|
Academic research in educational sciencesACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES114-117ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-114-117
Academic Research, Uzbekistan 116 www.ares.uz
ulami zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish.
Maktabda musiqa darslarini o„qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -
o„quvchilarni musiqa san‟atiga bo„lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish; -
musiqiy faoliyatlar jarayonida o„quvchilami musiqiy qobiliyatlari musiqiy o„quvi,
ovozi, diqqat-e‟tibori va ijodkorlik his-tuyg„ularini o„stirish; - musiqiy asarlarini
badiiy-g„oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash; - musiqa
darslarida o„quvchilami kasb-hunarga yo„naltirish, mehnatga muhabbat, Vatanga
muhabbat, kattalarga hurmat tuyg„ularini shakllantirish. Mazkur maqsad va
vazifalami amalga oshirish o„qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog'liq.
Har qanday san‟atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi.
Buning uchun musiqa o„qituvchisi pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi va
shu qatori boshqa yo‟nalishlardan xabardor bo‟lishi kerak.
O„quvchilaming musiqiy ijodkorligini taassurotini boyitishda, tasavvurlarini
kengaytirishda musiqa tinglash faoliyatini ahamiyati katta. Musiqa tinglash darsining
boshidan oxirigacha amalga oshadi, chunki musiqa madaniyati darslarining barcha
faoliyat turlari (qo„shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash)
musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Musiqa madaniyati
darslari boshlang„ich sinf o„quvchilarini atrofdagi go„zal narsalami idrok eta olishga
va ma‟naviy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi. «Boshlang„ich ta‟lim
uchun Davlat Ta‟lim standartlari» asosida barcha fanlar qatori musiqa fanidan ham
dastur ishlab chiqildi. Yangi dastur mazmunida milliy musiqamiz merosidan
to„laqonli foydalanish, ommaviy xalqkuylari va qo„shiqlari, lapar, dostonlar va
bugungi zamonaviy musiqa o„z aksini topgan. Dasturning bosh mavzusi «Musiqa va
hayot» yil, chorak, dars mavzulari, yil mavzusiga bo„ysunadi va mantiqiy uzviy
birlashib mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi. Yangi dastur mazmunida dars o„tish
uchun, musiqa o„qituvchisi o„zining musiqiy - nazariy bilimlarini takomillashtirishi
lozim, chunki o„quvchilarning musiqa darsiga bo„lgan qiziqishini ustirishda yosh
avlodni Vatanga muhabbat ruxida tarbiyalashda va ulami ma‟naviyatli, ma‟rifatli
qilib voyaga yetkazishda o„qituvchi yetakchi bo„lib hisoblanadi.
XULOSA
Demak, mana shunday tarbiya manbalariga boshlang„ich sinf o„quvchilarini
milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, imkoniyatni kuchaytirish va kerakli shart-
sharoitlarni yaratish o„quv muassasalarida pedagoglar, oilada esa har bir ota-onaning
muqaddas burchidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|