74
sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi.
Bu yerda
buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, korxona
tomonidan olingan summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i
aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak
bo‘lgan summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
5.2. Qiymat o‘lchovining mohiyati va ahamiyati
Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik
jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va
jonli mehnat xarajatlarini
haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun buxgalteriya hisobida xo‘jalik
mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil
etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi
boshqa qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega
bo‘lish uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan,
asosiy
vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish
va barpo qilish dastlabki
qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qiymati
bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash
asosiy vositalarning
bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va materiallar, boshqa tovar-
moddiy zaxiralari haqiqiy tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ
tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar-ishlab chiqarish
reja tannarxi va normativ
tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat
o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va
ularninig tashkil topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari,
shakl va
tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik
faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil
topish manbalari ham miqdor, ham xajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir.
Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi – puldan
AVECO usuli va uning qulayliklari