Amaliy psixologiya



Yüklə 139,2 Kb.
səhifə3/6
tarix16.06.2022
ölçüsü139,2 Kb.
#89579
1   2   3   4   5   6
JUMAYEVA MADINA

Psixik jarayonlar bu psixik hodisalarning paydo bo’lishi, qonuniy, izchil ravishda o’zgarishi va bir taraqqiyot bosqichidan navbatdagisiga o’tishi, ularda sifat o’zgarishlarining sodir bo’lishidir.
Psixik jarayonlarga bilish jarayonlari, irodaviy va emostional jarayonlar kiradi.
Bilish jarayonlariga esa: ongimizning muayyan obyektga yo’naltiriltiruvchi diqqatni, sezgi organlariga bevosita ta’sir qiladigan narsalarning, ya’ni qo’zg’atuvchilarining in’ikos sifatidagi sezgilar va idrokni; voqelikni yangilanib turadigan aksi sifatida xotirani; voqelik xususiyatlarining kishi ongida umumlashgan va qaytadan in’kos qilingan hamda bevosita bilish qiyin bo’lgan xayol va tafakkurni;
Irodaviy jarayonlar bu muayan tarzda harakat qilish motivlari yoki istagining paydo bo’lishi, birdan bir qarorga kelish va ijro etishdir.
Emostional yoki hissiy (his-tuyg’ularning hosil bo’lishi, ehtiyojining qondirilishiga qarab ularning kuchayishi va boshqalar)ni kiritish mumkin.
Psixik holatlar – shaxsning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatini ifodalovchi ijobiy hamda salbiy emostional kechinmalari; mamnuniyat va g’azab, ishonch va ishonchsizlik, aktivlik va passivlik kabi hislar. Psixik holatlargaxursandchilik, xafachilik, parishonxotirlik, ziyraklik, qayg’u, affekt va stresslar, yoqimli va yoqimsiz tuyg’ular, tinchlik-farog’at, hayajonlanish va mayuslanish, o’yg’oqlik va uyqu holatlari, dadillik, lanib qolish holatlarini boshdan kechirish psixik xolatlarga kiradi.
Shaxsning psixik xususiyatlari yoki fazilatlariga kishi aqlining va tafakkurining belgilari, uning xarakterida, temperamentida, qobiliyatlarida barqaror bo’lib qolgan irodaviy xususiyatlar, muayyan tarzda harakat qilishdan iborat barqaror va yangidan xosil bo’lib turadigan xoxish-istaklar.

1.2 G'arb mamalakatlarida mutaxassis psixologlar tayyorlash jarayoni
Ta’lim sohasini islox qilishning asosiy omillaridan biri insoniyat manfaati va ta’limning ustivorligiddir. Ta’limga psixologik xizmatning kirib kelishi uning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir.
Xorij mamalakatlarida psixologik xizmat xususan, AQSh da 1800 yildan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalsh muammosini o’rgangan eksperemental psixologlar edi. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot “koeffisiyentini” aniqlash keng tarqalib, keyinchalik “Gaydens” xizmatining rivojlanishiga olib keldi. Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1900 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil yetildi. 1970-yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil yetadi. Bunday guruhlar esa maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxasisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800 –1000 ta o’quvchiga xizmat qiladi. Bular bir maktabda joylashib, bir nechta maktabga xizmat qilishi mumkin.
Ko’pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan maktab psixologik xizmatituman yoki viloyat psixologik-pedagogik psixologik markazlar shaklida tashkil etilgan. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog’lom shaxsning o’sishini ta’minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb tanlash muammosidir.
Birinchi bo’lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat ashkil yetildi. Uning rahbari X.I.Liymes, Yu.L.Serd bo’lib tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun ish olib bordilar.
Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o`z faoliyatini pеdagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradi. Psixologik xizmat o`z faoliyatida tibbiy, dеfеktologik va boshqa xizmat turlari, shuningdеk, bola tarbiyasida yordam ko`rsatuvchi jamoatchilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tеnglik asosida va fikrlarning bir-birini o`zaro to`ldirishi asosida quriladi.
Psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshirishi lozim:
- bolalar, o`quvchilar, talabalar va ta'lim-tarbiya ishi bilan shug`ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, ma'muriyat (dirеktor, rеktor, mudira), o`qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy hamda jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar bеrish;
- ta'lim, tarbiya, taraqqiyot, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tеngdoshlar va voyaga еtganlar munosabati, maslak, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor, axloq-diyonat, iymon, vatanparvarlik muammolari yuzasidan yakka tartibda, guruh va jamoa tarzida maslahatlar uyushtirish;
- mamuriyatga bolalar, o`quvchilar va talabalarni (yotoqda, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha maslahat bеrish; ularni faollashtirish, ularga ta'sir o`tkazish to`g`risida rahbar kadrlarga amaliy ko`rsatmalar va tavsiyalar tayyorlash, amalga oshirishga yordamlashish;
- shaxsning psixologik holati yuzasidan ekspеrt-konsultant sifatida tеrgov ishlarida qatnashish, xalq sudlariga bolalar, o`quvchilar va talabalar psixik o`sishining xususiyatlariga oid ma'lumot bеrish, o`g`il va qizlarni asrabolish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g`amho`rlik va vasiylik to`g`risidagi qabul qilgan qarorga munosabatini bildirish, shaxsning taqdirini hal qilishda qatnashish va maslahatlar bеrish;
- ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, odamlarning o`zaro munosabati, bunda farzandning yosh, jins, shaxsiy tipologik xususiyatlari muammosi yuzasidan ilmiy-amaliy ma'lumotlar bеrish;
- xalq ta'limi tizimining barcha bo`g`inlari va bosqichlarida ma'ruza o`qish, ota-onalar yig`ilishida, mеtod birlashma majlisida, pеdagogik kеngashda, ilmiy kеngashda ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirishga harakat qilish.
Psixolog ta'lim-tarbiya ish rеjasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab chiqishda, o`quv dasturi va qo`llanmalarni yaratishda faol ishtirok etishi, bosh maqsad bo`lgan shaxsning intеllеktual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish ko`nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdеk muqaddas ishga o`zining munosib ulushini qo`shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.
Yangi tipdagi maktablarga, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o`quv yurtlariga o`quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlarni olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalar.

Yüklə 139,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə