|
Andijon mashinasozlik institutiMifologik va diniy dunqarashning o‟zaro aloqasi va farqiAndijon mashinasozlik institutiMifologik va diniy dunqarashning o‟zaro aloqasi va farqi
. Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, bu oddiy rivoyat, biron-bir voqea haqidagi hikoya emas, balki og‘zaki «muqaddas»
matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta‘sir ko‘rsatuvchi muayyan borliq
sifatidagi in‘ikosidir
. Mif, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini
tartibga solish funksiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati o‘z
ifodasini to‘gan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va
hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega
bo‘ladi.
SHunday
qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «o‘tmish sarqiti» emas, balki shunday bir o‘ziga xos tilki,
inson uning yordamida qadim vaqtlardanoq dunyoni tavsiflagan, o‘zining o‘sib borayotgan tarqoq bilimlarini
umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan.
Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror to‘gan an‘analar ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Rivoyat va uning
mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e‘tiqod, borliqni bevosita, emotsional idrok etish yotadi.
Mifologik
dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo‘lib, unda shubhaga o‘rin yo‘qdir
.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina uzviy bog‘liq emas. Oddiy
ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san‘atda aniq-ravshan yoki ‗ardalangan ko‘rinishda mavjud bo‘lgan miflar
bugungi kunda ham (kim uchundir ko‘proq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida faol rol
o‘ynab, har qanday inson dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal
sur‘atlarda o‘sib borayotgan sharoitda mif televidenie, radio, vaqtli matbuot, hozirgi saylov texnologiyalari
vositasida ba‘zan ijtimoiy ong bilan manipulyatsiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik fikrini shakllantirish
vositasi sifatida qo‘llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |
|
|