Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u
to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi.
Siklli harakat iqtisodiy
o‘zgarishning
muhim omili
, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib,
milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning
rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning iqtisodiy taraqqiyot
jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha
keskin
farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‘rganish, ulardan hech biri uzoq
muddatda
bir tekis rivojlanmaganligi
, aksincha, barcha
mamlakatlar uchun davriy
rivojlanish xos ekanligini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy
davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish davrining
davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir
xil bosqichlardan tashkil topadi (1-chizma).
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo‘lsa-da,
ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro farq qilib turadi. Shuning
uchun
ham iqtisodchilar
, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy
tebranishlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi, deb hiso
Dostları ilə paylaş: