Andijon viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining



Yüklə 239,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü239,52 Kb.
#151754
  1   2   3   4
508-A-F-sonli buyruq (1)



ANDIJON VILOYATI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT BOSH BOSHQARMASINING
BUYRUGʻI
________________________________________________________________________________
4 oktabr 2023-yil.
508-A/F-sonli
Andijon shahri
Hududlarda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar xodimlari
o‘rtasida “Sog‘lom tanda-sog‘lom fikr!” shiori ostida Stritbol va “Workout”
sport turlari buyicha musobaqalar tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish,
yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada
rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ
-
5282-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi
Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-sentabrdagi 01/1227-A/F-sonli
buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil
25-sentabrdagi 01/1227-A/F-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Stritbol va “Workout” sport turlari buyicha hududlarda faoliyat olib
borayotgan korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda-sog‘lom
fikr!” shiori ostida musobaqalar (bundan buyon matnda musobaqa deb yuritiladi)
joriy yilning 7-oktabr kunlari barcha tuman (shahar)larda yuqori saviyada tashkil
etilsin va o‘tkazilsin.
3. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
4. Bosh boshqarmaning tashkilot va idoralarda sport va sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilish sho‘basi (A.Zokirov)ga O‘zbekiston basketbol federatsiyasining
texnik reglamentlari talablarini bajarish buyicha shart-sharoitlar yaratilishini hamda
musobaqani tuman (shahar)larda o‘tkazilishi yuzasidan nazoratni olib borish vazifasi
yuklatilsin.
5. Tuman (shahar) sport maktablari direktorlariga:
a) musobaqani zarur sport inventarlari bilan ta’minlash;
b) stritbol va “workout” sport turlari bo‘yicha “Sog‘lom tanda-sog‘lom fikr!”
shiori ostida musobaqalarni, joriy yilning 7-oktabr kuni yuqori saviyada tashkil etish
va o‘tkazish;


v)
musobaqalar
yakunlangandan
so‘ng
uch
kun
muddatda
bosh
boshqarmaning tashkilot va idoralarda sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
sho‘basiga texnik xisobotlarni topshirish vazifalari yuklatilsin.
6. Axborot-tahlil va ijro intizomi sho‘basi bosh mutaxassisi (M.Kadirova)ga:
a) mazkur buyruk bilan shaxar-tuman sport maktablariga yetkazish;
b) O‘zbkiston basketbol federatsiyasi Andijon viloyati bo‘limi hamda Workout
federatsiyasi Andijon viloyati bo‘limlariga yuborish vazifalari yuklatilsin.
7. Ushbu buyruk ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Yüklə 239,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə