Amaliy matematika


YAIMni ishlab chikarish usulida aniklash



Yüklə 114 Kb.
səhifə3/13
tarix11.10.2023
ölçüsü114 Kb.
#126707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
asosiy makroiktisodiy korsatkichlar

3. YAIMni ishlab chikarish usulida aniklash.

Ishlab chikarish usulida xisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chikarishning turli boskichlarida ko`shilgan kiymatlar yigindisi sifatida aniklanadi. YAIMni bu usulda aniklash statistik jixatdan kulay bo`lishi bilan birga uni xisoblashning muxim shartiga amal kilish, ya`ni bir kiymatni ikki bor xisobga olish, yoki oralik maxsulot kiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi.


Ishlab chikarish xajmini to`gri xisoblash uchun joriy yilda ishlab chikarilgan tovar va ko`rsatilgan xizmatlar kiymati bir marta xisobga olinish kerak. Ko`pgina maxsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chikarish boskichini o`taydi. SHu sababli YAMMda ayrim maxsulotlarni ikki va undan ko`p marta xisobga olmaslik uchun, fakat pirovard maxsulotning bozor kiymati xisobga olinadi, oralik maxsulotlar esa xisobga olinmaydi.
YAkuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chikarish, yoki ichki ayirboshlash tsiklidan chikkan, yakuniy iste`mol, jamgarish yoki eksport uchun foydalaniladigan kismi tushuniladi.
YAkuniy tovarlar va xizmrtlarni ishlab chikarishda sarflangan oralik tovarlar va xizmatlar baxosi YAIMga ko`shilmaydi..
Ko`shilgan kiymat tovar va xizmatlarning sotish baxosi bilan ularni ishlab chikarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga kilingan xarajatlar o`rtasidagi fark ko`rinishida aniklanadi.
2-jadval.
O`zbekiston Respublikasida YAIM dinamikasi va ishlab chikarish tarkibi






YAIMning ishlab chikarish tarkibi,%

Davr-lar

Mos davrlarda joriy baxolarda, mlrd.so`m

O`tgan yilning mos davriga nisbatan % (takkoslama baxolarda)

Sano-at

Kishlok
xo`ja-
ligi

Kuri-lish

Xizmat ko`rsa-tish soxasi

Sof soliklar

2000

3255,6

103,8

14,2

30,1

6,0

37,2

12,5

2001

4925,3

104,2

14,2

30,2

5,8

28,2

11,9

2002

7450,2

104,2

14,5

30,1

4,9

37,9

12,6

2003

9837,8

104,4

15,8

28,6

4,5

37,4

13,7

2004

12189,5

107,7

17,1

26,8

4,5

37,6

14,0

Manba: «O`zbekiston iktisodiyoti» Taxliliy sharx. O`zbekiston Respublikasi iktisodiyot vazirligining SISM nashri,«№ 8,mart 2005,17- bet

Ishlab chikarish usulida aniklangan YAIM ko`rsatkichinig strukturasini va undagi siljishlarni taxlil kilish juda muxim xulosalar beradi. Aloxida tarmoklarning mamlakat iktisodiyotida yaratilgan yalpi ko`shilgan kiymatdagi ulushi, bu ulushning o`zgarishi bu mamlakatning iktisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istikboliga baxo berish imkonini beradi.


2-jadval ma`lumotlariga tayangan xolda O`zbekiston Respublikasida ishlab chikarilgan YAIMning tarmok tuzilishini ko`rib chikamiz (2-jadval).
Avvalam bor respublikamizda barkaror iktisodiy o`sish tendentsiyasiga erishilganligi va 2004 yilda real o`sish sur`ati 107,7 foizni, YAIMning nominal xajmi esa 12189,5 mlrd. so`mni tashkil etganini kayd etish zarur.
2004 yilda YAIMning 17,1 foizi sanoat tarmoklarida, 26,8 foizi kishlok xo`jaligida, 4,5 foizi kurilish soxasida va 37,6 foizi xizmat ko`rsatish soxasida yaratildi. Iktisodiyot rivojlanishi, real sektorda ishlab chikarish samaradrligi oshib borishi bilan sanoat va ayniksa xizmat ko`rsatish soxalarining YAIMdagi ulushi ortib borilishi jaxon iktisodiy tarixida kuzatilgan xodisadir. O`zbekiston Respublikasida 2002-2004 yillarda sanoat tarmoklarining YAIM dagi ulushi ortib borayotganligi progressiv tarkibiy siljishdan dalolat beradi. Ko`shilgan kiymatlar yigindisi ko`rinishida xisoblangan YAIM tarkibiga sof bilvosita soliklar, ya`ni davlat byudjetiga tushgan ko`shilgan kiymat soligi, aktsiz soligi va bojxona boji to`lovlari bilvosita soliklar bilan davlat byudjetidan ishlab chikaruvchilarga berilgan subsidiyalar o`rtasidagi fark xam ko`shiladi.
Sof soliklarning YAIMdagi ulushi 2004 yilda O`zbekiston Respublikasida 14 foizni tashkil etdi.



Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə