta rol o‘ynaydi.
Yozma nutq so‘zlashuv nutqiga qaraganda o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Yozma nutqning rivojlanishi nutq jarayonining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Yozuv fikrlash va nutq jarayonlarini ma’lum darajada qayta qurishni talab qiladi. Faqat yozma nutkning nisbatan yuqori darajasiga erishgandagina kishi.,6u nutqni shunday kura oladiki, u shakl jihatidan og‘zaki nutqdan kam farq qiladi. Hayot jarayonidya yozuvning individual xususiyatlari — xat paydo bo‘ladi. Xat ma’lum darajada shaxsning tipiga, uning holatiga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan xatning shakliga, yozuvga qarab shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari haqida, yozgan kishining emotsional xolati haqida ma’lum darajada hukm chiqarish mumkin.
Og‘zaki nutq bilan yozma nutk o‘rtasidagi farqlar kasallik tufayli kuchayishi mumkin. Organik va funksional xarakterdagi markaziy nerv sistemasi kasalliklarida yozuv, xat ancha yomonlashadi. Ko‘pincha yozma nutqning yomonlashuvi bosh miya kobig‘ining optik, nutq va harakat zonalaridagi o‘choqli shikastlanishlarda kuzatiladi. Yozma nutqning yomonlashuvi agrafiya deyiladi.
Shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda xatning o‘zgarishi xarakterlidir. Xat jimjimador belgilarga ega bo‘ladi: harflar va so‘zlar odatdan tashqari taqsimlanadi, asossiz ta’kidlashlar, jimjimadorlik va hokazolar bo‘ladi
Nutq buzilishi afaziya deyiladi. Odatda unga miya qobig‘ining nutk zonalari kasallik tufayli o‘choqli, lokal shikastlanishi natijasida sodir bo‘ladi. Nutq yagona funksional sistema bo‘lib, uning barcha tomonlari bir-biri bilan bog‘liqdir. Afaziyalarning bir necha turlari ajratib ko‘rsatiladiki, ularda ko‘pgina umumiy va bir-biridan farq qiladigan xususiyatlar bo‘ladi.
Afaziya bilan og‘rigan bemorlarda so‘zlar va ularni tashkil etuvchi nutq tovushlarini to‘g‘ri tanlash buziladi, shuningdek, mustaqil nutqning grammatik tuzilishi ham buziladi. Bunday bemorlarning nutki kambag‘al, ishlatadigan so‘zlar zapasi ancha cheklangan bo‘ladi. Bir xil so‘zlarni va bo‘g‘inlarni boshqalari bilan almashtirish sodir bo‘ladi. Gapning ayrim qismlari o‘rtasidagi bog‘lanish buziladi. SHuningdek, o‘qish va yozishning yomonlashuvi xam kuzatilishi mumkin.
Afaziyalar motor, sensor, amnestik, total afaziyalarga ajratiladi.
Motor afaziya so‘zlarni talaffuz qilishga qobiliyatsizlik yoki bu qobiliyatning sezilarli ravishda pasayishidir. Spontan nutq qiyinlashadi. Bemorlar gapirishga xarakat qiladilar, lekin faqat bir necha so‘z yoki bo‘g‘inlarnigina ayta oladilar. Bunday buzilish chap yarim sharning peshona burmasining quyi bo‘lagi. shikastlangan o‘choqda bo‘ladi — Brok markazi. Bemorlar o‘zlariga qaratilgan nutqni tushunadilar.
Sensor afaziya atrofdagilar nutqini yomon tushunish bilan xarakterlanadi. Yozuvda qo‘pol buzilish ro‘y beradi. Masalan, bemorlar «mete» o‘rniga «mota» deb yozishadi. Xatoni tuzata olmaydilar, chunki «ta» ni «te» dan ajrata, farqlay olmaydilar. Sensor afaziya bilan og‘rigan bemorlarda motor afaziya bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan o‘zlariga qaratilgan nutqni tushunish ko‘proq yomonlashgan bo‘ladi. Ular ko‘pincha o‘zlariga berilgan savollarni tushunish u yoqda tursin, hatto, juda oddiy imo-ishoralarni ham tushunmaydilar. Bunday bemorlar erkin gapiradilar, so‘zlarni qidirish uchun zo‘riqmaydilar va to‘xtamaydilar, lekin ancha buzilgan va birmuncha tushunarsiz bo‘lgan nutqda bir xil so‘zlar va bo‘g‘inlarni boshqalari bilan almashtirishga ko‘p marta yo‘l qo‘yadilar. Ko‘pincha ularning nutqi so‘zlar aralashmasidan iborat so‘zlarni tanlashga aylanib qoladi.
Sensor afaziya uchun nutq beqarorligi (logoreya) xarakterlidir.
Amnestik afaziya predmetlarning nomlarini aytish qobiliyatining buzilishida namoyon bo‘ladi (nutq uchun etakchi bo‘lgan yarimsharning orqa bo‘yin qismi shikastlangan bo‘ladi).
Kerakli so‘z ko‘pincha bevosita so‘zning predmet bilan bog‘liqligidan emas, balki bemorning nutq kontekstini anglashidan paydo bo‘ladi. Bemor suratda tasvirlangan qilichni miltiq deb ataydi.
T o t a l (to‘liq) a f a z i ya nutqning barcha turlari yo‘qolishi bilan xarakterlanadi. Bemor gapirishga harakat qilib, ba’zan u yoki bu tovushni talaffuz qilishi mumkin. Total afaziya miyada qon aylanishining keskin bo‘zilishlarida (nutq zonalarini o‘z ichiga oluvchi dominant yarim sharning keng ravishda shikastlanishi) va bosh miyaning atrofik shikastlanishining dastlabki holatlarida (Alsgeymer kasalligi) kuzatilada. Nutqi yomonlashgan bemorlarni parvarish qilish ko‘p qiyinchilik tug‘diradi: xodimlar ko‘pincha bemorning so‘zlariga tushuna olmaydilar, bemor esa o‘ziga qaratilgaya savolni tushunmaydi. Bunday bemorlarni parvarish qilishda meditsina xodimlaridan zo‘r sabr-toqat, kuzatuvchanlik va sezgirlik talab etiladi.
Nutqni tekshirish. Bemorga so‘zlarni, oddiy va murakkab gaplarni takrorlash taklif etiladi. Ar-tikulyasiyaning buzilganligi artikulyasiya uchun ayniqsa murakkab bo‘lgan iboralarni takrorlashda uchraydi: Tez-tez va kam uchraydigan predmetlar va ularning tasvirlari nomlaridan, hikoyani qayta so‘zlab berish yoki kartina syujetining tasviridan, aytib turib yozdirishdan foydalanish mumkin. Nutqning tushunilishini bemorlar bajarishi lozim bo‘lgan oddiy va murakkab so‘zlar vositasida yo‘l-yo‘riqlar berish yo‘li bilan tekshirish mumkin.
Nazorat savollari
1 Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari haqida so‘zlab bering?
2 Duduqlanish turlarini aytib bering?.
3 Duduqlanishning dizartriyadan farqi nimada?
4 Afaziya nima?
5 Motor afaziya sensor afaziyadan nima bilan farq qiladi?
6 Nutqi afazik yomonlashgan bemorlarni parvarish qilishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘zlab bering?
Yüklə 33,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə