Adabiy til va uning me’yorlari. Reja: Imlo me'yorlari. Talaffuz me'yorlari


- illa qo‘shimchasi orqali taqlidiy so‘zlardan fe'l yasalganda ( taqilla , chirilla kabi ) asos so‘z tarkibida v



Yüklə 23,91 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü23,91 Kb.
#160325
1   2   3   4   5   6
2-mavzu Adabiy til va uning me\'yorlari

- illa qo‘shimchasi orqali taqlidiy so‘zlardan fe'l yasalganda ( taqilla , chirilla kabi ) asos so‘z tarkibida v yoki y tovushi bo‘lsa , bu qo‘shimcha -ulla tarzida aytiladi va shunday yoziladi : gurulla , shovulla , lovulla kabi .
Unli tovushlar bilan tugagan parvo , avzo , obro ' , mavzu , mavqe kabi fors - arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda quyidagicha yoziladi :
a ) I va II shaxs qo‘shimchalari qo‘shilganda ushbu so‘zlardan so‘ng y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi : parvoyim , avzoying , obro‘yingiz , mavzuyim , mavqeying kabi ;
b ) III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo , obro ' , avzo , mavqe so‘zlariga -yi shaklida qo‘shiladi , mavzu , orzu soʻzlariga -si shaklida qo‘shiladi : avzoyi , obro‘yi , mavzusi , orzusi kabi .
1- mashq. Quyidagi fe'llardan qo‘shimchalar yordamida ot yoki sifat yasang va so‘z o‘zagidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib bering .
Ili , qayna , sovi , yumsha , qot , tin , yon , sana , toʻqi , qizi , toxta

So‘z va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish , qo‘shib va ajratib yoziladigan so‘z va so‘z shakllarini bilish , bosh harflar bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni farqlash kabi imlo amallarini oʻzlashtirmasdan turib yozma savodxonlikka erishish mumkin emas . Imlo qoidalarini bilish faqat to‘g‘ri yozishni o‘rganish uchungina zarur deyish xato boʻladi . So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish , nutq jarayonida to‘g‘ri talaffuz qilish , hatto so‘zning matndagi ma'nosini to‘g‘ri anglash va oʻrinli qo‘llay bilish uchun ham imlo qoidalarini puxta egallash taqozo etiladi . Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan « O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari »ni chuqur o‘rganish va yozma nutqda ularga to‘la amal qilish har bir o‘quvchi , qolaversa , barcha fuqarolarning burchidir . Afsuski , ko‘zga tashlanib turgan ko‘cha peshtoqlarida , idoralar nomi yozilgan lavhalarda Yunus - obod , Yangi - bozor , orom - baxsh , ko‘z oynak , elektro texnika kabi xato yozuvlar uchrab turibdi.



Yüklə 23,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə