|
Andalusiyaning fath etilishiXolmatov Shukurillo Ziyovidin o`g`li часть
1
«
Научный импульс
»
Октябрь
, 2022
543
boshchilik qilib, go'yoki Vestgot fuqarolar urushiga aralashdi. 711-yil 19-iyulda Guadalete
jangida qirol Roderixni qatʼiy magʻlub etgandan soʻng, Tariq ibn Ziyod va s
himoliy Afrika
voliysi Muso ibn Nusayr bilan birga yetti yillik yurish davomida Vesigot qirolligining koʻp
qismini musulmonlar bosib oldi. Pireney yarim orolining katta qismi al-Andalus nomi ostida
kengayib borayotgan Umaviylar imperiyasining bir qismiga aylandi. Al-Andalus Ifriqiyaga
bo'ysunuvchi viloyat sifatida tashkil etilgan, shuning uchun dastlabki bir necha o'n
yilliklarda al-Andalus hukmdorlari Damashqdagi xalifa tomonidan emas, balki Qayruan
amiri tomonidan tayinlangan. Viloyat poytaxti Kordovada joylashgan.
Dastlabki istilo paytida Toriq boshchiligidagi kichik qo'shin asosan berberlardan iborat
bo'lsa, Musoning 12 000 dan ortiq askardan iborat arab qo'shinlariga bir guruh Mavlaviylar
, ya'ni arab bo'lmagan musulmonlar hamrohlik qilgan. Toriqga hamroh bo'lgan berber
askarlari yarim orolning markazida va shimolida, shuningdek Pireneyda garnizonlarga ega
edi.
46
Shunday qilib Arab xalifaligi Ispaniyaning katta qismini fath etishga muvaffaq bo`ldi.
Bu haqda “Musavvar tarixi Islom” asarida quyidagi maʼlumotlar bor: “Andalus qitʼasi
Umaviylar davrida, Abdumalik zamonida fath etilgan edi. Va shul kundan buyon Umaviya
davlatining bir viloyati abbosiylardan Abdulloh Saffohga magʻlub boʻlgach, hukumat
umaviylar qoʻlidan chiqib, abbosiylar qoʻliga oʻtdi... Abb
osiylarning Umaviylarga qilgan
zulmlaridan achchiqlanib, Andalus musulmonlari Abbosiya davlatini tan olmay qoʻydi.
Oʻzlariga mustaqil bir hukumat tuzishga qaror berdilar”
47
Bu mustaqil davlat 750 yili qaror topib, «Qurtuba saltanati» nomi bilan mashhur
bo‘ldi. Unda o‘n to‘rt rahbar hukmronlik qildi.
Andalus hukmdorlari ham ilm-
fanga homiylik qilgan, o‘zlari diniy va dunyoviy
ilmlardan xabardor edi. Ularning saroylari ilm ahli bilan doimo gavjum, muntazam ilmiy
majlislar, munozaralar o‘tkazilar edi. Bu
davralarda hukmdor va amaldorlarning farzandlari
ham ishtirok etardi.
Andalusning birinchi hukmdori Abdurrahmon (756-788 yillar) dastlab ichki nizolarni
bartaraf etib, Frantsiya qiroli Pipin va boshqa tashqi dushmanlar hujumini qaytardi. Tinchlik
qaror topgach,
mamlakatni isloh qilishga kirishdi. Oldin uni oltita viloyatga bo‘lib, ularni
muntazam yo‘llar bilan poytaxt Qurtuba shahriga bog‘ladi. Kanallar, suv yo‘llari qazdirdi.
Yurt obod bo‘ldi. Qurtuba va boshqa shaharlarda katta
-katta madrasa va masjidlar,
kasal
xonalar qurildi. Abdurrahmon Andalusni dushmanlardan himoya qilish uchun qal’a va
istehkomlar barpo ettirdi. Yurt mudofaasi va tijorat uchun kemalar yasatdi.
Hishom ibn Abdurrahmon ham otasi kabi mamlakatni isloh qilish va rivojlantirish
yo‘lidan bor
di. Il
m va maorif rivoji uchun ko‘p ishlar qildi. Bu hududda boshqa millat va
xalqlar ham bemalol yashar edi.
Andalusning to‘rtinchi hukmdori Abdurrahmon Ikkinchi ibn Hishom (821
-850 yillar)
g‘oyat ilmli odam bo‘lib, saroyi har vaqt olim va ulamolar bilan to‘la
edi. Har kuni ilmiy
46
Roger Collins. Caliphs and Kings: Spain, 796-1031 (
англ
.).
—
John Wiley & Sons, 2012.
—
P. 8
—
9.
47
Saloh Kamol“Musavvar tarixi Islom”
Международный
научный
журнал
№
3
(100),
Dostları ilə paylaş: |
|
|