Alohida extiyojli bolalar bilan ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish bo‘yicha pedagoglarga tavsiyalar



Yüklə 80,94 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü80,94 Kb.
#161912
  1   2   3
ALOHIDA EXTIYOJLI BOLALAR BILAN TA





ALOHIDA EXTIYOJLI BOLALAR BILAN TA’LIM-TARBIYAVIY JARAYONNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA PEDAGOGLARGA TAVSIYALAR

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat talablarini va “Ilk qadam” davlat dasturini o‘zlashtirgan alohida extiyojli boladagi kamchiliklarni korreksiya qilish ishlari yoki ularning har bir toifasining rivojlanish xususiyatlarini o‘ziga xos ta’lim extiyojlarini xisobga olish kerak.


Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagoglar guruhlarda quyidagilarga e’tibor berishlari kerak:
Zaif ko‘ruvchi bola:

  • MTT binosidagi guruhlardan boshqa xonalarga o‘tish yo‘lida qanday belgilar borligi bo‘yicha bolalarga ko‘rsatma berish;

  • ko‘zida nuqsoni bo‘lgan bolani yaxshi ko‘rishi uchun ob’ektga yaqinroq o‘tkazish ke­rak yoki individual ko‘rinishdagi ko‘rgazmadan foydalanish (bolaning ko‘liga predmet yoki rasmning nusxasini bering);

  • tushunchaning barqarorligi uchun ob’ekt tavsifini uning faol mazmuni bilan birlashtirish zarur, buning uchun boladan o‘ni ko‘rish, tekkazish, eshitish va boshqa analizatorlar yordamida o‘rganish talab kilinishi keraq

  • materialni bola uni ko‘ra olishi uchun vertikal xolatda (doska, molbert yoki maxsus stendda) joylashtirgan ma’kul;

Zaif eshituvchi bola:

  • zaif eshituvchi bolaning oldida birdaniga paydo bo‘lish nokulaylik kelti- radi. Siz uni qattiq ko‘rqitib yuborishingiz mumkin. Uni yoniga sekin-asta yakinlashishga xarakat qiling,yakinlashayotganda suz yoki tovushlar chiqaring;

ular bilan eshitish mumkin bo‘lgan masofada bo‘ling, unga karatilgan so‘zlarni aniq va ravon gapirishga xarakat qiling. Bola xar doim gapirayotganning yuziga qarayoshi va lablarining xarakatlariga rioya qilishi keraq

  • pedagogning asosiy vazifasi: hamma narsani qo‘logiga bir marta emas, balki kamida o‘n marta aytish (o‘ng-chapga o‘zgartirib), lablar kanday harakatlanishini bo‘lib-bo‘lib ko‘rsatish lozim.

Ruhiy rivojlanishida orqada qolgan bola (RROKB):

  • aniq, qisqa ko‘rsatmalar berish. Masalan, intellekti me’yorda bo‘lgan bolaga “Aziz, koptokni ol, stolga qo‘y, o‘z joyingga qayt” ko‘rsatmasini berishingiz mumkin, RROKDga ushbu ko‘rsatma bosqichma-bosqich beriladi. “Umar, to‘pni ol (bola harakat qiladi),

1

  • uni stolga qo‘y (ko‘rsatmani bajarish), joyingga qaytib bor (bola ko‘rsatmalarni bajaradi, ammo bosqichma-bosqich)”-,

  • bolaga ortiqcha talablar qo‘ymaslik kerak. Imkonsiz vazifa berilganda bola uni bajarolmaydi, asabiylasha boshlaydi, ular o‘z kuchiga ishonishni yo‘qotadi va bu boshqa muammolarga olib keladi;

  • o‘quv mashg‘uloti va dam olishni almashtirib turish lozim. Kun davomida vazifalar bir tekisda taqsimlanishi kerak.

Diqqati buzilgan va giperfaol sindromli bolalar (DBGSB):

  • bolaga ma’lum bir muddat davomida u tugatib olishi kerak bo‘ladigan bitta vazifa bering;

  • vazifalarni birinchi o‘ringa ko‘yishga o‘rgating: avval nima qilish kerak keyin nima kilish kerak va buning uchun nima kerak. Shu bilan birga harakat davo­mida vaziyat o‘zgarishlariga moslashishni o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega;

  • ayniqsa, diqqatni jamlashni talab qiladigan faoliyat uchun bolani rag‘batlantirish kerak (konstruktor bilan ishlash, bo‘yash, o‘qish);

  • agar bola chizishni xohlasa, pedagog stolidan barcha keraksiz narsalarni olib tashlashi kerak ushbu vaziyatda giperfaol bola unga to‘sqinlik qiladigan pred- metlarni qanday qilib olib tashlashni bilmaydi;

  • pedagog ota-onalar bilan suhbatlashib, giperfaol bolani rag‘batlantirishning yagona tizimini yaratishi mumkin. Bolaga ko‘yiladigan talablar o‘ziga xos, aniq va bemalol bo‘lishi kerak.

Autizmga chalingan bola:

  • pedagog bola qiziqishlaridan kelib chiqib harakat qilishi, uning atrofida yaxshilik muhitini hosil kilishi lozim, bolaga yordam kerak bo‘lgunga kadar bunday vaziyatni yaratish kerak

  • bola bilan o‘zaro aloqada bo‘lganda, uning haqiqiy hissiy yoshini etarlicha baxolash kerak. Shuni esda tutish kerakki, u yoqimli taassurotlar bilan ham osongina oziqlanadi;

  • ish davomida sxemali kartochkalardan foydalangan yaxshi, masalan, bola foydalanadigan kiyim shkafga siz kiyim tasvirini elimlashingiz mumkin.




Yüklə 80,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə