Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
islom huquqi

2) ta’lim markazlari sonining ko‘payishi. 
Shimoliy Afrika va 
Ispaniya davlatlari (Ummaviy shahzodalardan biri Abdurahmon ibn 
Muoviya mo‘jiza tufayli Abbosiylar qo‘lida o‘lim topishdan qutulib qolib
Ispaniyaga qochib borib, 756-yilda Kordovoda Ummaviylar qirolligiga 
asos solgan) Abbosiylar imperiyasidan ajralsa-da, Abbosiylar davlatining 
chegaralari kengayib, Eron, Hindiston, Movarounnahrni o‘z tarkibiga 
kiritgan, uning poytaxti esa Bag‘dodga ko‘chirilgan. Ta’lim markazlari va 
mazhablarining ham soni ortgan. 
Turli markazlardan olim-sahobalar va tobeinlar o‘z bilimlarini 
musulmon davlatining boshqa qismlaridagi zamondoshlari chiqargan 
xulosalar bilan boyitish maqsadida bir hududdan boshqasiga qatnay 
boshlagan. Bunga misol sifatida Abu Hanifaning mashhur shogirdlaridan 
Muhammad ibn Hasan Molikiy mazhabining asoschisi imom Molikdan 
saboq o‘rganish, uning «Al-Muvatto» nomli hadislar kitobini yod olish 
uchun Iroqdan Madinaga qilgan sayohatini keltirish mumkin. Imom 
Shofi’iy (Shofi’iy mazhabining asoschisi) hamda imom Molikdan tahsil 
olish maqsadida Hijozga, keyin Muhammad ibn Hasandan saboq olish 
uchun esa Iroqqa va nihoyat Misrga borgan. Bu jahongashtaliklar, 
birinchi navbatda, ulamolar o‘rtasida paydo bo‘lgan asosiy farqlarning 
yo‘qolishiga hamda musulmon huquqi maktablaridan ba’zilarining butkul 
birlashib ketishiga olib keldi. Masalan, imom Shofi’iy Hijoz fiqhini Iroq 
va Misr fiqhi bilan birlashtirdi va yangi huquq maktabi – Shofi’iy 
mazhabini yaratdi. Shu o‘rinda ilk imomlarning fiqhga nisbatan 
moslashuvchan yondashuvlarini yana bir bor esga olish maqsadga 
muvofiqdir; 
3) fikrlar almashuvi – munozaralar tajribasining yoyilishi. 
Ulamolar 
yoki ularning shogirdlari har doim uchrashganlarida, turli masalalar 
yuzasidan fikrlar almashar edilar. Qabul qilgan qarorlarida keskin farqlar 
bo‘lsa, ular yagona fikrga kelmagunlaricha yoki fikrlar turliligi 


66
ma’qullanmagunicha, munozarani tugatmay, uni yangidan boshlab
davom ettiraverganlar. Bunday tortishuvlar yozishmalar tarzida ham 
amalga oshirilar edi. Masalan, imom Molik va imom Layloning Madina 
urf-odatlari masalasidagi (imom Laylo imom Molikning Madina 
aholisining fikri musulmon huquqi manbalaridan biridir, degan fikriga 
qo‘shilmagan) yozishmalari shular jumlasidan. 
Turli mazhab vakillari (ularning asoschilari va shogirdlari) o‘rtasidagi 
bahslarning yozishmalar yoki shaxsiy uchrashuvlar tarzida ko‘payishi 
ba’zi muhim masalalarga oydinlik kiritilishiga va musulmon huquqidagi 
mavjud yanglish nuqtai nazar va fikrlarning bartaraf etilishiga sabab 
bo‘lgan. Mazhablar taraqqiyoti ilk bosqichidagi ulamolar va ularning 
shogirdlarida mutaassiblik va aqidaparastlik qarashlari yo‘q bo‘lgan. 
Masalalar odilona tahlil etilgan, xulosalar dalillarning xolisligiga qarab 
chiqarilgan. Imomlar Abu Hanifa va Shofi’iy agarda biror hadis 
sahihligiga ko‘ra mashhur bo‘lsa, u uning mazhabi hisoblanishi 
kerakligini ta’kidlab o‘tganlar. Xamr va boshqa mast qiluvchi 
ichimliklarga oid taqiq bunga o‘rinli misoldir. Hanafiy mazhabining 
asoschisi imom Hanifa xamrning taqiqlangani faqat uzum sharbatining 
achitilishidan hosil bo‘luvchi mahsulotga tegishli ekani, boshqa mast 
qiluvchi moddalarga esa taalluqli emasligi haqida fatvo chiqargan. Ushbu 
fatvo bilan boshqa mahsulotlardan tayyorlangan mast qiluvchi 
ichimliklarning mast qilmaydigan miqdorda iste’mol qilinishiga ruxsat 
etilgan. Biroq Abu Hanifaning uch nafar eng mashhur shogirdi (Abu 
Yusuf, Muhammad ibn Hasan va Zufar) keyinchalik ustozining bu 
fatvosini Muhammad (s.a.v.)ning xamrga mast va sarxush qiluvchi barcha 
mahsulotlar kirishi to‘g‘risidagi sahih hadisiga asoslanib, rad etdilar. 
Bunday erkin fikr almashishlar, ya’ni hatto mazhablar asoschilari 
chiqargan fatvolarni o‘zgartirishgacha borish, afsuski, keyingi davrlar 
mazhablarida uchramagan.  
Kichik ulamolar davri, ya’ni turli mazhablarning ikkinchi avlodi 
vakillari davrida (850–950-yillar) fiqhning rivojiga quyidagi omillar ta’sir 
ko‘rsatdi: 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə