Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153
fayl 1633 20210826

O’zbek  modeli
"  sifatida  e’tirof  etilgan  va  bugun  o’z 
samarasini  berayotgan 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi
  o’z  vaqtida  uzoqni 
ko’zlab boshlagan olamshumul ishlarimizning asosi bo’lib xizmat qilmoqda. 
Bolalar  sportini  rivojlantirish  jamg’armasining  besh  yillik  faoliyati  davrida 
yangi sport inshootlarini qurish va ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish, ularni 
zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, o’sib kelayotgan avlodni fizkul’tura va sport 
mashg’ulotlariga jalb etish, jismoniy tarbiya bo’yicha malakali o’qituvchi kadrlar 
va  murabbiylar tarkibini tayyorlash yuzasidan aniq  maqsadga yo’naltirilgan katta 
ishlar amalga oshirildi. 
2003 yildan boshlab Jamg’arma mablag’lari hisobidan 715 ta, shulardan 583 
tasi  yoki  82%  qishloq  joylardan  o’rin  olgan  sport  inshootlari  va  ob’ektlari  ishga 
tushirildi.  Ushbu  maqsadlarga  102,7  mlrd.  so’mdan  ortiq  mablag’  yo’naltirilgan. 
Respublikaning  55  ta  korxonasida  zamonaviy  sport  uskunalari  va  anjomlarini 
ishlab chiqarish o’zlashtirilgan. 
Yaratilgan  shart-sharoitlar  tufayli  bolalarning  sport  mashg’ulotlaridagi 
muntazam  ishtiroki  2003—2007  yillar  ichida  1,5  barobarga,  qishloq  joylarda  esa 
1,7 barobarga o’sdi. Qizlar sport bilan shug’ullanishga faol jalb etilmoqda
1

1996  yildan  boshlab  federasiya  tomonidan  III  o’smirlar  razryadidan  II 
kattalar  razryadiga  bo’lgan  majburiy  dasturlar,  klassifikasion  normativlar  ishlab 
chiqildi  va  tatbiq  etildi.  Barcha  halqaro  qoidalariga  muvofiq  ravishda  o’tkazildi. 
Olimpiya qo’mitasi bilan birgalikda murabbiylar seminari o’tkazilib, unga halqaro 
ekspertlar  taklif  etildi  va  35  ta  murabbiyga  halqaro  sertifikatlar  topshirildi. 
Federasiya  vakillari  FIJ  va  Osiyo  kongresslarida  ishtirok  etadilar.  Barcha  ishlar 
Respublika  Davlat  sport  qo’mitasi  MOK  bilan  hamkorlikda  olib  boriladi. 
Muntazam  ravishda  prezidium  yig’ilishlari  o’tkazilib,  ularda  terma  jamoalarni 


31
 
 
tasdiqlash  masalalari,  musobaqalarda  sportchilar  erishadigan  natijalar  ko’rib 
chiqiladi,  etakchi  gimnastlarni  halqaro  turnirlarda  qatnashish  uchun  mablag’ 
ajratuvchi homiylar bilan ish olib boriladi. 
Respublikamizdagi  sport  murabbiylari  malakasini  oshirish  maqsadida 
1998yil  sentyabrda  Toshkentda  O’zbekiston  milliy  tashkiliy  qo’mitasi  tomonidan 
halqaro toifadagi  gimnastikachilarni  tayyorlash  mavzusiga bag’ishlangan  seminar 
o’tkazildi. Unda O’zbekiston MOK prezidenti S.Ro’ziev, O’zbekiston gimnastika 
federasiyasining  texnik  qo’mita  raisi  S.Kuznesova  va  boshqalar  ma’ruza  bilan 
chiqdilar.  Seminar  yakunida  uning  ishtirokchilariga  XOK  raisi  Xuan  Antonio 
Samaranch  imzosi  qo’yilgan  sertifikatlar  topshirildi.  Bundan  tashqari 
gimnastikaning  aktual  masalalariga  bag’ishlangan  konferensiyalar  muntazam 
ravishda o’tkazib turiladi. 
Respublikada  Badiiy  gimnastikani  yanada  rivojlantirish,  iqtidorli  bolalarni, 
ayniqsa  qishloq  joylardagi  qizlarni,  o’quvchi  yoshlarni  Badiiy  gimnastika  bilan 
muntazam  shug’ullanishga  faol  jalb  etish,  ularning  safidan  mamlakat  terma 
jamoalarining ishonchli zaxirasini shakllantirish maqsadida: 
1.  O’zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi,  Xalq 
ta’limi vazirligi, O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi va O’zbekiston Gimnastika 
federasiyasining  O’zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligiga 
karashli  Universal  sport  saroyi  negizida  O’zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  va 
sport  ishlari  vazirligi  huzuridagi  Badiiy  gimnastika  bo’yicha  bolalar-o’smirlar 
ixtisoslashtirilgan  respublika  olimpiya  zaxirasi  sport  maktabi  (BO’IROZSM) 
tashkil etildi. 
Badiiy gimnastika bo’yicha BO’IROZSM internati bilan maktabdan tashqari 
sport-ta’lim  muassasasi  hisoblanadi,  uning  o’quvchi-sportchilari  turarjoy,  to’rt 
mahal ovqatlanish, sport ekipirovkasi va ixtisoslashtirilgan kiyim, sport uskunalari 
hamda anjomlari bilan ta’minlanadi;  


32
 
 
Badiiy  gimnastika  bo’yicha  BO’IROZSMdagi  o’qish  muddati  5  yil  va 
o’quvchi-sportchilar umumiy kontingenti 60 nafar bo’lib, qoidaga ko’ra, har yili 12 
nafar iqtidorli o’quvchi-sportchilar 10 yoshdan qabul qilinadi;  
Badiiy  gimnastika  bo’yicha  BO’IROZSM  o’quvchi-sportchilarining 
umumta’lim dasturlari bo’yicha ta’lim olishlari Toshkent shahrining yaqin atrofda 
joylashgan umumta’lim maktablarida amalga oshiriladi. 
2.  Quyidagilar  badiiy  gimnastika  bo’yicha  BO’IROZSMning  asosiy 
vazifalari : 
-badiiy gimnastika bilan shug’ullanish uchun zarur sport ko’nikmalariga ega 
bo’lgan  iqtidorli  va  istiqbolli  bolalarni  sinchkovlik  bilan  tanlab  olish,  ularda 
qobiliyat,  sport  salohiyatini,  tanlangan  sport  turida  professional  ko’nikmalar  va 
mahoratni rivojlantirish;  
-respublikaning  terma  jamoalari  uchun  sport  zaxirasi  va  yuksak  mahoratli 
sportchilarni  tayyorlash  bo’yicha  eng  yangi  ilmiy-metodik  tavsiyalar  va  badiiy 
gimnastika sohasida erishilgan yutuqlar asosida o’quv-mashq jarayonlarini tashkil 
etish;  
-mahorati  yuqori  darajada  bo’lgan  sportchilarni  tayyorlash  bo’yicha  o’quv-
mashq jarayonlarini tashkil etish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik bazani va 
malakali murabbiylar tarkibini yaratish;  
-sportchilar  va  murabbiylar  tarkibining  professional  mahoratini  oshirish 
bo’yicha tajriba almashish borasida xorijiy gimnastika maktablari, akademiyalari 
va  klublari  bilan  hamkorlikni  rivojlantirish.  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 271-sonli, 2003 yil 3 iyundagi 
“O’quvchi  talaba-yoshlarni  sportga  jalb  qilishga  qaratilgan  uzluksiz  sport 
musobaqalari  tizimini  tashkil  etish  to’g’risida”gi  244-sonli  qarori  umumta’lim 
maktablari,  akademik  lisey,  kasb-hunar  kollejlari  o’quvchilari  va  oliy  ta’lim 
muassasalari  talaba-yoshlariga  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  doimiy,  uzluksiz 
tartibda shug’ullanish imkonini berdi. 


33
 
 
Bugungi  kunda  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasida  yuqori  malakali 
mutaxassislarni  tayyorlashga  ixtisoslashgan  yagona  oliy  ta’lim  muassasasi 
hisoblangan  O’zbekiston  davlat  jismoniy  tarbiya  va  sport  universiteti 
mamlakatimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Mazkur 
oliy  o’quv  yurti  2006-2007  o’quv  yilidan  e’tiboran  viloyatlar  kesimida  xotin-
qizlar  sportini  rivojlantirish  yo’nalishida  qabul  tashkil  etib  kelmoqda.  Birinchi 
Prezidentimizning  2011  yil  4  iyunda  e’lon  qilingan  “2011-2012  o’quv  yilida 
O’zbekiston  Respublikasi  oliy  ta’lim  muassasalariga  qabul  qilish  to’g’risida”gi 
qaroriga  muvofiq,  2011-2012  o’quv  yili  uchun  O’zbekiston  davlat  jismoniy 
tarbiya  institutiga  talabalarni  qabul  qilish  doirasida  “Xotin-qizlar  sportini 
rivojlantirish”  yo’nalishiga  260  nafar  qizlar  saralab  olindi.  Quvonarlisi  esa, 
mazkur yo’nalish bo’yicha tahsil olishni istayotgan qizlar soni yildan yilga oshib 
bormoqda.  Bu  esa  o’z  navbatida  ayol  murabbiylarni  tayyorlash  va  ularni 
amaliyotga jalb etishdagi muvaffaqiyatlarimiz garovi hamdir. 
Institutda  tahsil  olayotgan  1000  nafardan  ziyod  talaba-qizlar  orasida 
iqtidorlilari  juda  ko’pchilikni  tashkil  etadi.  Hozirda  ularning  bir  nechtasii 
“O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  sport  ustasi”,  “O‘zbekiston  belgisi”  ko‘krak 
nishoniga,  Zulfiya  nomidagi  Davlat  mukofotiga,  Ibn  Sino  nomidagi  davlat 
stipendiyasiga sazovor bo’lgan. 
2010 yilning dekabr oyida Osiyo Gimnastika Ittifoqining (Asian Gymnastics 
Union)  Bosh  Assambleyasida  Lola  Karimova-Tillaeva  Osiyo  qit’asida 
gimnastikani taraqqiy etish va ommaviylashtirish borasidagi faoliyati uchun Osiyo 
Gimnastika Ittifoqi (OGI)ning faxriy Prezidenti etib saylandi. 
20 dekabrda Doxa (Qatar) da bo’lib o’tgan uchrashuvda Osiyo Gimnastika 
Ittifoqi  (OGI)  Prezidenti  Rahmon  Al’-Shatrining  L.Karimova-Tillaevani  OGIning 
faxriy Prezidenti qilib saylash haqidagi taklifi barcha 32 a’zo-davlatlar tomonidan 
bir  ovozdan  qo’llab-quvvatlandi  va  tasdiqlandi.  Rahmon  Al’-Shatrining 
baholashicha,  Lola  Karimova-Tillaeva  rahbarligida  O’zbekiston  Gimnastika 
Federasiyasi  tomonidan  qo’llab-quvvatlangan  o’zbek  gimnastlarining  qator  sport 


34
 
 
musobaqalarida faol ishtiroki va g’alabasi sharofati bilan, oxirgi yillarda respublika 
o’zini namoyon qilibgina qolmay, balki badiiy gimnastika borasida ham jahondagi 
o’z o’rnini mustahkamladi. 
Lola 
Karimova-Tillaeva 
rahbarligidagi 
O’zbek 
Gimnastika 
Federasiyasiyasiga 2006 yilda asos solingan. Yangi gimnastika federasiyasi, ushbu 
kungacha  mustaqil  ravishda  faoliyat  yuritgan  4-ta  gimnastika  federasiyasini 
birlashtirgan  xolda  tashkil  etilgan.  Ushbu  yo’nalishlarni  birlashtirishdan  asosiy 
maqsad  mashg’ulotlar  samaradorligini  oshirish,  sportchilarning  2008  yilgi 
Pekindagi  Olimpiya  o’yinlarida  muvaffaqiyatli  ishtirokini  ta’minlash  va  jahon 
gimnastika sahnasida O’zbekiston mavqeini ko’tarishdan iborat edi. 
2007  yilda  Lola  Karimova-Tillaeva  gimnastlarning  nafaqat  mashg’ulot 
unumdorligi balki salomatligi, parxez va ruxiy holatini nazorat qiluvchi gimnastika 
bo’yicha  oliy  sport  mahorati  Respublika  maktabi  tashkil  etish  rejasiga  etakchilik 
qildi. 
O’z  ichiga  badiiy  va  sport  gimnastikasini,  batutda  sakrash,  akrobatika  va 
umumiy  gimnastikani  oluvchi  yagona  federasiyaning  yaratilishi  Xalqaro 
Gimnastika 
Federasiyasi 
tomonidan 
maqullandi 
hamda 
gimnastikaning 
O’zbekistonda  taraqqiy  etishi  va  o’zbek  gimnastikasining  jahon  sahnasida  o’z 
mavqeini ko’tarishida katta ahamiyat kasb etdi. Federasiya tashkil etilgandan 2 yil 
o’tib,  2008  yilda  Pekinda  o’tkazilgan  Olimpiya  o’yinlarida  Anton  Fokin  sport 
gimnastikasi  va  Ekaterina  Xilko  batutda  sakrash  bo’yicha  bronza  medallari 
sovrindorlari bo’lishdi. 
2010  yil  fevral  oyida  tarixda  birinchi  bora  O’zbekiston  poytaxti  Toshkent 
shahrida badiiy gimnastika bo’yicha Osiyo chempionati bo’lib o’tdi. 
Lola  Karimova-Tillaeva  va  yangi  Gimnastika  Federasiyasi  sharofati  bilan 
so’nggi  yillarda  O’zbekistonda  gimnastikaning  ommabopligi  sezilarli  ravishda 
o’sdi. Federasiya muntazam ravishda jismoniy tarbiya muallimlari hamda maktab 
va  bolalar  bog’chalarida  seminarlar  va  darslar  tashkil  etadi.  Buning  natijasida, 
nafaqat Toshkent shahrida balki viloyatlarda ham gimnastika bilan shug’ullanuvchi 


35
 
 
bolalarning  soni  ortib  bormoqda.  O’ta  zamonaviy  anjomlar  bilan  ta’minlangan 
gimnastika  markazlari  O’zbekistonning  barcha  viloyatlarida  ochildi.  Shu  o’rinda, 
badiiy  gimnastika  bo’yicha  milliy  terma  jamoaning  70%  qatnashchilari  viloyat  2 
gimnastika  maktablarining  sportchilari  ekanligini  ta’kidlab  o’tish  zarur.  Lola 
Karimova-Tillaevaning  O’zbekiston  Gimnastika  Federasiyasi  Prezidenti  sifatida 
respublika  sporti  rivojiga  ko’rsatayotgan  e’tibori  alohida  ta’kidlanadi.  “U 
poytaxtdagi  sport-mashg’ulotlari  komplekslarini  muntazam  ravishda  ko’zdan 
kechirib  turadi  hamda  sog’lom  va  barkamol  avlod  rivojlanishiga  katta  ahamiyat 
beradi”.  O’zbek  Gimnastika  Federasiyasi  yoshlarni  va  xususan  qizlarni  sog’lom 
hayot tarzi sari etaklash borasida faol ishlarni amalga oshirayotgani ta’kidlanadi. 
2014 yil fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha 
Osiyo chempionati va gimnastikachi qizlarimiz erishgan yuksak natijalar bu sport 
turiga e’tibor va qiziqish mamlakatimizda muttasil oshayotganidan dalolat beradi. 
Bu  birinchi  prezidentimiz  rahnamoligida  bolalar  sportini  rivojlantirish,  qizlarning 
sport  bilan  shug‘ullanishi  uchun,  ayniqsa,  qishloqlarda  tegishli  shart-sharoit 
yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilganining amaldagi samarasidir. Bugungi 
kunda  poytaxtimizdan  tashqari  Buxoro,  Navoiy,  Xorazm,  Farg‘ona  va  Toshkent 
viloyatlarida  ham  gimnastika  markazlari  samarali  faoliyat  ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekistonlik gimnastika mutaxassislari, murabbiylari va hakamlarining malakasi 
va  saviyasini  oshirish  maqsadida  poytaxtimizda  Xalqaro  olimpiya  qo‘mitasi  va 
Xalqaro  gimnastika  federatsiyasi  bilan  hamkorlikda  seminar-treninglar  o‘tkazish 
yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan.  Badiiy  gimnastika  bilan  shug‘ullanayotgan 
sportchilarimizning xalqaro miqyosdagi ko‘rsatkichlari o‘sib borayotgani muxlisu 
mutaxassislarni xushnud etmoqda. 2014 yili Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz 
jamoaviy  bellashuvlarda  uchinchi  o‘rinni  egalladi.  Ulyana  Trofimova  shaxsiy 
birinchilikda  bir  juft  bronza  medalni  qo‘lga  kiritdi.  Umidli  sportchimiz 
Yaponiyadagi  jahon  chempionatida  muvaffaqiyatli  ishtirok  etib,  eng  kuchli  o‘n 
ikki  nafar  gimnastikachi  qatoridan  joy  oldi.  Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi 
tomonidan  taqdim  etilgan  ma’lumotga  ko‘ra,  2009-yilgi  sport  mavsumida 


36
 
 
gimnastikachilarimiz  turli  xalqaro  musobaqalarda  jami  39  medal  qo‘lga  kiritgan 
bo‘lsa,  shundan  15  tasi  oltin,  10  tasi  kumush  yana  14  tasi  bronza  medallaridir. 
2010 yilgi sport mavsumining eng nufuzli musobaqalaridan biri hisoblangan badiiy 
gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qilgani ham 
ushbu sport turi yurtimizda tobora rivojlanib borayotganining xalqaro miqyosdagi 
e’tirofidir. 
To‘rt  kun  davom  etgan  Osiyo  chempionatida  Sarvina  Xoliqova,  Aziza 
Mamajonova hamda Husniyabonu G‘ulomova shaxsiy birinchilik bellashuvlarida, 
Zarina  Qurbonova,  Luiza  G‘aniyeva,  Veronika  Ugay,  Olga  Kiryakova  esa  guruh 
bahslarida  mamlakatimiz  sharafini  munosib  himoya  qildi.  Chempionat 
ishtirokchilari  yakkalik  va  guruh  bellashuvlarida  arg‘amchi,  xalqa,  to‘p,  tasmada 
mashq bajarish va ko‘pkurash bo‘yicha o‘zaro bellashdi. 
2012  yil  London  XXX  yozgi olimpiyada  uyinlarida  O`zbekistonlik 
Lyudmila  Trafimova  badiiy  gimnastika  bo‘yicha  shaxsiy  chiqishda  munosib 
qatnashdi.,2014yil  Xtoyning  Inchon  shaxrida  XVII  Osiyo  o`yinlarida  Baddiy 
gimnsatika bo`yicha jamoda, Jamila Rahmatova , Valeriya Davidova, Serdyukova 
Anastasiya,Raveliya  Faxruddinovalar  yuqori  ball  tuplab  birinchi  o`rinni  egallab 
oltin medalni qulga kiritdilar. 
2014 yil Inchon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 
terma  jamoa  a’zolari  Jamila  Raxmatova,  Valeriya  Davidova  yakkalik  bahslarda, 
jamoalar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladilar. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə