Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


  5-7 yosh badiiy gimnastikachi qizlarning saralashda psixo-fiziologik



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153
fayl 1633 20210826

3.5.  5-7 yosh badiiy gimnastikachi qizlarning saralashda psixo-fiziologik 
rivojlanishning xususiyatlari
 
Organizmning  individual  rivojlanish  qonuniyatlariga  doimiy  o‘sish  va 
rivojlanish,  o‘sish  va  rivojlanish  geteroxroniyasi,  rivojlanishning  kritik  davrlari, 
rivojlanishning  sensetiv  davrlari,  rivojlanish  akseleratsiyasi  va  retardatsiyasi 
holatlari kiradi.  
O‘rgatish jarayonida yoshning ahamiyati. 
5-7  yosh  bola  organizmining  jadal  o‘sadigan  va  har  tomonlama 
rivojlanadigan  davridir.  Bu  yoshda  harakat  funksiyalari  juda  rivojlangan  bo‘lib, 
bola faol xayot kechiradi. Umurtqa pog‘onasi egiluvchan bo‘lib, batafsil qotmagan 
bo‘ladi.    Bir-biriga  bog‘lab  turuvchi  bo‘g‘imlar  cho‘ziluvchan    va  mustahkam 


62
 
 
emas.  Harakat  markazi  va  muskullar  endi  rivojlanayotgan  mayda  va  harakatlarni 
bajarish  mushkulroq.  Yurak,  nafas  olish,  mushak,  asab  sistemalari  mukammal 
rivojlangan emas. Diqqatni jamlab aqliy mehnat qilish qobiliyati ko‘p emas. Atiga 
15 daqiqa xolos. O‘yin va birovga taqlid qilish reflekslari yaxshi rivojlangan. Bu 
yoshda bolaga qomatni tik tutishni o‘rgatishga katta ahamiyat berish lozim.  
 Egiluvchanlikni  sekin-asta  rivojlantirish  maqsadga  muvofiqdir.  Masalan,  shpagat 
o‘tirish  kabi  mashqlarni  har  kuni  oz  miqdorda  tanani  tayyorlab  o‘rgatish  shart. 
Mashg‘ulot  mobaynida  harakatlarni  aniq va  tez  bajarilishini  nazorat  qilish kerak. 
Topshiriqlar  yengil  va  qisqa  bo‘lishi  kerak.  Mashg‘ulotlar  rang-barang,  bir-biriga 
o‘xshamagan, his tuyg‘ularga boy holda o‘tkazilsa ijobiy natijalarga erishiladi. 
O‘sib  kelayotgan  organizmni  to‘g‘ri  tarbiyalash  uchun  bola  organizmini 
o‘sish va rivojlanish kabi asosoy xususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish 
barcha  tirik  organizmlar  kabi  odam  organizmiga  xos  xususiyatdir.  Organizmning 
xar tomonlama o‘sish va rivojlanishi uchun poydo bo‘lgan vaqtdan boshlanadi. Bu 
ikki jarayon murakkab bo‘lib, bir butun va bir biriga bog‘langandir. 
Organizmning  o‘sishi  deganda  tana  xujayralarining  ko‘payishi  natijasida 
tirik  organizmning  o‘lchamlarini  ortishi, yana  bo‘yining  cho‘zilishi,  tana  massasi 
va  xajmining  undagi  xujayra  va  to‘qimalarning  ko‘payishini  xisobiga  oshishi 
tushuniladi. Demak, organizmdagi miqdor o‘zgarishlari 
o‘sish
 
deb aytiladi. O‘sish 
bola sog‘ligi va jismoniy xolatlarining eng muxim ko‘rsatkichi xisoblanadi. O‘sish 
bir qatorda xujayrada ularning bajaradigan vazifasini ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu 
rivojlanish  jarayonidir.  Demak  o‘sish  natijasida  organizmning  rivojlanishi  xam 
yuzaga keladi. Rivojlanish organizm tuzilishining murakkablanishi yoki to‘qima va 
organlarining morfologik defferensiallashuvi demakdir, ya’ni o‘sayotgan organizm 
to‘qima  xujayralarining  va  organlarning  shakllanishi,  ya’ni  bola  organizmi 
xujayralarining  takomillashib,  o‘smirlik  va  etuklik  yoshdagi    odamlarga  xos 
bo‘lgan    birmuncha  murakkab  to‘qima  va  organlariga  ega  bo‘lishidir.  Odam 
organizmi rivojlanishi umr bo‘yi davom etib turadigan to‘xtovsiz jarayondir. 


63
 
 
Rivojlanish jarayoni o‘z ichiga uchta asosiy omilni oladi, bular o‘sish, a’zo 
va to‘qimalarining  murakkablanishi xamda to‘qima, a’zo, organizm shakllarining 
xosil bo‘lishidir. Bu omilllar bir  - biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, ular bir biridan 
ajralgan xolda shakllana olmaydi. O‘sish va rivojlanish bir biri bilan chambarchas 
bog‘liq  bo‘lib,  ular  tufayli  organizmdagi  barcha  son  ko‘rsatkichlar  ma’lum  vaqt 
o‘tishi bilan sifat ko‘rsatkichlariga aylanadi. 
Bola  bo‘yining  uzunligi;  bolaning  bir  yoshigacha  bo‘yining  uzunligi  26 
sm.ga uzayib, 75 sm.ga etadi. Hayotining ikkinchi yiliga atigi 10 sm.ga o‘sadi. 6-7 
yoshgacha bo‘yning o‘sishi yanada sekinlashadi.  
Bola tug‘ilgandan keyin birinchi kritik davr bolaning 2-2.5 yoshida yuzaga 
kelib,  bu  davrda  bolada  xarakat  aktivligi  keskin  ortadi.  Markaziy  asab 
sistemasining  faoliyati  takomillashadi,  nutq,  intellektual  va  jismoniy  rivojlanish 
kuchayadi.  Bu  yoshlarda  xar  qanday  fiziologik  sistemaning  ayniqsa,  asab 
sistemasining  faoliyati  buzilishi,  ruhiy  rivojlanishning  sekinlanishi  yuzaga  kelishi 
mumkin.  
Bola  tug‘ilganidan  keyin  ikkinchi  kritik  davr  6-8  yoshlarida  kuzatiladi. 
Undagi steriotiplar buziladi, shiddatli aqliy ish boshlanadi, jismoniy ish ko‘payadi. 
Bunday  o‘zgarishlar  ta’sirida  fiziologik  sistemalardan  ayniqsa  kuchsizlarining 
faoliyati buzilishi mumkin. 
Jismoniy  sifatlarining  rivojlanishida  sensetiv  davrlarning  yuzaga  kelishi 
geteroxron ravishda bo‘ladi. Masalan; egiluvchanlik sifati rivojlanishi 3-4 yoshdan 
15  yoshgacha,  chaqqonlik  sifatini  rivojlanishi  7-10  yoshdan  13-15  yoshgacha, 
tezkorlik  sifatini  rivojlanishi  11  yoshdan  14  yoshgacha,  kuch  sifatini  rivojlanishi 
14  yoshdan  17  yoshgacha,  chidamlilik  sifatini  rivojlanishini  sensetiv  davri  15-
yoshdan 20 yoshgacha. 
Bolalikning birinchi davri 4 yoshdan 7 yoshgacha davom etadi. Bu davrda 
muskul  massasi  kattalashadi,  oyog‘i  uzunlashadi,  tanasining  proporsiyasi 
o‘zgaradi.  Bolaning  xarakatlari  aniq  bo‘ladi.  Qaychi  va  unga  o‘xshash  asboblar 
bilan  qiziqadi.  Nozik,  kerakli  xarakatlarni  xali  uddalay  olmaydi.  MAT  rivojlana 


64
 
 
boshlaydi.  Ichki  tormozlanishning  ko‘pgini  turlari  stabillashadi,  miya 
po‘stlog‘ining ish qobiliyati oshadi. Nutq va ongi rivojlana boshlaydi. 
Yugurish  qismlarining  rivojlanishi  ikki  yoshdan  boshlanadi  va 
takomillashib boradi. Yugurishning tezlashib borishi yugurishda uchish fazasining 
orta  boshlashi  tayanish  fazasining  kamayishi  xisobigi  bo‘ladi.  3  yoshdan  10 
yoshgacha  uchish  fazasi  ikki  martadan  ortiq  ko‘payadi.  Qadam  tashlash 
uzunligining kattalashishi yugurish tezligining  ortishini ta’minlaydi. Bolalarda 1.5 
yoshda barcha umurtqalarning  o‘sishi jadal bo‘lib, bir tekis bo‘lsa, 3 yoshlarda bel 
umurtqalari bo‘yin va yuqori ko‘krak umurtqalariga nisbatan ancha tez o‘sadi. 7-9 
yosh  va  balog‘atga  etish  davrida  xam  umurtqa  pog‘onasining  o‘sishi  jadallashib, 
keyin bu xolat aytarlik sezilmaydi. 
1  yoshda  elka  kamari,  qo‘l  muskullari  yaxshi  rivojlangan  bo‘ladi.  Bola 
yura  boshlashi  bilan  orqadagi  uzun  muskullar,  dumba  muskullari  tez  rivojlana 
boshlaydi.  6-7  yoshdan  boshlab  qo‘l  panja  muskullari  tez  rivojlanib  boradi. 
Bolalarda  bukuvchi  muskullarning  tarangligi  yuqoriroq  bo‘lib,    ular  yozuvchi 
muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 
Harakat  apparatining  chidamliligi  dinamik  va  statik  ishni  uzoq  vaqt  
mobaynida  bajarish  qobiliyati  bilan  belgilanadi.  Yosh  ulg‘aygan  sari  chidamlilik 
juda  sekinlik  bilan  ortib  boradi.  6  yoshga  kelib  chidamlilik  birmuncha  ortadi, 
shunday bo‘lsa-da bolalar faoliyati tez tez o‘zgarib turishga moyil bo‘ladi. Ular bir 
joyda turish, o‘tirishga qiynaladi, ularning xarakatlari tinmasdan aylanib turadi. 4-5 
yoshlarda bola juda xilma xil va murakkab xarakatlarni bajaradigan bo‘lib qoladi. 
Xarakat koordinatsiyasi  13-14 yoshga borib o‘zining yuqori darajasiga etadi. 
Maktab  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda  (3-5  yosh)  kuchli  orientirovka 
refleksi mavjud bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ida tormozlanish  va qo‘zg‘alish jarayonlari 
juda  keng  tarqaladi.  5-7  yoshlik  bolalarda  jarayonlarning  xarakatchanligi  ancha 
oshadi. Miya po‘stlog‘ini ish qobiliyati oshadi. 7 yoshda miya yarim sharlarining 
peshona  qismi  morfologik  va  funksional  jixatidan  ancha  takomillashadi. 


65
 
 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yoshiga mos 7-10 yoshli bolalarda shartli reflekslar 
xosil bo‘ladi, bu reflekslarni latent davri qisqaradi. 
Bolalarninig postnatal ontogenezida nafas tizimi morfologik jixatdan katta 
o‘zgarishlarga  uchraydi  va  nafas  fiziologiyasi  xayot  etaplarini  belgilab  beradi. 
Burun  nafas  yo‘llarida  ko‘plab  shilliq  moddalar  ishlab  chiqarilib,  ular  muxit 
sharoitida ozmuncha o‘zgarishi bilan bitishi mumkin va oqibatda nafas og‘irlashib 
qoladi.  Shuning  uchun  bolalar  og‘iz  bilan  nafas  olishga  xarakat  qiladilar.  Og‘iz 
bilan nafas olish kislorodga qoniqmaslikka, ko‘krak qafasini deformatsiyalashiga, 
eshitish  qobiliyatini  kamayishiga  va  boshqa  potologiyalarga  olib  kelishi  mumkin. 
Burundan  boshlangan  nafas  yo‘llari  4-5  yoshda  shakllanib,  13-14  yoshda  katta 
morfologik  o‘zgarishlarga  uchraydi.  1-3  yoshdan  boshlab  qovurg‘alar  aro 
muskullar rivojlana boshlaydi va 7 yoshga kelib ko‘krak bilan nafas olish vujudga 
keladi. Yosh bolalarda o‘pkaninig tiriklik sig‘imini o‘lchash ancha qiyin, uni faqat 
3-4  yoshlardan  boshlab  aniqlash  mumkin.  O‘pkaning  tiriklik  sig‘imi  xam  yoshga 
qarab dinamik ravishda o‘zgaradi. 3-4 yoshda 400-500 l, 5-6 yoshda 800-1000 l, 8-
10  yoshda  1350-1500  l.  Yosh  bolaning  organizmi  normal  o‘sishi  va  rivojlanishi 
uchun ko‘p miqdorda kislorod zarur. Ularda nafas olish yuzaki bo‘lishiga qaramay, 
kislorodga  talab  qoldiriladi.  Bu  qoldirish  nafas  olish  va  yurak  urish  tezligining 
yuqoriligi xisobidan bo‘ladi. 
 Bolalarning nafas olish tezligi 5-7 yoshda 25 ta/daq, o‘pkaning daqiqalik 
xajmi 1-2 yoshda 2600, 5 yoshda 5800 l..  
 Yosh  bola  organizmida  gazlar  almashinuvi,  nafas  olish  chastotasi  katta 
bo‘lgani  uchun  ancha  shiddatli  bo‘ladi.  Yosh  organizmda  nafas  olish  sharoitga 
qarab  ancha  batafsil  boshqarilib  turiladi.  Masalan,  xavoda  kislorod  kamayib, 
korbanat  angedrid  ko‘paysa,  nafas  olish  chastotasi  oshib,  nafas  olish  xarakatlari 
chuqurlashadi  va  boshqalar.  Bazan  bunday  paytlarda  qon  miqdori  va  undagi 
eritrotsitlar  soni  depolardagi  qonning  xisobiga  ko‘payadi.  Yosh  bola  organizmi 
katta  kishilarga  qaraganda  gipoksiyaga  (kislorod  etishmasligi)  chidamli  bo‘ladi. 
Buning  asosiy  sababi  shundaki,  yosh  bola  nafas  olish  markazi  kislorodning 


66
 
 
kamligiga  ancha  chidamlidir.  Yana  bunday  organizmlarda  energiya  ajralishi 
kislorodsiz,  ya’ni  aerob  sharoitda  xam  boraveradi.  Maktab  yoshiga  kelib  nafas 
olish markazlarining sezgirligi katta odamlarnikigi o‘xshash bo‘lib qoladi. 
Buyraklarning  rivojlanishi  tug‘ilish  paytiga  kelib  to‘xtamaydi.    Bir 
yoshgacha po‘stloq moddasining massasi ikki marta , mag‘izniki faqat 42% ortadi, 
buyrak  tanachalarining diametri, kanallarining  uzunligi  va  diametri, ayniqsa  genli 
sirtmog‘i  kattalashadi,  epiteliy  tarkibiy  tuzilmasi    o‘zgaradi,  nefronlar  bola 
tug‘ilgandan  keyingi  birinchi  yilda  va  jinsiy  balog‘atga  etish  davrida  eng  jadal 
o‘sadi. Buyraklar ichki tuzilishi asosan 5-7 yoshda shakllanadi, massasining o‘sishi 
esa 20 yoshgacha davom etadi. buyrakning vazni 5 yoshda 55-56 g, 7 yoshda 82-
84g. bo‘ladi. 
Epifiz  o‘rta  miyada  joylashgan  bo‘lib  og‘irligi  0,2g.  Bu  bezdan  ishlab 
chiqariladigan asosiy gormonlar: adrenogomerulotropin va melatonin hisoblanadi. 
Agarda  bolalikda  epifiz  shikastlansa,  bola  tez  8-10  yoshda  jinsiy  voyaga  etadi. 
Sog‘lom bolalarda epifiz bezining eng kuchli ishlashi 5-7 yoshlarga to‘g‘ri keladi. 
7 yoshdan so‘ng bu bez kichiklashib, yo‘qolib ketadi. 
Psixik  ko‘rinishlarning  bevosita  asosini  bosh  miyaning,  psixika 
organlarining xususiyati tashkil qilishini to‘la xisobga olish zarur. Suyuqliklar yoki 
sharbatlarning,  organizmning  axamiyati  to‘g‘risidagi  boshlang‘ich  g‘oya  garchi 
gumaral  omillarning  roli  xaqidagi  keyingi  tassavurlar  bilan  bir  biriga  yaqinlashsa 
ham  temperamentning  tabiiy  asosini  yangi  tadqiq  qilish  uchun  boshqacha  hulq 
atvor  dinamikasiga  ta’sir  etadigan  barcha  ichki  sharoitlar  (xuddi  tashqi  sharoitlar 
kabi)  albatta  miya  orqali  ta’sir  qilishini  tan  olish  muximdir.  Xozirgi  zamon  fani 
temperamentga  oid  individual  farqlarning  sabablarining  aynan  miyaning,  uning 
qobig‘i  va  po‘stloq  osti  funksional  xususiyatlarida,  oliy  nerv  faoliyati 
xususiyatlarida deb biladi. 
Kishining  temperamenti  qanaqaligi  xaqidagi  tassavur  odatda  shu  shaxs 
uchun  xarakterli  bo‘lgan  ayrim  psixologik  xususiyatlar  asosida  vujudga  keladi. 
Sezilarli  psixik  aktivlikka  ega  bo‘lgan,  atrofda  bo‘layotgan  voqealarga  tez 


67
 
 
munosabatini  bildiruvchi,  taasurotlarini  xadeb  o‘zgartirishga  intiluvchi, 
muvaffaqiyatsizliklar  va  qo‘ngilsizliklarni  nisbatan  engil  o‘tkazibyuboruvchi,  
jonli,  xarakatchang,  ifodali  mimikasi  va  xarakatlari  bo‘lgan  kishi  sangvinik  deb 
ataladi. 
Yuragi keng, borqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqur xis 
tuyg‘ularga,  xarakatlari  va  nutqi  bir  xil  maromda  bo‘lgan,  ruxiy  holati  tashqi 
tomonda ifoda etiladigan kishi flegmatik deb ataladi. 
Juda g‘ayratli ishga juda extiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez 
va shiddatli, qizg‘in emotsional “portlash” va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga 
moyil, ildam xarakatlar qiladigan kishi xolerik deb ataladi. 
Ta’sirchan,  chuqur  kechinmali,  gap  ko‘tara  olmaydigan,  ammo  atrofdagi 
voqealarga  unchalik  e’tibor  bermaydigan,  o‘zini  to‘xtata  oladigan  harakatlar 
qiladigan  va  sekin  ovoz  chiqaradigan  kishilar  melanxoliklar  deb  ataladi. 
Temperamentning  har  bir  tipiga  psixik  xossalarning  o‘z  nisbati,  avvalo,  har  xil 
darajadagi  faollik  va  emotsionallik,  shuningdek  motorikaning  u  yoki  bu 
xususiyatlari  xosdir.  Dinamik  ko‘rinishlarning  muayyan  strukturasi  temperament 
tipini belgilaydi. 
Sangvinik bolalar juda jonli, tinib tinchimas o‘spirin, bir daqiqa xam jim 
o‘tirmaydi, hamisha aft angorini o‘zgartiradi, qo‘lida uni buni aylantiradi, qo‘lini 
uzatadi, qo‘shnisi bilan gaplashadi. Sakrab-sakrab tez yuradi, nutqning surati ham 
juda tez. Juda ta’sirchang va tez qiziqadi. Darslarda har bir yangi fakt yoki yangi 
vazifaga  qiziqish  bilan  yondashadi.  SHu  bilan  uning  qiziqishlari  juda  ham 
turg‘unva  barqaror  emas:  yangi  ishga  qiziqib  kirishsada  ,  unga  nisbatan  ixlosi 
darrov so‘nadi. Uning yuzlari jonli, harakatchan, ifodalidir. Uning uchun darslarda 
zo‘r  ish  qobiliyatiga  ega  ekanligini  ko‘rsatadi.  Uning  xissiyotlari  va  kayfiyatlari 
juda ham juda ham o‘zgaruvchandir. 
Xolerik  bolalar  do‘stlari  orasida  o‘zini  jo‘shqinligi  bilan  ajralib  turadi. 
Tinglash qobiliyati o‘ta kuchli. Alamidan va g‘azabi qo‘zg‘aganidan osongina jahli 
chiqadi va urishishga otlanadi. O‘qituvchining tushuntirishlarini juda diqqat bilan, 


68
 
 
xech  narsadan  chalg‘imasdan  eshitadi.  Ijtimoiy  topshiriqlarni  bajarishda, 
shuningdek  sport  mashg‘ulotlarida  qiziqish  va  qat’iylik  ko‘rsatadi.  Uning 
qiziqishlari  ancha  doimiy  va  barqaror.  Paydo  bo‘layotgan  qiyinchiliklar  oldida 
o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi, aksincha ularni zo‘r xafsala bilan bartaraf etadi. 
Melonxolik  bolalar  darslarda  xotirjam,  xamisha  bitta  xolatda  o‘tiradi, 
qo‘lida  biron  narsani  aylantirayotgan  bo‘ladi,  kayfiyati  juda  ham  arzimas 
sabablarga  ko‘ra  o‘zgaradi.  U  o‘ta  ketgan  darajada  xissiyotli.  Tuyg‘ularini  ifoda 
etishga  juda  ham  vazmin.  O‘z  qobiliyatlari  va  bilimlari  xaqiqatdan  o‘rtacha 
darajadan  bir  necha  barovor  yuqori  bo‘lgani  xolda  ularni  past  baxolaydi.  Agar 
biron  bir  o‘quv  topshirig‘ini  bajarishda  qiyinchiliklarga  duch  kelsa,  u  o‘zini 
yo‘qotib  qo‘yadi  va  ishni  oxirigacha  etkazmaydi.  Xarakatlari  bo‘shashgan,  sust, 
sekin, biroz cho‘zibroq gapiradi. 
Flegmatik  bolalar  uni  shoshilmasligi  va  xotirjamligidan  farq  qilish 
mumkin. U  materialni qanchalik  yaxshi bilishigi qaramay, savolarga  darhol, jonli 
qilib javob bermaydi. Unga charchamaslik xos: qo‘shimcha aqliy ish bajarishdan 
qochmaydi va qancha shug‘ullanishga to‘g‘ri kelmasin, uning charchaganini ko‘ra 
olmaysiz. U mantiqan keng, uzundan uzoq fikrlarga intiladi: go‘yo uzundan uzoq 
gapning  boshida  boshlangan  fikr  qachon    va  qay  tarzda  tugashini  bilgan  xolda 
so‘zlarin  bir  maromda,  tutilib  qolishdan  qo‘rqmay  bayon  qiladi.  Tashqaridan 
qaraganda u to‘lqinlanmaydi va nima yuz berishidan qattiy nazar xayratlanmaydi.  
Asab  faoliyatlarining  individual  xususiyatlari  asab  jarayonlari-qo‘zg‘alish 
va tormozlanish, o‘ta harakatchanlik, vazminlik.  
Asab  tizimi  yoki  asab  faoliyati  tipi  tushunchalari  asab  tizimining  tug‘ma 
xususiyatlari,  shuningdek,  hayot  davomida  shakllangan  va  mustaxkamlangan 
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Inson tipologik xususiyatlarining shakllanishiga u 
yashayotgan muxit, katta ta’sir ko‘rsatadi.  
Asab  tizimi  4  ta  tipga  ajratiladi.  Kuch  ko‘rsatkichlariga  ko‘ra  asab 
tizimining kuchli, kuchsiz tiplari, harakatchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha inert (kam 
xarakatchan),  xarakatchan  tiplari,  vazminlik  ko‘rsatkichi  bo‘yicha  –  vazmin, 


69
 
 
engiltak tiplari mavjud. Asab tizimi kuchsiz shaxslarida ikkala jarayon- qo‘zg‘alish 
va  tormozlanish  kuchsiz  bo‘ladi.  Bunday  odamlar  muhit  sharoitlariga  juda  qiyin 
moslashadilar, murakkab hayotiy vaziyatlarida ularning ruxiy xayoti oson sinadi va 
nevrotik  bo‘lib  qoladilar.  Bunday  insonni  tarbiyalash  jarayoni  qiyin  kechadi, 
chunki kuchsiz  asab tizimi  organizmda  ro‘y  berishi kerak bo‘lgan  o‘zgarishlarini 
sekin qabul qiladi va o‘zlashtiradi. Asab tizimi kuchlilarni tarbiya qilish oson, ular 
yangi  ko‘nikmalarni  tez  qabul  qiladilar.  Asab  tizimi  kuchli  insonlar  orasida 
harakatchangligi inert (sust) shaxslar ham uchrab turadi. 
Konstitutsiya  –  inson  xususiyatlarining  konstitutsiyasining  mujassamligi 
(Morfologik va funksional alomatlarining bir butunligi) bo‘lib, reaktivlik xarakteri, 
biologik vaqtning individual o‘ziga xosligi bilan aloqadoligi. 
Somatotip  -  inson  fenotipining  tarkibiy  qismi.  SHuning  uchun  ,  boshqa 
alomatlar  kabi,  somatotip  muayyan  atrof-muhit  sharoitlardagi  nasliy  dasturning 
amalga  oshirilishida  shakllanadi.  Demak,  somatotip-  nasliy  va  keyingi  qabul 
qilingan  jixatlar  majmui  (kompleksidir)  va unda shu  ikkala  tarkibiy  qismlar  teng 
xuquqqa  ega.  Nasliylik  ulushining  ta’siri,  egizaklik  tadqiqotlari  ma’lumotlari 
bo‘yicha  qariyib  70%  ni  tashkil  qilsa  ham,  atrof  muxitning  shakllantiruvchi  roli 
anchagina  (B.A.Nikityuk,  29).  Jismoniy  tarbiya  va  sport  faoliyatida  bunga  ko‘p 
misollar  bor.  U  yoki  bu  somototip  namoyon  bo‘lishida  nasliy  ma’lumotlarni 
amalga  oshirilishi  ichki  sekretsiya  bezlarining  ishtrokida  ro‘y  beradi  deb  taxmin 
qilish  mumkin.  Gormonlar  tana  proporsiyasi  shakllanishida  rol  o‘ynaydiki,  ular 
somototip  bilin  juda  yaqindan  bog‘liqlikdadir.  Jinsiy  etuklikdan  oldinga  o‘sish 
sakrashlari  deb  ataluvchi  davr  buning  uchun  ma’sul  xisoblanadi.  Erkaklar  jinsiy 
garmonlarini  ishlab  chiqarishga  yordam  beruvchi  etarli  darajada  kuchli  jismoniy 
yuklamalar  vaqtini  o‘g‘il  bolalarda  ham,  qiz  bolalarda  ham  tana  proporsiyalari 
erkaklar  turi  bo‘yicha  shakllanadi.  Bunday  yuklamalarning  yo‘qligida  tana 
proporsiyalari  ayollar  turi  bo‘yicha  o‘zgaradi.  Ushbu  proporsiya  variantlarining 
farqi  elka  va  tos  kengligini  taqqoslashda  ko‘zga  tashlanadi.  Birinchi  holda  elka 
kengligi, ikkinchi holda- tos kengligi oshadi. 


70
 
 
Konstitutsiyaning    funksional  majmuasi  reaktivlik  va  biologik  vaqt 
individual  xususiyatlar bilan bog‘liqdir. Konstitutsiya deb: yog‘ bilan qoplanish, 
suyaklar  va  muskullar,  tana  proporsiyalari  rivojlanishi,  muayyan  psixodinamik 
tavsiflar xam kiradi. 
Irsiyat  –  ma’lum  muxit  sharoitida  individual  rivojlanishning  maxsus 
tavsifini  belgilaydigan  va  nasldan  naslga  organizmning  bir  xil  belgi  va 
xususiyatlarini o‘tishiga aytiladi. Irsiyat sababli ota  – ona va ularning farzandlari  
bir  xil  biosintez  tipiga  ega,  bu  esa  to‘qimalarda  ximik  tarkibining,  modda 
almashinuvining  fiziologik  zaxarlanishlar,  morfologik  belgilarning  o‘xshashligini 
ta’minlaydi.  Irsiyat  natijasida  o‘zgarishlar  ro‘y  bermaydi  va  avloddan  avlodga 
belgilar bir xilligining o‘tishi ta’minlanadi. 
O‘zgaruvchanlik  –  bu  irsiyatga  qarama  qarshi  xususiyat  bo‘lib,  bunda 
aloxida  avlodida    xos  yangi  belgi  yoki  xususiyat  namoyon  bo‘ladi,  natijada 
farzandlar  ota  –  onasidan  farq  qiladi.  Bu  xodisa  ikki  murakkab  hodisa  tufayli 
yuzaga keladi: irsiy informatsiya va tashqi muhitning konkret sharoitidir. 
   Genesologiya  usulidan  foydalanish  quyidagi  savollarga  javob  berishga 
imkon beradi. 
1.
 
O‘rganiyotgan belgi, irsiymi yoki irsiymas ekanligi. 
2.
 
Irsiylanish tipining qandayligi. 
3.
 
Kelajak avlodning prognozi. 
 Bundan  tashqari  bu  usuldan  odam  populyasiyalaridan  mutatsion 
jarayoninig  jadalligini  o‘rganishda,  tibbiy  –  genetika  maslahatini  o‘tkazishda, 
genlarning birikishida va o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda va ularni kartalashtirishda 
ham foydalanish mumkin. 
   Genesologiya usuli 3 ta bosqichda o‘tkaziladi. 
1. Ma’lumotlar to‘plash; 
2. Avlodlar shajarasini tuzish
3. Avlodlar shajarasini taxlili. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə