Andijon mashinasozlik instituti


Dunyoqarashning  mohiyati



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Dunyoqarashning  mohiyati.
  Ayni  shu  davrdan  boshlab  insonning  ancha  rivojlangan  dunyoqarashi 
shakllangani haqida va umuman to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o‘zi va o‘zini 
qurshagan  dunyo  haqidagi  tasavvurlar  majmui  sifatidagi  odamlar  dunyoqarashi  to‘g‘risida  ishonch  bilan  so‘z 
yuritish mumkin.  
Hayot  tajribasi  va  empirik  bilimlar  asosida  shakllanadigan  dunyoqarash  oddiy  yoki  empirik  dunyoqarash 
deb  ataladi  va  insonning  dunyo  haqidagi  tasavvurlarining  qismlarga  ajralmagan,  tizimsiz  majmui  sifatida  amal 
qiladi.
 U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, 
ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.  
To‘liqroq,  kengroq  ta‘rif  beradigan  bo‘lsak, 
dunyoqarash  –  insonning  o‘zini  qurshagan  borliqqa  va  o‘z-
o‘ziga  bo‘lgan  munosabatga  nisbatan  yondashuvlar  tizimi,  shuningdek  odamlarning  mazkur  yondashuvlar  bilan 
belgilangan hayotiy ideallari, e‘tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.  
SHu tariqa ta‘riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat 
mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va 
qoidalarni  ta‘riflash  qobiliyatini  kasb  etadi,  balki  tayyor  bilimdan  yangi  bilim  olish  uchun  foydalana  boshlaydi. 
Insonning  bunday  faoliyatini,  uning  ijodiy  faolligini  tavsiflovchi  aql  odamzod  va  jamiyat  evolutsiyasini 


jadallashtirishning  qudratli  omiliga  aylanadi  va  pirovardda  insonni  hayvondan  ajratish  imkonini  beruvchi  asosiy 
belgi sifatida amal qiladi. 
 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə