Alkenla r to'yingan uglevodorodlardan ikki vodorod atomiga kam bo’lgan, shuning hisobiga uglerod atomlari o’rtasida bitta π-bog' (qo'shbog')



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə4/5
tarix26.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#113106
1   2   3   4   5
04. alkenlar shaxsiy 2017


b) Suvning birikishi. Sulfat, fosfat kislotalar va ZnCl2 va boshqa katalizatorlar ishtiorokida suv bilan birikib spirtlar hosil qiladi.
CH3–CH=CH2 + H2O → CH3–CHOH–CH3
Suvning birikishi bilan boradigan reaksiyalar
gidratlanish reaksiyalari deyiladi.
b) Galogenlarning birikishi.
Reaksiyaning tezligi olefinning tuzilishiga va galogenning turiga bog’liq. Qo’shbog’ tutgan uglerod atomida o’rinbosarlar soni qanchalik ko’p bo’lsa birikish shuncha osonlashadi.
Galogenlarning birikish aktivligi esa quyidagicha ortib boradi:
J → Br → Cl → F
Masalan ftor alkenlarga juda tez, ba’zan alangalanib birikadi. Yod esa boshqa galogenlarga nisbatan sekinroq birikadi.
Alkenlar bromli suvni rangsizlantiradi:
CH3–CH=CH2 + Br2 → CH3–CHBr–CH2Br
Bu reaksiya alkenlar va barcha qo’shbog’ tutuvchi birikmalar uchun sifat reaksiyasi hisoblanadi.
d) Galoidovodorodlarning birikishi. V. V. Markovnikov (1869) qoidasiga asosan boradi. Bu qoidaga binoan galoidovodorodning vodorod atomi vodorod atomi ko'p bo'lgan uglerod atomiga, galoid atomi esa vodorod atomi kam bo'lgan uglerod atomiga birikadi:
3. Oksidlanish reaksiyalari. Alkenlar kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar (KMnO4, K2Cr2O7, K2CrO4, HNO3, H2SO4) bilan oksidlansa, qo'shbog' tutgan joydan parchalanib keton va kislotalar hosil qiladi. Qo’shbog’ning joyiga qarab mahsulotlar uch xil yo’nalishda hosil bo’ladi:
a) Agar qo’shbog’ tutgan uglerod atomi tarmoqlanmagan bo’lsa ikki xil kislota hosil qiladi.
b) Agar qo’shbog’ tutgan ikkita uglerod atomidan bittasi tarmoqlangan bo’lsa keton va kislota hosil qiladi.
c) Agar qo’shbog’ tutgan ikkala uglerod atomi ham tarmoqlangan bo’lsa ikki molekula keton hosil qiladi.
Bu reaksiyaga asoslanib, molekulada qo'shbog'ning qaysi ug­lerod atomlari orasida joylashganligi aniqlanadi.
4. Rus olimi E. E. Vagner etilen uglevodorodlarini kaliy permanganatning suvli eritmasida ohistalik bilan oksidlab, ikki atomli spirt — glikollar hosil qiladi: Vagner reaksiyasi:
5. Alkenlar kumush tuzlari katalizatorligi ishtirokida havo kislorodi bilan oksidlanib, organik oksid – epoksidlarni hosil qiladi.
6. Qo’shbog’ hisobiga ozonlanish reaksiyasiga kirishadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə