Academic research in educational sciences volume 2


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 236,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.10.2023
ölçüsü236,56 Kb.
#126957
1   2   3   4   5
o-quvchilarda-mustaqil-ta-limini-tashkil-etish-yo-llari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 364 www.ares.uz 
Mustaqil ta‟limni tashkil etishda o„quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin 
tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor 
yonalish sanaladi. 
O„zbekistonda oliy ta‟lim tizimini takomillashtirish asosi O„zbekiston 
Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi 
to„g„risida”gi qonunlari hisoblanadi. Ular yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega 
bo„lgan, ijodiy va ijtimoiy faol, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil holda harakat qila 
oladigan, kelajakka qaratilgan vazifalarni qo„ya olish va ularni yechishga qodir 
bo„lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo„naltirilgan. Har qanday 
jamiyatda bo„lganidek, respublikamizning taraqqiyotida bozor iqtisodiyoti sharoitida 
raqobatga bardosh bera oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Zero jamiyat taraqqiyotida mutaxassis kadrlar omilining muhimligi isbot talab 
etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va 
samaradorligini oshirish borasida ham so„nggi yillarda keng ko„lamli ishlar qilindi va 
qilinmoqda. Jumladan, tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning mustaqilligi, 
ijodkorligi, tadbirkorligi, faolligi kabi xislatlarni tarkib toptirishga alohida e‟tibor 
berilmoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta‟kidlanganidek,“…o„qishni, 
mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta‟lim tizimi 
texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o„zlashtirish” talab etiladi. Oliy ta‟lim 
tizimidagi pedagogik faoliyatimiz va hozirgi zamon o„qituvchilarning ijodiy ish 
faoliyatini o„rganish va tahlil qilish asosida ularning amaliy-ijodiy tayyorgarlik 
mazmuni va o„qitish metodlarini takomillashtirishga bag„ishlangan maqsadli 
izlanishlar tasdiqlanmoqdaki, bugungi kunda oliy malakali o„qituvchilar tayyorlashda 
bir qancha nomuvofiqliklar va ziddiyatlar mavjud.

Yüklə 236,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə