Amaliy matematika


YAIMni xarajatlar bo`yicha xisoblash



Yüklə 114 Kb.
səhifə4/13
tarix11.10.2023
ölçüsü114 Kb.
#126707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
asosiy makroiktisodiy korsatkichlar

4. YAIMni xarajatlar bo`yicha xisoblash.

Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb xam yuritilib, unda YAMMni xisoblash uchun yakuniy maxsulotlarni sotib olishga kilingan barcha xarajatlar o`zaro ko`shib chikiladi. Bu xarajatlar kuyidagicha guruxlanadi:


Uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari (S):
a) uzok muddat foydalaniladigan iste`mol buyumlari sotib olishga;
b) kundalik foydalaniladigan iste`mol buyumlari sotib olishga;
v) iste`mol xizmatlari to`loviga.
YAlpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b) korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini kurishga sarflangan;
v) tovar zaxiralari o`rtasidagi farklar yoki zaxiralarning o`zgarishi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu gurux xarajatlariga maxalliy va markaziy boshkaruv xokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard maxsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil’ yo`llari va pochta muassasalari kurilishi, davlat korxonalarida to`lanadigan ish xaki) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o`rinda ta`kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to`lovlari kiritilmaydi.
Sof eksport (Xp): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo`yicha xarajatlar o`rtasidagi fark.
YAMMni xarajatlar orkali xisoblash formulasini kuyidagicha tasvirlash mumkin:


YAIM = S + I + G + Xp
O`zbekiston Respublikasida yaratilgan YAIMning foydalanish (xarajatlarga ko`ra) tarkibi taxlili (2-jadval) shuni ko`rsatadiki uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari YAIM tarkibidagi eng salmokli komponent ekan. Bu ko`rsatkichning YAIMdagi ulushiga ko`ra O`zbekiston Rossiya Federatsiyasi, YAponiya va Frantsiya davlatlariga yakin turadi. YAlpi jamgarish, yoki yalpi investitsiyalar ulushi kattaligi bo`yicha ikkinchi komponent bo`lib 2004 yilda YAIMning 23,9 %ini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 22,1 %ni, zaxiralarning o`zgarishi 1,8 %ni tashkil etgan. Takkoslov uchun maklumotlar keltiradigan bo`lsak[2002 yil yakunlariga ko`ra yalpi investitsiyalarning YAIMdagi ulushi Rossiya Federatsiyasida 21%ni, YAponiyada 17 foizni,Frantsiyada 24%ni, Xitoy Xalk Respublikasida esa 40 foizni tashkil etgan.
3-jadval.

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə