Savol, masala insonni ijodga rag‘batlantiradi, toki unga qoniqarli javob olinib, haqiqatning tagiga yetilganiga
ishonch paydobo‘lmagunicha insonni izlanishga da‘vat etadi.
Bunda savolning o‘zi, muammoning qo‘yilishi
javobdan kam ahamiyat kasb etmaydi, ba‘zan undan ham muhimroq deb qaraladi.
SHuni ham qayd etib o‘tish lozimki, falsafa, garchi muayyan natijalarga, mukammal ta‘riflarga, uzil-kesil
xulosalarga intilsa-da, lekin shuning o‘zi bilan kifoyalanmaydi. Falsafani avvalo inson madaniyati sohasida yuz
berayotgan, turli qarama-qarshiliklar va o‘zaro ta‘sirlar bilan uzviy bog‘liq va ayni vaqtda o‘zga sohalarga o‘tish va
ularda gavdalanish qobiliyatiga ega bo‘lgan ma‘naviy jarayon sifatida tushunish lozim.
Bundan xulosa shuki,
falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish, javoblar izlash va kuni kecha
yechilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bo‘lib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir
. Falsafa uchun «boqiy»,
uzil-kesil aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli» savollar yoki man etilgan mavzular mavjud emas.
Falsafa
savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat
qiladi.
Xullas,
falsafa haqiqat qanday bo‘lsa, uni shunday ifodalab ko‘rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks
etishi. Falsafa asos va mohiyat bo‘lsa, din timsol va shakl
. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari
uchun kerak. Vahiy yo‘lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta‘limi uchun kerak.
Dostları ilə paylaş: