Andijon viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining



Yüklə 239,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü239,52 Kb.
#151754
1   2   3   4
508-A-F-sonli buyruq (1)

Bosh boshqarma boshlig‘i
O‘.Toshpo‘latov
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: WD61403771


Andijon viloyat yoshlar siyosati
va sport bosh boshqarmasining
2023-yil “___ ” oktabrdagi
A/F-sonli buyrug‘iga ilova
Hududlarda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida
“Sog‘lom tanda-sog‘lom fikr!” shiori ostida Stritbol va “Workout” sport turlari
buyicha musobaqalarini tashkil etish hamda o‘tkazish to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom sportning stritbol va “Workout” turlari bo‘yicha “Sog‘lom
tanda-sog‘lom fikr!” musobaqalarining (bundan buyon matnda musobaqa deb
yuritiladi) maqsadi va asosiy vazifalari, sport musobaqalarini tashkil etish va
boshqarish ularni o‘tkazishga raxbarlik qilish, musobaqa g‘olib va sovrindorlarini
taqdirlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1.
Musobaqa Xalqaro “Workout” va basketbol federatsiyalari tomonidan
o‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra o‘tkaziladi va xakamlar tomonidan baxolanadi.
Musobaqani o‘tkazish uchun xakamlar tarkibi Andijon Viloyati yoshlar siyosati va
sport boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Musobaqa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va boshqa
qonunchilik xujjatlari hamda mazkur Nizomga amal qilinadi.
2-bob.Musobaqaning maqsadi va vazifalari
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish,
yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qarori, shuningdek korxona
va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida ommaviy sport
tadbirlarini tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ommaviy
sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
4. Korxona va tashkilotlarda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish orqali
xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish.
5.
Tuman (shahar) korxona va tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan
xodimlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish orqali,
xodimlarni jismonan baquvvat qilish ularni ommaviy sport tadbirlari bilan qamrab
olinishini ta’minlashdan iborat.



Yüklə 239,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə