Abdullayev f. S., Mahkamov q. X



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə11/24
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107168
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Abdullayev F.S.,Metallarni bosim bilan ishlash

2 z
*
1

\\ >

/
, 9




—\

m:

\ y







S '

kJ













  1. C*0J4°/o

  2. C-0,42 7o











400
18-rasm. Deformatsiyaga temperaturaning ta'siri.


00


Plastiklik ko'rsatkichlariga nisbatan, ularning to'liqsiz issiq


deformatsiya ro'y berishi mumkin bo'lgan temperaturalar sohasida
va fazaviy o'zgarishlar temperaturasi sohasida (ko'pincha bu ikki
hodisa deyarli bir xil temperaturalarda sodir bo'ladi) qandaydir
kamayishi xarakterlidir.
Plastiklikning fazaviy o'zgarishlar temperaturasi sohasida
pasayishi deformatsiyalanayotgan jismda bir vaqtda turli xossalarga
cga ikki faza mavjudligi, bu kuchlanganlik holatini notekisligi
oshishiga olib kelishi bilan tushuntiriladi.
Erish temperaturasidan bir qancha kam bo'lgan temperatura-
larda plastiklik ko'rsatkichlarini keskin pasayishi kuzatiladi. Bu
metall donachasini, keyingi metallni o'ta qizdirish (donacha chega-
ralarini oksidlanishi) bilan, ancha o'sishining natijasi hisoblanadi.
Boshqa metall va qotishmalar uchun ham mustahkamlik va plastik-
lik ko'rsatkichlarining bog'liqlik grafigi o'xshash tavsifga ega
bo'ladi.
Barcha metall va qotishmalar uchun umumiy holat bo'lib,
ular rekristalliz.atsiya temperaturalarida uncha katta bo'lmagan
plastiklikka egaligi hisoblanadi, ya'ni issiq deformatsiyalash
sharoitlarida, ularga bir vaqtning o'zida mustahkamlik
ko'rsatkichlarining, demak, deformatsiyaga qarshilikning ham ki-
chik qiymatlari mos keladi.
Plastiklik kamayishi kuzatiladigan havfli temperatura sohalari
bo'lib, sohalarida fazaviy o'zgarishlar, to'liq bo'lmagan issiq
deformatsiya yoki eskirish va ko'k ushalish sodir bo'lishi mumkin
bo'lgan sohalar hisoblanadi.
Issiq deformatsiya temperaturasigacha qizdirishda plastik-
likning oshishi atomlar qo'zg'aluvchanligini oshishining natijasidir,
biroq, bundan tashqari plastiklik oshishiga yana boshqa hodisalar
yordam beradi. Masalan, issiq deformatsiyalash sharoitida, odatda
tarkibida oshirilgan miqdorda aralashmalari. bo'lgan, kristallararo
qatlamlar plastikligi ancha oshadi. Bu oshirilgan miqdordagi
aralashmali chegara qatlamlarining termodinamik turg'unligi kam
bo'lishi va asosiy metall donachalarining erish temperaturasiga
qaraganda, erish temperaturasi kamligi bilan tushuntiriladi.
Issiq deformatsiyalash temperaturasigacha qizdirish bilan
donalararo qatlamlar mustahkamligi, donalar mustahkamligiga nis-
batan jadalroq kamayadi va umumiy deformatsiyada kristallitaro
deformatsiya ulushi oshadi. Bir vaqtda bu qatlamlarning mo'rtligi
kamayadi, shunday ekan, ularda mikro darzlar hosil boTishi ham
kamayadi. Mikro darzlarning hosil bo'lish havfining kamayishi,
ulami deformatsiyalash jarayonida «davolanib qolish» imkoniyati
bilan ham tushuntiriladi. Ikki fazali qotishmalami deformatsiyalash
jarayonida «davolanib qolish» imkoniyatini tushuntirishda
A.A.Bochvar tomonidan topilgan bir fazadagi kristallitlar
atomlarini boshqa faza kristallitlariga to’satdan ro’y beradigan
ko'chish hodisasi muhim ahamiyatga ega. Bu hodisani
A.A.Bochvar plastik deformatsiyaning eritma-cho’ktirmali turi deb
atadi. Atomlarning fazalararo ko’chishida mikroskopik darzlarni
«davolanib qolishi» ro’y beradi, chunki metallni cho'kishi mikro
bo'shliqlarda oson sodir bo’ladi.
Temperatura o’sishi bilan atomlarning qo'zg'aluvchanligi
oshgani uchun, mikrodarzlarni «davolanib qolishi» ham issiq
deformatsiya temperaturalarida engil amalga oshadi.

  1. Deformatsiya tezligining plastiklik va deformatsiyalashga
    qarshilikka ta'siri


Metallarning mexanik xossalarini odatdagi aniqlash sinov
mashinalarida 10 mm/s dan oshmaydigan deformatsiya tezligi bilan
o’tkaziladi. Presslarda va bolg’alash mashinalarida bosim bilan ish-
lash mashina ish organini taxminan 0,1 dan 0,5 m/s gacha
oraliqdagi o’rtacha harakat tezligida olib boriladi. Katta bolg'a
(molot)da ishlov berishdagi metallga ta’sir endi dinamik tabiatga
ega: molot babasi tezliklari zarb paytida 5-10 m/s ni, bitta zar-
badagi hamma deformatsiya jarayoni sekundning faqat yuzdan bir
ulushigacha davom etadi. Shuning uchun, bosim bilan ishlash
jarayonlarini tahlil qilish va loyihalashda, odatdagi sinovlar yo’li
bilan olingan metallarning mexanik xossalari haqidagi
maTumotlardan foydalanish mumkin ekanligini, boshqacha ayt-
ganda, deformatsiya tezligi plastiklik va deformatsiyaga qarshilikka
qanday ta’sir qilishini bilish juda muhim.
Avvaldan aytish mumkinki, deformatsiya tezligi oshganda
deformatsiyaga qarshilik o’sadi, plastiklik esa kamayadi.

Deformatsiya tezligi oshishi bilan ba'zi magniy qotishmalari,
yuqori legirlangan po'lat va mis qotishmalarining plastikligi
ayniqsa tez pasayadi.
Alyuminiy qotishmalari, kam legirlangan va uglerodli kons-
truksion po'latni deformatsiya tezligiga sezgirligi ancha kam.
Bunday po'lat, issiq ishlov berishda barcha amalda qo'llaniladigan
deformatsiyalash tezliklarida tamomila etarli plastiklikka egadir.
Bosim bilan sovuq holda ishlov berishdagi deformatsiya
tezligini ta'siri issiq holdagidan ancha kam bo'ladi. Bu ta'sirning
o'sish jadalligi kichik tezliklar diapazonida (mm/daq) katta va
katta tezliklar diapazonida juda kichik bo'ladi.
Shunday bo'lsa ham keltirilgan ma'lumotlar aniqlashtirishni
talab qiladi. Hammasidan avval ikkita muhim. jihatni: issiq holda
plastik deformatsiyalashda ikkita qarama-qarshi mustahkamlash va
bo'shatuvchi jarayonlar borligi (qaytish va rekristallizatsiya) va
plastik deformatsiyaning issiqlik ta'sirini hisobga olish kerak. Qay-
tish va rekristallizatsiya haqida ilgari aytilgan edi. Issiqlik ta'siri
plastik deformatsiyaga sarflanayotgan energiya issiqlikka ayla-
nishida namoyon bo'ladi. Issiqlik ta'siri boshqa teng sharoitlarda
deformatsiya temperaturasi oshishi bilan kamayadi, chunki tem-
peratura ko'tarilishi bilan deformatsiyaga qarshilik kamayadi va
shu saoarni deiormatsiya ucnun talaD qmnamgan energiya kama-
yadi. Shuning uchun berilgan namunani sovuq va issiq holatda ay-
nan bir xil deformatsiyalash natijasida, issiq holatda issiqlik
kamroq ajraladi. Agar deformatsiya tezligi kichik bo'lsa, issiqlik
tarqalib ketadi va jarayon deyarli izotermik holda o'tadi. Aksincha,
katta deformatsiya tezliklarida ajralib chiqayotgan issiqlik jism
temperaturasini oshiradi, boshqacha aytganda issiqlik ta'siri kuzati-
ladi.
Sovuq holda bosim bilan ishlov berishda bo'shatuvchi
jarayonlar bo'lib o'tmaydi. Deformatsiyaga qarshilik mustahkam-
lanish natijasida deformatsiya darajasi bilan bog'liq o'sadi, qan-
daydir chegaralarda tezlikning o'zgarishi jarayon o'tishiga kam
ta'sir qiladi. Sovuq holda bosim bilan ishlov berishning ayrim
hollarida esa katta deformatsiya tezliklarida temperaturaning ta'siri
natijasida qaytish hodisasi kelib chiqishi mumkin, pastroq tezlikda
bo'lganiga qaraganda deformatsiyalashga qarshilik kichik, plastik-
lik esa katta bo'lib qoladi.

  1. jadval. W tezlik koeffitsientining qiymatlari

(S.I.Gubkin bo’yicha)




Is

ilov berish temperaturasi, °S

Mashinan-
ing ishchi
organi
tezligi,
sm/sek

0,5Ter
dan
kam

0,5Ter dan
yuqori
to’liqmas issiq
deformatsiyada

0,5Ter dan yuqori
issiq deformat-
siyada

10 - 25

1,1

1,4-2,4

1,2-1,6

25 - 75

1,15

2,4-3,0

1,6-2,0

100 dan
katta

1,25

3,5

2,5

Zarbli
ta'sir

1,5-2,0

5,0

4,0

Eslatma. Tcr - mutlaq erish temperaturasi.


Issiq deformatsiyada rekristallizatsiya jarayoni ro’y beradi.
Deformatsiya tczligi qancha yuqori bo'lsa, rekristallizatsiya tezligi
shuncha kam, deformatsiyaga qarshilik qancha katta bo’lsa, plas-
tiklik shuncha kam bo'ladi. Ilgari aytilganidek, issiq holda ishlov
berishda deformatsiya tezligini oshishi rekristallizatsiya jarayonini
qiyinlashtiradi, issiq holda ishlov berishdagi deformatsiyaga qar-
shilik va plastiklikka keskin ta'sir ko'rsatadi.
Past qizdirish temperaturalarida po’lat va normal temperatura
oralig'ida bolg’alashda magniy qotishmalari juda kichik rekristalli-
zatsiya tezligiga ega bo’ladi. Shuning uchun deformatsiya tezligini
oshirish ishlov berish xarakterini o’zgartirishi mumkin: u issiqdan
to’liqmas issiqqa aylanadi, bu bir vaqtda deformatsiyaga qarshi-
likni o'sishi bilan, plastiklikni birdan o’zgarishini keltirib
chiqaradi.
Agar ishlov bcrish mo’rtlik sohasiga yaqin temperaturalarda
o’tkazilayotgan bo’lsa, deformatsiya tezligini o'zgarishi boshqacha
ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, texnik toza temir (armko-
temir) 825-1100° temperatura oralig’ida mo’rtlik sohasiga ega.
Agar uni 825° ga yaqin temperaturada katta deformatsiya tezligi
bilan bolg'alansa, deformatsiyaning temperatura ta'siri natijasida
metall mo’rtlik sohasiga tushib qoladi. Xuddi shunday temperatura
ta'siri 1100° ga yaqin temperaturada metallni mo'rtlik sohasidan
olib chiqishi mumkin.
Uzoq muddatli yuklamalar ta'siri ostida, oqish chegarasidan
kichik bo'lgan kuchlanishlarda plastik deformatsiya ro’y berishi
mumkin. Bu relaksatsiya hodisasi bilan bog’liq bo’lib, uning
ta'rifini Maksvell bergan:
«Har qanday jism, uning tabiatidan qat'iy nazar, vaqt o’tishi
bilan unga ta'sir qilayotgan kuchlarga qarshilik qilish qobiliyatini
yo’qotadi».

  1. jadval. Vzoq muddatli yuklanish ta’siri
    (Material - jez, ov=51,5 kg/mm2, 0=36,5 kg/mm2,
    oup=16,5 kg/mm2, 5=14%)

Sinovda beril-
gan kuchlanish,
kg/mm2

40

30-35

25

20

16

Namunani uzish-
gacha o'tgan
vaqt, kunlar

1

25

45

42

110


3-jadval. Uglerodli po’latni yoyiluvchanligi

Sinov temperaturasi, °S

Yoyiluvchanlik

400

450

500

550

600

t sinovdagi oquvchanlik chegarasi, kg/mm2

tezligi,

42,5

36,2

30

23,2

16,2

%/soat

Sinovda berilgan kuchlanish, kg/mm2




4

2,5

1,4

0,8

0,5

10'6

7,3

4,6

2,5

1,4

0,8

105

11

6,6

3,8

2,2

1,3

104

15,2

9,8

5,5

2,8

1,6

10'3

Oqish chegarasidan kichikroq kuchlanish keltirib chiqaradi-


gan uzoq muddatli yuklama, hatto normal temperaturada keyingi
buzilishgacha qadar deformatsiyani asta-sekin ko’payishini keltirib
chiqarishi mumkin. Bu hodisa ba’zi rangli metallarda, masalan,
jezda ayniqsa yaqqol ifodalanishini 2-jadvaldan ko'rish mumkin.
Oshirilgan temperaturalarda plastik deformatsiyaning
rivojlanishi oqish chegarasidan ancha kichik bo'lgan kuchlanish-
larda kuzatiladi. Bu hodisa yoyiluvchanlik (polzuchest) nomini ol-
gan.


  1. Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə