|
Academic research in educational sciencesACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES114-117ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-114-117
Academic Research, Uzbekistan 115 www.ares.uz
o„rganish malakasini singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir.
Boshlang„ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari, umumiy ta‟limning axloqiy -
estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi bo‟lib hisoblanadi.
Milliy qadriyatlar boshlang„ich sinf o„quvchilarini kundalik faoliyatida odat,
an‟ana tusiga kirib qolgandagina, u ma‟naviy shakllanishga bevosita ta‟sir etadi.
Qadriyatlarning bolalarga bo„lgan ta‟siri kattalarga bo„lgan ta‟siridan ancha ustun
turadi, chunki kattalarning dunyoqarashi va e‟tiqodlari, odatlari qaror topgan bo„lsa,
bolalarda endilikda ularning poydevori qo„yilayotgan bo„ladi.
Boshlang„ich sinf o„quvchilari o„z tabiatiga ko„ra ta‟sirchan bo„lganliklari
uchun ularga borliq va undagi voqealarning ta‟siri kuchlidir. Borliqdagi voqea va
hodisalar turli-tuman bo„lganidek, qadriyatlarning shakl va mazmuni ham rang-
barangdir. Ayniqsa, o„zbek oilalarida qadim-qadimdan meros sifatida o„tib
kelayotgan o„git va nasixat qilish usuli bolalarda insoniy fazilatlarni shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega. Chunonchi;
- insonlarni inson tomonidan qadrlash;
- insoniylik burchini anglash;
- halol va rostgo„y bo„lish;
- yaxshilik haqida teran fikr yuritish kabilar meros sifatida alohida ahamiyatga
ega.
Boshlang„ich sinf o„quvchilarini “Odobnoma”, “O„qish”, “Atrofimizdagi
olam”, “Mehnat”, “Jismoniy tarbiya”, “Musiqa”, “Tasviriy san‟at” kabi darslarda
milliy qadriyatlar, an‟ana va urf-odatlarimiz asosida tarbiyalash maqsadga muvofiq
bo„ladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Musiqa madaniy hayotimizda keng o„rin tutgan, inson shaxsiyatini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san‟at turidir. Har bir insonni
ma‟naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni
insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari
yetaklashda tarbiyani ko„plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o„rin tutadi.
Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo„lib,
insonni atrofdagi go„zal narsalarni to„g„ri idrok etishga va qadrlashga o„rgatadi.
Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta‟sir ko„rsatish imkoniyatiga ega bo„lib, uni nafosat
olamiga olib kirish va axloqiy g„oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa
insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma‟naviy ozuqa beradi. Maktabda
musiqa o„qitishning asosiy maqsadi o„quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish
|
|
|