Akt sohasidagi qonun hujjatlari


KOMPYUTERLASHTIRISHNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA



Yüklə 21,91 Kb.
səhifə2/3
tarix10.11.2023
ölçüsü21,91 Kb.
#132698
1   2   3
New Документ Microsoft Word (2)

KOMPYUTERLASHTIRISHNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat
hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter
texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda
ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini
yanada to‘liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot
resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish
maqsadida:
1. Quyidagilar kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi eng
muhim vazifalari deb hisoblansin:
zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma’lumotlar axborot bazalarini yaratish,
axborot resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning
elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o‘tish;
real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida
kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining
zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‘lishlari uchun shart-
sharoitlar yaratish;
maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarining
ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda
ularni faol qo‘llanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini kiritish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy
vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va
mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va
telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash uchun yuqori malakali
mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;
axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergensiyasini nazarda
tutgan holda mamlakatning barcha hududida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini, shu jumladan ko‘chma aloqa, IP
texnologiyalari, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish vositalarini
jadal rivojlantirish;
milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g‘oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy
etish, aholi punktlari, shu jumladan qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini
ta’minlash;
sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni
rag‘batlantirishning samarali mexanizmini yaratish;
mahalliy kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish hamda
ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish.
2. Ilovaga muvofiq tarkibda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Muvofiqlashtiruvchi Kengash kompyuterlashtirish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida yuqori
muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
3. Muvofiqlashtiruvchi Kengash zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish
yuklansin:
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirishning zamonaviy xalqaro tendensiyalarga va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish strategiyasiga mos keluvchi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy omillarni vujudga keltirish
yuzasidan Hukumatga takliflar kiritish;
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
sohasiga oid dasturlar, loyihalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda
ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlash va
qayta tayyorlash, jumladan mutaxassislarni chet ellarda o‘qitish borasidagi ishlarni
muvofiqlashtirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobat muhitini
shakllantirishga ko‘maklashish, innovatsiya biznesini, shu jumladan mahalliy dasturiy
vositalar va kompyuter texnikasini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni qo‘llab-
quvvatlash, iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini kompyuterlashtirish uchun
shart-sharoitlar yaratish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining infratuzilmasini
rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalar, homiylik mablag‘lari va grantlarni jalb etishga,
ta’lim muassasalarining axborot tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga
ko‘maklashish.
4. Muvofiqlashtiruvchi Kengash 2002-yilning 1-oktabriga qadar:
2003—2010-yillarda telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish milliy tarmog‘ini
rivojlantirish dasturini;
2003—2010-yillarda davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish
dasturini;
2010-yilgacha bo‘lgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish dasturini ishlab
chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

Yüklə 21,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə