Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 Musulmon huquqida diniy-huquqiy mazhablarning



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
islom huquqi

4.3. Musulmon huquqida diniy-huquqiy mazhablarning 
o‘rni va ahamiyati 
Fiqhning yuksalgan davri taxminan 750-yildan 950-yiligacha davom 
etgan va xalifa Abul Abbos (750–754-yillarda hukmronlik qilgan) asos 
solgan Abbosiylar sulolasining mustahkamlanishi va tanazzuli davriga 
to‘g‘ri kelgan (Abbosiylar Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning amakisi 
Abbosning avlodlari bo‘lgan). Aynan shu davrda fiqh mustaqil fan 
sifatida shakllangan. Islom ilmiy muhiti xalifa tomonidan qo‘llab-
quvvatlandi va munozarali masalalar yuzasidan bo‘ladigan tortishuvlar va 
fikr almashishlarning keng miqyosda bo‘lganligi uchun tez sur’atda 
rivojlanib bordi. Hadislar va fiqh to‘plamlarining tuzilishi, ilmiy, falsafiy 
va teologik asarlarning arab tilidan tarjima qilinishi islomiy tafakkurga 


64
katta ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu davrning oxiriga kelib fiqh ikki qismga 
bo‘lindi: asos bo‘luvchi tamoyillar (usul) va fiqh sohalarini yorituvchi 
asarlarning tamoyillari (furu).  
Fiqhning rivojlanishi davrida mazhablar taraqqiyotiga taalluqli ikki 
yo‘nalish ko‘zga tashlanadi. 
Birinchisi,
 yetakchi mazhablarning asoschilari bo‘lmish buyuk 
imomlar va ularning izdoshlari zamonida paydo bo‘lgan. Bu mazhablar 
tez fursatda bo‘linib ketganliklariga qaramasdan, huquqiy normalar, 
fatvolarni chiqarish va qabul qilishda o‘z salaflarining zamoniga xos 
moslashuvchanlik an’anasini davom ettirdilar. 
Ikkinchi yo‘nalish 
turli mazhablarga mansub yirik ulamolarning 
vafotlaridan keyingi davrda ko‘zga tashlangan. Bu davrda fatvolarni 
qattiqqo‘llik asosida chiqarish va joriy qilish boshlangan. Bunday 
yondashuv keyingi davrlar mazhablari va tabiiyki, ularning fiqhini 
ilgarigilaridan ajratib turuvchi asosiy xususiyat sifatida namoyon bo‘lgan. 
Buyuk imomlar va ularning mashhur shogirdlari davri (750–850-
yillar)dagi fiqhning rivojiga quyidagi omillar kuchli ta’sir ko‘rsatgan: 
1) ulamolarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. 
Abbosiylar 
sulolasining dastlabki xalifalari islom qonunlari va huquqshunos 
olimlarini hurmat qilganlar. Shu bois ushbu sulolaning barcha xalifalari 
o‘z farzandlarini yirik ulamolar huzuriga faxr bilan tahsil olishga 
yuborganlar. Shuningdek, ba’zi xalifalarning o‘zlari ham huquqshunos 
olim bo‘lib yetishganlar, masalan, Xorun ar-Rashid (786–809-yillarda 
hukmronlik qilgan) shunday xalifalardan biri bo‘lgan. Bu davrda xalifalar 
fiqhga doir masalalarda mashhur ulamolar bilan kengashib turganlar. 
Masalan, xalifa al-Mansurning imom Molikka sunna haqida kitob 
yozishni topshirgani tarixiy dalildir. Kitob tayyor bo‘lgach, xalifa imom 
Molikdan uni davlatning asosiy qonuniga (konstitutsiyasiga) aylantirib, 
shu orqali imom Molikning mazhabini barcha musulmonlarga majburiy 
ravishda qabul qildirish mumkin yoki yo‘qligini so‘ragan. Lekin imom 
bunga rozi bo‘lmagan. U alohida bir mazhabning qoidalari barcha 
musulmonlar uchun majburiy qilib qo‘yilishi mumkin emas, deb 
hisoblagan. Imom Molik har qanday alohida faoliyat ko‘rsatayotgan 
mazhab mukammal emas, deb hisoblagan. Chunki mamlakatning boshqa 
hududlariga safar qilgan sahobalardan eshitilgan ko‘plab boshqa hadislar 
ham o‘sha davrda mavjud bo‘lgan. Davlatning fiqh ulamolarini qo‘llab-
quvvatlashi, ularga qayg‘urishi Ummaviylar hukmdorligining ikkinchi 
yarmida paydo bo‘lgan ko‘pgina mazhablarning taraqqiyotiga katta turtki 
bo‘ldi. 


65
Biroq, qayd qilish joizki, ulamo va qozilarga keng fikr erkinligi 
huquqi berilganiga qaramay, ularning qarorlari davlat siyosatiga zid 
kelgan taqdirda, ayovsiz jazolangan. Masalan, imom Molik chiqargan 
fatvo Abbosiy xalifalardan birining siyosatiga zid kelganligi bois, u 
zindonband etilib, qiynoqqa solingan. Sababi xalifaning talabiga ko‘ra, 
fuqarolar unga sodiq bo‘lishga qasam ichishlari, mabodo kimdir qasamini 
buzsa, o‘z-o‘zidan xotini bilan ajrashib ketishga majburligi shart deb 
belgilanib, ommaga e’lon qilinishi zarur bo‘lgan. Imom Molikning 
fatvosida esa majburlab ajratish hech qanday ta’sir kuchiga ega emas, 
deyilib, xalifaning talabi rad etilgan edi; 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə