Анатом- меш


Ona qornidagi hayot davrida



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

 Ona qornidagi hayot davrida 
suyaklar tog'ay to'qimasidan hosil bo'ladi. Tog'ay to'qimasining suyak 
to'qimasiga aylanishi asta-sekin, 7-8 haftaligidan boshlanadi. Tug'ilish vaqtiga 
kelib suyaklarda hali tog'ay qismlar ko'p bo'ladi. Uzun naysimon suyaklarning 
uchi uzoq vaqtgacha tog'ayligicha qoladi va ko'pgina suyaklarda 
suyaklanishning ayrim markazlari o'rtasida tog'aydan iborat qismlar bo'ladi. 
Ichki sekresiya bezlari funksiyasi pasayganda, vitaminlar va ayniqsa D vitamin 
yetishmaganda suyaklanish kechiqadi va qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari 
qobig'ining funksiyasi oshganda tezlashadi. 
Yangi tug'ilgan bolaning naysimon suyaklarida qon tomirlarga boy 
qizil ko'mik bo'lib, unda qon hosil bo'ladi. Olti oylikdan boshlab yog' 


20
to'qimasiga aylana boshlaydi. 12-13 yoshlarga kelib bu almashinish deyarli 
tugallanadi. 
Yangi tug'ilgan bolaning bo'yi o'rtacha 50 sm bo'ladi. Bir yoshgacha u 
har oyda 2 sm dan o'sib boradi. Birinchi yil oxiriga kelib bo'yi 74-75 sm gacha 
yetadi. Undan keyin har yili uning o'sishi 5-7 sm ni tashkil qiladi. Bolalikning 
ayrim davrlarida bo'yga o'sish tezlashadi. Suyaklarning o'sishi murakkab 
jarayon bo'lib, bunda suyak moddalarini sintezlovchi hujayralar (osteoblastlar) 
va yemiruvchi hujayralar (osteoklastlar) baravariga ishtirok etadi. Bolalar 
suyagida osteoblastlar ko'p bo'lib, ular o'sishning tezlashishini ta'minlaydi. 
Jismoniy mashqlar va mehnat suyaklarning rivojlanishiga katta ta'sir 
ko'rsatadi. 
Suyak shakllari: 
suyaklar 4 xil shaklda bo`ladi.
Naysimon suyaklar. Bular o`z navbatida ikki xil bo`ladi. Uzun naysimon 
suyaklar ularga elka, bilak, son, boldir suyaklari kiradi. Kaltanaysimon suyaklarga 
esa qo`l va oyoqlarning kaft va barmoq suyaklari kiradi.
G`ovak suyaklar. Bular ham ikki xil uzun g`ovaksimon suyaklar bularga 
qovurg`a, to`sh, o`mrov suyaklari, kalta g`ovak suyaklarga esa umurtqa, qo`l va 
oyoqlarning kaft, kaft usti suyaklari kiradi.
Yassi suyaklar. Bu suyaklarga bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va 
chanoq suyaklari kiradi.
G`albirsimon suyaklar. Yuqori jag`, peshona, bosh suyagining pastki asos 
qismidagi ponasimon va g`albirsimon suyaklar kiradi.
Suyaklarning birikishi

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə