Agregat va mashinalarni xo‘rda qilish va sinashning asosiy texnologik jarayonlari



Yüklə 280,46 Kb.
səhifə6/6
tarix28.11.2023
ölçüsü280,46 Kb.
#137119
1   2   3   4   5   6
3-ma\'ruza

2.3-rasm. SMS ishqalanish mashinasi:
a – prinsipial sxema: b – ishqalanish juftliklari.

Yuqori namuna pastkiga muvozanatlovchi karetka 5ni zp z3 o‘q atrofida prujinali mexanizm 6 bilan burash orqali siqiladi. Yuklama 8 sozlovchi qurilma bilan ta’minlangan 7 shkaladan hisoblanadi.


Ishqalanish momenti tutashuvsiz (bezkontaktniy) induktiv moment o‘lchagich bilan, namunani aylanish chastotasi esa – elektr hisoblagich 3 bilan o‘lchanadi. Disk-kolodka va val-vtulka ishqalanish juftlarini sinash vaqtida 5 karetka 4 mufta bilan ajratiladi va mashinadan olib qo‘yiladi, uning o‘rniga esa mos keluvchi almashtiriladigan moslama o‘matiladi. Moyda va abraziv sinov o‘tkazish uchun mashina aralashtirgich kameralar bilan ta’minlangan. Mashinani zo‘riqishlardan himoya qilish saqlovchi mufta 2 bilan amalga oshiriladi.
Elektron potensiometrining diagrammali lentasiga (tasmasiga) ishqalanish momentini yozish mumkin, rotensiometr esa aylanish uchastkasini o‘lchovchi schyotchik (hisoblagich) bilan maxsus stolga qo‘yiladigan pultga joylashtirilgan bo‘ladi. Disk bo‘ylab disk ishlashda mashinada tishli uzatmalar, g‘ildiraklar va temir yo‘l transporti relsi, dumalash podshipniklari va hakozalar ishini modellashtirish uchun zarur bo‘lgan namunalarni tutashuv toliqishiga ham sinovni o‘tkazish mumkin. 2.2-jadval
Ishqalanish va yeyilishga sinash turlari

T/r

Sinov turi

Sinov maqsadi

1.

Materiallari laboratoriyada fizik-mexanik sinash

Materiallari fizik-mexanik xarakteristikasini olish va ularga asoslanib friksion xossalari oldindan aniqlash

2.

Materiallari laboratoriya qurilmalarida ishqalanish va yeyilishga sinash

Fizik-mexanik xossalar va ishqalanish rejimlarini materiallaring friksion xossalariga ta’sirini baholash

3.

Ishqalanish qismlarini stendlarda sinash

Ishqalanish qismlarining konstruktiv xususiyatlarining ta’sirini baholash

4.

Aslidan olib sinash (natur sinovlar)

Mexanizmni butkul ishlash ishonchliligi va chidamliligini, mexanizm turli qismlarining o‘zaro ta’sirini baholash

Dumalab ishqalanish sharoitida sinov o‘tkazilganida tadqiqot o‘zgarmas tezlikda bajariladi. Sirpanish sharoitida sinov o‘tkazilsa, yuqoridagi rolik vkladishga almashtiriladi. Roliklar elektrdvigatel bilan aylanma harakatga keltiriladi, yuk esa rujina orqali beriladi.


Ishqalanish momenti mayatnikli qurilma bilan qayd qilinadi va barabanga yozib boriladi. Harorat termopara, namunalaring yeyilishi mikrometr yordamida o‘lchanadi. Yuqoridagi karetka 8 mm amplituda bilan tebranma harakat qilishi mumkin. Namunalarga qo‘yiladigan yuk ekssentrik yordamida davriy o‘zgartirilib turilishi mumkin.
Yüklə 280,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə