Akmeologik tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy-
uslubiy yo‘naltirilganligi
Akmeologiya, ilmiy bilimning har qanday boshqa sohasi
kabi nafaqat uning kategorial-metodologik fan sifatida
izohlovchi umumilmiy prinsiplarga ega, balki uni
predmetga oid-uslubiy bilimning o„ziga xos sohasi sifatida
ifodalovchi muayyan fanga oid xususiyatlariga ham ega.
Akmeologiya shakllanib kelayotgan ilmiy fan bo„lganligi
sababli uning predmetga oid-uslubiy xususiyati va
kategorial-uslubiy doirasini aniqlash, hal etilishiga ma‟lum
darajada muayyan akmeologik tadqiqotlarni kelgusidagi
rivojlanish yo„llari bog„liq bo„lgan alohida
loyihalashtiriluvchi vazifani aks ettiradi.
Akmeologiyaning jamiyatshunoslik bilan bog‘liqligi
Akmeologiyaning zamonaviy jamiyatshunoslik fanlari –
amaliy, ijtimoiy fanlar kabi fundamental, falsafiy fanlar
bilan aloqlari nimada namoyon bo„ladi? Aloqalar,
jumladan, falsafa bilan aloqasi ikkita asosiy yo„nalish
bo„ylab amalga oshiriladi: dunyoqarashga oid va
metodologik. Oxirgi holatda falsafa akmeologiyani, bir
tomondan, inson haqidagi yondash fanlar bilimlarini
o„zlashtiruvchi va rivojlantiruvchi, boshqa tomondan esa
uning kasbiy-ijodiy mahoratining shakllanishi haqidagi
o„ziga xos tasavvurlarni ajratib ko„rsatuvchi va ishlab
chiquvchi kompleks fan sifatida qurish vositasini belgilab
beradi.
Akmeologiyaning insonni anglash tizimi bilan o‘zaro
munosabati
Akmeologiyaning jamiyatshunoslik bilan o„zaro
aloqasidan farqli ravishda, uning inson haqidagi fanlar
bilan o„zaro munosabatini ifodalovchi asosiy toifasi ijod
demakdir. Aynan shu toifa akmeologiya uchun asosiy
hisoblangan hamda akmeologiyaning inson haqidagi
yondash fanlar bilan o„zaro munosabatida ochib berilgan
mahorat, rivojlanish, iqtidor, qobiliyat, kreativlik,
takomillashtirish, evristika, refleksika, tafakkur, shaxs,
individuallik va qator boshqa tushunchalarni belgilab
beradi.
Akmeologik yondashuv bazaviy jihatlari sifatida yoshga,
ta‟limga, kasbga oid xususiyatlar ajratib ko„rsatiladi. Ular
bioijtimoiylikning dastlabki asosi sifatida sub‟ektning o„z
kasbiy mahoratini oshirishga yo„naltirilgan faolligini
namoyon qilish uchun ob‟ektiv maydonni belgilab
beradilar. Ushbu faollikda akmeologik imkoniyatlarni
amalga oshirishning sub‟ektiv maydonining quyidagi kelib
chiqqan (bazaviy jihatlarga nisbatan) akmeologik jihatlari
ajratib ko„rsatiladi: kreativ, ekzistensial, kultural
(madaniy). Akmeologik jihatlarning asosiylari kabi,
ulardan kelib chiqqan barcha toifalariga oid tizimning
o„zaro ta‟siriga nisbatan tizim hosil qiluvchi omil sifatida
mahorat refleksivligi namoyon bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |