Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


 Badiiy gimnastika sport turining O`zbekistonda rivojlanishi



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
fayl 1633 20210826

2.3. Badiiy gimnastika sport turining O`zbekistonda rivojlanishi 
Bir  qator  nufuzli  xalqaro  institutlarning  baholashicha,  O’zbekiston 
dunyoning  125  davlati  orasida  xotin-qizlar  uchun  qulay  sharoitlar  yaratish  va 
onalikni  muhofaza  qilish  borasida  etakchi  o’rinlardan  birini  egallab  turibdi.  Buni 
YUNISEFning  Sharqiy  Evropa,  Boltiqbo’yi  va  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo’stligi 
mamlakatlari  bo’yicha  ofisi  tomonidan  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish 
borasidagi  dasturlarni  joriy  qilishda  O’zbekistonning  mintaqadagi  namunaviy 
model sifatida e’tirof etilgani ham isbotlaydi. 
Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, istiqlol yillarida yurtimizda 1 ming 
200  dan  ziyod  yangi  sport  inshooti  barpo  etilib,  ularning  mingdan  ortig’i  qishloq 
joylarda  qurildi.  Bu  esa  260  ming  nafardan  ziyod  bolaning  sportning  ko’plab 
turlari bilan muntazam shug’ullanishi uchun imkoniyat yaratdi. 
Qiz  bolalarni,  eng  avvalo,  qishloq  qizlarini  sport  bilan  shug’ullanishga  jalb 
etishda  joriy  yilda  sezilarli  natijalarga  erishildi.  Yana  mamlakatimizda  badiiy 
gimnastikani rivojlantirish dasturi qabul qilingach, sportning ushbu nafis turi bilan 
shug’ullanadigan qizlar soni shu yilning o’zida 6-7 barobar, ayrim viloyatlarda esa 
10-12 barobar ortdi. 
Nomlari badiiy gimnastika muxlislariga ko’pdan tanish M. Jo’raeva, Dar’ya 
Svechnikova  ham  o’z  ustozlari,  O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  yoshlar 
murabbiysi  Rimma  Xoxlova  izidan  borib,  yoshlar  bilan  mashg’ulotlar  olib 
borishayapti.  Bu  kabi  sa’y-harakatlar  samarasi  mahoratli  sportchilarimizni 
mamlakat  terma  jamoasi  safida  xalqaro  musobaqalarda  muvaffaqiyatli  ishtirok 
etayotganida yaqqol namoyon bo’lmoqda. 


29
 
 
Viloyatda  mazkur  nafis  sport  turi  bilan  shug’ullanish  istagidagi  qizlar  safi 
tobora  ko’paymoqda.  Ularga  saboq  berayotgan  murabbiylar  soni  ham  oshib 
borayotir. 
Agar  2009  yilda  badiiy  gimnastika  bilan  2567  nafar  qiz  shug’ullangan 
bo’lsa,  2011  yilga  kelib,  ular  soni  5480  nafardan  ortib  ketdi.  Darhaqiqat, 
Husniyabonu  G’ulomova,  Sarvina  Xoliqova,  Zamira  Sanaqulova,  Dar’ya 
Svechnikova,  Zarema  Samadova,  Zarina  Negmatova,  Farangiz  Shodieva 
O’zbekiston terma jamoasi a’zolari hisoblanadi. Ular  erishayotgan natijalar havas 
qilsa  arzigulik.  Masalan,  Zamira  Sanaqulova  2010  yilda  Xitoyda,  2011  yilda 
Qozog’istonda  o’tkazilgan  xalqaro  musobaqalarda  muvaffaqiyatli  ishtirok  etdi. 
O’tgan  yili  Rossiyaning  Ufa  shahrida  tashkil  etilgan  xalqaro  musobaqada  ham  u 
oltin      medalni  sohibasiga  aylandi.  Termiz  shahrida  bo’lib  o’tgan  “Barkamol 
avlod” sport musobaqalarida esa Zamira bir emas, beshta oltin medalga ega bo’ldi. 
E’tiborlisi,  Zamira,  Husniyabonu,  Sarvina  singari  chempion  qizlarga  munosib 
izdoshlar  etishib  chiqmoqda.  Chunonchi,  viloyat  terma  jamoasining  besh  nafar 
a’zosi  respublika  Oliy  sport  mahorati  maktabida  o’qishni  davom  ettirmoqdalar. 
Tumanlarda   ham  umidli  gimnastikachilar  kamolga  etayapti.  Buxoro  tumanidan 
Anna Ten, peshkulik Bahriniso Ergasheva, jondorlik Eliza Sharipova ana shunday 
iste’dodli  yoshlardan.  Viloyat  terma  jamoasi  tarkibiga  kiritilgan  bu  qizlar  ayni 
paytda  tajribali  murabbiylar  qo’l  ostida  muntazam  o’z  mahoratlarini  oshirib 
bormoqdalar.  Zero,  viloyat  markazidagi  “Nafis”  sport  majmuasida  ular  uchun 
barcha  qulayliklar  muhayyo.  Bu  erda  ikkita  sport,  bitta  balet  zali,  dam  olish, 
kiyinish  xonalari  ixlosmandlar  xizmatida.  So’nggi  ikki  yil  davomida  Buxorolik 
gimnastikachi  qizlarning  45  nafari  respublika  birinchiligi  musobaqalarida,  to’rt 
nafari  mamlakat  chempionatida  g’olib  chiqqani,  Osiyo  chempionatida  uch  nafari 
g’olib bo’lgani, 20 nafari esa xalqaro turnirlarda shohsupaning yuqori pog’onasiga 
ko’tarilgani  yurtimizda  bu  nafis,  maftunkor  sport  turiga  berilayotgan  e’tibor 
natijasi,  albatta.  Yurtimizda  gimnastika  sport  sohasining  normativ-huquqiy 
asoslaring yaratilishi. 


30
 
 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach barcha soqalar kabi jismoniy tarbiya 
va  sportga  ham  katta  ahamiyat  qaratdi.b  1992  yili  “Jismoniy  tarbiya  va 
sport”to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi bu soxadagi huquqlarimizni belgilab 
berdi. 
Uzluksiz  ta’limning  "

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə