Agregat va mashinalarni xo‘rda qilish va sinashning asosiy texnologik jarayonlari


Ilashib qolish natijasida yeyilish



Yüklə 280,46 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü280,46 Kb.
#137119
1   2   3   4   5   6
3-ma\'ruza

Ilashib qolish natijasida yeyilish sirtda moy va himoyalovchi oksid pardalari bo‘lmaganda kuzatiladi. Bunday yeyilish metallning sirtqi qatlamlari kuchli qayishqoq deformatsiyalanishi va tutashgan qismlar o‘rtasida metall bog‘lanishlar hosil bo‘lishi natijasida yuz beradi.

  • Oksidlanish natijasida yeyilish metallning juda kichik hajmlari qayishqoq deformatsiyalanishi va deformatsiyalangan qatlamlarga havodagi kislorodning singishi (diffuziyalanishi) bilan bir vaqtda kechadi. Natijada mayda zarrachalarga bo‘linadigan kislorodning qattiq eritmalari pardasi hosil bo‘ladi, shuningdek, vaqt-vaqtida qayishqoq deformatsiyalanmaydigan mo‘rt oksidlar yuzaga keladi va uvalanadi.

  • Issiqdan yeyilish detallarning katta sirpanish tezliklarida va katta solishtirma bosimlarda ishqalanishi natijasida yuzaga keluvchi issiqlik ta’sirida sodir bo‘ladi. Ajralib chiqayotgan ko‘p miqdordagi issiqlik metallning ichki qatlamlariga yetib ulgurmaydi, natijada detallaring sirtqi qatlamlari yuqori haroratgacha qiziydi. Yuqori harorat metallaring sirtqi qatlamlarida termik ishlanishi, qayta kristallanishi, yumshashi, toblanishi va hatto qotishma hosil bo‘lishiga olib keladi.

    Yeyilish turlarining ishqalanuvchi sirtlarning o‘zaro ta’sirlashish, sirtqi qatlamlaring o‘zgarish va ishqalanishida sirtlarning yemirilish turlarini o‘z ichiga oladi. O‘zaro ta’sirlashuvning ikki turi mexanik (botib kirish) va molekular (tortilish hamda ilashib qolish) o‘zaro ta’sirlashuvlar mavjud. Botib kirish ishqalanuvchi sirtlar mexanik xossalarining bir xil emasligi, qattiqligining har xilligi, shuningdek, ishqalanuvchi sirtni hosil qiluvchi kristallitlaring turlicha joylashuvi bilan belgilanadi.
    Molekular o‘zaro ta’sirlashuv ashyoning sirtqi qatlamlari qayishqoq bo‘lganda va sirtqi pardalari uzilganda yuz beradi. Bunday sharoitlarda atom va molekular bog‘lanishlar yuzaga keladi.
    Ishqalanuvchi sirtlarning o‘zaro ta’sir turlari yeyilish jarayonida sirtqi qatlamlardagi o‘zgarishlar natijasida o‘zgarishi mumkin.
    Ishqalanish keltirib chiqargan parchalanish oqibatida metallning sirtqi qatlamlari zichlanadi, bunda ularning qattiqligi ortadi. Tirnalish va toliqish jarayonlari natijasida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Xossalarning o‘zgarishiga o‘zaro tutashuvchi sirtlarning harorati eng ko‘p ta’sir qiladi. Agar o‘zaro ta’sir joyida u rekristallanish haroratidan oshib ketsa, sirtqi qatlamlaring qayishqoqligi ortishi mumkin. Oqibatda, ayniqsa, material qayishqoq deformatsiyalanganda diffuzion jarayonlar tezlashadi.
    Metallning sirtqi qatlamlari kislorod bilan to‘yinib mo‘rt kimyoviy birikmalar yoki yuqori qattiqlikdagi o‘ta to‘yingan qattiq eritmalar hosil qiladi.
    Metallning mo‘rt oksid pardasi po‘stlog‘i ishqalanish jarayonida tez yemirilib, metallning yangi qatlamlari ochilib qoladi va oksidlanish jarayoni takrorlanadi.
    Qizish va sovish jarayonida sirtqi qatlamda cho‘ziluvchi ichki zo‘riqishlar yuzaga kelib, ular juda ingichka darzlar paydo bo‘lishiga va metallning yemirilishiga olib keladi.
    Keltirilgan tasniflar va ta’riflardan yeyilish quyidagi jarayonlar – disperslanish (yedirilish), qayishqoq deformatsiya (ezilish), yopishib qolish, abraziv ta’sir, toliqish yemirilish, kimyoviy, elektr-kimyoviy va issiqlik hodisalari bir vaqtda kechishi oqibatida yuz beradi degan xulosa kelib chiqadi.
    Aytib o‘tilgan jarayonlar bevosita detalning ish sirtiga ta’sir qiladi, oqibatda uning o‘lchamlari va massasi kamayadi. Sirtda tirnalgan, qatlamlanib ko‘chgan mikroskopik qismlar, yulinib chiqqan joylar va shu kabilar paydo bo‘ladi.
    Kimyoviy, elektr-kimyoviy va issiqlik hodisalari metallning sirtqi qatlamiga ta’sir ko‘rsatib, uning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va fizik - mexanik xossalarini o‘zgartiradi. Metallning qattiqligi yoki ortishi (oksidlar hosil bo‘lganda) yoki pasayishi (bo‘shashganda) mumkin.
    Qayishqoqlik, mustahkamlik va boshqa xossalar u tomonga ham, bu tomonga ham o‘zgarishi mumkin. Bu jarayonlar natijasida metallning disperslanish (yedirilish), qayishqoq deformatsiya (ezilish), abrazivdan yeyilish va toliqib yemirilish jarayonlariga chidamliligi turlicha bo‘lib qoladi. Shunday qilib, detalning yeyilishi tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin.
    Ezilish, yedirilish, abraziv ta’sir jarayonlari va ba’zi toliqib yemirilish turlarining xarakteri tashqi tomondan bir xilda namoyon bo‘lganidan, xususan, detalning o‘chamlari, massasi hamda ish sirtlarining holati o‘zgarishida namoyon bo‘lganidan, yeyilishning bu turlarini mexanik yeyilish deb ataladigan bitta guruhga kiritish mumkin.
    Yuqorida bayon etilgan yeyilishning qolgan hamma turlari shartli ravishda kimyoviy yeyilish guruhiga kiritiladi. Bu yeyilishning natijalari esa mos ravishda kimyoviy yeyilish dyeyiladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bunday ajratish shartlidir. Amalda esa yeyilishning har xil turlari bir vaqtda kechadi va ularning har biri o‘ziga xos natijani beradi. Ammo jarayonlardan bittasi hamisha ustun bo‘lib, yetakchi jarayonga aylanadi va sirtning eng ko‘p uchraydigan yeyilishini keltirib chiqaradi.



    Yüklə 280,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə