Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakulteti msmsm yo’nalishi



Yüklə 71,19 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü71,19 Kb.
#137343
  1   2   3
O\'lchanadigan Kattaliklarning Miqdori Va Sifat Xarakteristikasi


Andijon mashinasozlik instituti
Avtomobilsozlik fakulteti
MSMSM yo’nalishi
2-kurs 23-22 guruh talabasi
Abilov Nursultonning
Metrologiya asoslari fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi


O'lchanadigan Kattaliklarning Miqdori Va Sifat Xarakteristikasi


Kattalik shkalasi, reperli (tayanch) nuqtalar
Berilgan kattalikni o’lchash uchun boshlang’ich asosi bo’lib xizmat qiladigan kattalik qiymatlarining tartibga keltirilgan majmui kattalik shkalasi deyiladi. O’lchashlar nazariyasida o’lchashlarning beshta asosiy turi mavjud: nomlangan shkala; tartib shkalasi; oraliq shkalasi; nisbat shkalasi va absolyut (mutlaq) shkalasi.
Nomlangan shkalalar, bularda:

  • ekvivalentlik munosabatlari qo’llanishi mumkin;

  • tartib munosabati (masalan, «katta-kichik») qo’llanilmaydi;

  • proporsionallik munosabati qo’llanilmaydi;

  • jamlash munosabati qo’llanilmaydi;

  • nol kriteriyasi mavjud emas;

  • o’lchash birligi mavjud emas.

Nomlangan shkalalar yordamida sifat tavsiflari yoziladi, bunda quyidagi o’lchovlar ishlatiladi: ranglar atlasi va boshqa rang o’lehovlari; xromo-kobaltli shkala.
Tartib (qator) shkalasi - o’lchanadigan kattaliklarning o’sish yoki kamayish tartibida joylashgan o’lchamlari, bularda:

  • ekvivalentlik munosabati qo’llaniladi;

  • tartib munosabati («katta-kichik» turidagi) qo’llaniladi;

  • proporsionallik munosabati qo’llanilmaydi;

  • jamlash munosabati qo’llanilmaydi;

  • nol tushunchasi mavjud yoki yo’q;

  • o’lchash birligi mavjud emas.

Misol:
Moosa minerallarining qattiqlik shkalasi; (Brinnel, Vikkers, Rokvell, Shor va b) jismlarning qattiqlik shkalalari; yorug’lik sezuvchan shkalalari; (yorug’lik sezuvchanlik) ishqorli, yodli, gidroksilli, efirli sonlar; shamol kuchining balli (Bofort shkalasi bo’yicha, ersilkinish (qimirlash) kuchi (Rixter shkalasi bo’yicha), atom elektrostansiyalaridagi portlashlar (MAGATE shkalasi bo’yicha) va buzilishlarga mustahkamligi.

Yüklə 71,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə