Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
fayl 1633 20210826

1.
 
BADIIY GIMNASTIKANING MAZMUNI VA ASOSLARI
 
          Badiiy  gimnastika  serqirra  sport  turidir.  Bu  sport  turi  orqali  juda  ko‘p 
narsalarni  ifodalab  berish  mumkin.  Hozir  siz  bilan  qanday  qilib  buni  amalga 
oshirish  mumkinligi  haqida  gap  yuritamiz.  Avvalo  sportchi  jisman  tayyorlangan 
bo‘lishi  lozim.  So‘ngra  mashqlarni  texnik  jihatdan  mukammal  ijro  yetishi  kerak. 
Masalan,  odam  oldin  emaklashni,  keyin  tetapoya  qilishni,  yurishni  va  oxirida 
chiroyli  qadam  tashlab  yurishni  o‘rganadi.  Shunday  ekan,  badiiy  gimnastikada 
qizlarimizning  jismoniy  tayyorligi  va  o‘z  ishiga  fidoyiligi  yutuqlarimiz  asosidir. 
Hozirgi  davrimizda  sport  turlari  shu  darajada  yuqori  cho‘qqilarga  erishgan-ki, 
bunday  natijalarga  birgina  iqtidor  bilan  erishib  bo‘lmaydi.  Faqatgina    iqtidor, 
fidoyilik,  mehnatsevarlik    orqali  biron  natijaga  erishish  mumkin.  Musobaqalarda 
sport  ustalarining  mahorat  bilan  chiqishlarini  ko‘rib,  tomoshabin  ko‘pincha  bu 
mahoratga qanchalik qiyinlik bilan uzoq vaqt mobaynida erishilganligini sezmaydi. 
Badiiy gimnastikada mahorat bu har bir harakatni aniq va musiqa bilan hamnafas 
bajarib  tomoshabinga  ma’lum  fikrni  yyetkazib  bera  olishdir.  Sakrash,  yugurish, 
burilish  bularning  hammasi  badiiy  gimnastika  elementlaridir.  Sakrash  kiyik 
obrazida  yoki    xalqa  bo‘lib  bajariladi.  Bu  elementlar  musiqaga  mos  ravishda  ijro 
etiladi.  Yana  badiiy  gimnastikada  vosita  bo‘lib  xalq    raqs  elementlari  ham 
ishlatiladi.  Bundan  yigirma  yil  muqaddam  raqs  elementlari  gimnastikachi 
qizlarning  chiqishlarida  asos  bo‘lsa,  hozirgi  davrda  akrobatik  elementlar,  sport 
gimnastikasi  elementlari  va  to‘p,  cho‘qmor,  gardish,  arg‘amchi,  tasma    kabi 
buyumlarni  mahorat  bilan  o‘ynatish  dasturlarning  asosi  bo‘lib  xizmat  qilmoqda. 
Lekin oz miqdorda bo‘lsa ham raqs elementlari chiqishlarda qo‘llaniladi. Ayniqsa, 
qizlarning  qo‘llari  orqali  sevgi-muhabbat,  qayg‘u-alam,  inson  qalbidagi  his-
tuyg‘ularni  ifodalash  mumkin.  Ko‘rgazmali  chiqishlarda  mana  shu  elementlar 
orqali  musiqaning  ma’nosi  tomoshabinga  yetkaziladi.  Hozirgi  kunda  ancha 
murakkab,  serqirra  mazmunga  va  ritmga  ega  bo‘lgan  musiqalar  qo‘llanilmoqda. 
Buyumlarni  o‘ynatish  faqat  badiiy  gimnastikaga  xosdir.  Bunday  o‘yinlarni  sirkda 


6
 
 
ham  ko‘rish  mumkin.  Lekin  sirk  artistlaridan  farqli  o‘laroq  gimnastikachi  qizlar 
harakatlarni  aniq  va  tez  bajarishadi.  Bunday  o‘yin  tomoshabinda  turli    his-
tuyg‘ularni  uyg‘otadi.  Tomoshabinga  shuncha  ta’sir  ko‘rsatadigan  sehrli 
buyumlarlarni ko‘rib chiqamiz. 
         To‘p.... Badiiy gimnastikada u haqiqatdan ham sehrlidir. Qizlar bu buyumni  
o‘ynatib  o‘ziga  xos  murakkab  mashqlar    ko‘rsatishadi.  To‘p  bilan  nafaqat 
epchillik, chaqqonlik, balki musiqaning mohiyatini ham ko‘rsatib berishadi. 
        Arg‘amchi....Savol  berishingiz  mumkin,  yosh  bolalarning  o‘yinchog‘i 
gimnastikada  kerakmikan?  Ha,  kerak!  Arg‘amchi  bilan    bolalikdagi  kabi 
sakrashadi, yugurishadi. Lekin qay yo‘sinda? Juda ham yengil va tez. Mashqlarda 
arg‘amchi bilan sakrashlarning qanaqa turi yo‘q deysiz? Bu oddiy sakrash, burilish 
bilan,  shpagat  bilan,  xalqa  bo‘lib,  akrobatik  va    musiqaga  mos  ravishda.  Bunday 
mashqlar  uchun  o‘ziga  xos  ritmik  musiqa  tanlanadi.  Albatta  bunday  mashqlarni 
bajarish    uchun  gimnastikachidan  chidamlilik,  chaqqonlik,  har  bir  elementni 
qiyomiga yetkazib ijro yetish talab qilinadi. Natija ham shunga yarasha sermahsul 
bo‘ladi. 
        Gardish... Aytishlaricha g‘ildirakni ixtiro qilgan odam daho insondir. Shunday 
bo‘lsa  ham  kerak.  Lekin  so‘z  badiiy  gimnastika  haqida  ketar  ekan,  g‘ildirak 
odamzod  tafakkuri  uchun  qanday  xizmat  qilgan  bo‘lsa,  gardish  ham  bu  sport  turi 
uchun  kam  xizmat  qilgani  yo‘q.  Gardish  bilan  arg‘amchiga  o‘xshab  sakrashadi, 
o‘rtasidan shpagat yoki xalqa bo‘lib o‘tishadi. Koptok kabi yumalatishadi. Bundan 
tashqari  yana  tana,  oyoq  va  qo‘l  atrofida  aylantirishadi.  Shunday  qilib  gardish 
musiqa  ruhini  yanada  jozibali,  his-tuyg‘uga  boy  qilib  ko‘rsatib  berishga  yordam 
beradi. 
         Tasma...  Bu  buyum  ham  gimnastikachilar  qo‘lida  turli  xil  shakllarda 
ko‘rinadi.  Ilonsimon,  spiral  shaklida,  sakkiz  raqamiga  o‘xshab,  gorizontal  va 
vertikal  xalqa  sifatida  xilma-xil    ranglarda  o‘ynatiladi.    Yuzlab,  minglab  original 
holat  va  harakatlar.  Tasma  bilan  mashq  bajarish  murakkab.  Tasma  gimnastikachi 
qizning bilagini davomi bo‘lib harakatlarni aniq davom ettirishi kerak. 


7
 
 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə