A. V. Mavlonov


Kelajak uchun neft chiqarishni rejalash



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə88/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

12.2. Kelajak uchun neft chiqarishni rejalash

10-15 yil muddatga neft chiqarishni rejalash asosan ishlab turgan konlar, ishga tushirishga tayyorlab qg’yilgan va ochilishi lozim bg’lgan konlar hisobiga bajarilishi lozim. Ishlab turgan konlar hisobi tg’g’risida yuqorida fikr yuritdik.


Ochilmagan konlar hisobini rejalashtirish ulardagi zahiralarga qarab belgilanadi. Bunda albatta ochilishi lozim bg’lgan konning katta-kichikligi, mahsuldor qatlamning joylashgan chuqurligi, uning geologik kg’rsatkichlari va gidrodinamik xossalari shu rayonda ishlab turgan konlarga solishtirgan holda va dastlabki ma’lumotlar asosida qilingan hisob-kitoblarga qarab fikr yuritiladi. Har xil holatlarga qarab qazib, olinishi lozim bg’lgan zahiraning yiliga 3-9% ni chiqarish ehtimoli mavjudligidan kelib chiqib reja tuziladi. Bunda neft chiqarish sur’ati aksariyat katta konlarda va kam mahsuldor konlarda pastroq bg’ladi.
Bunday rejalash chog’larida o’lkaning umumiy rivojla-nishi va bu ishda neft-gaz konlarining tutgan g’rni ham hisobga olinishi lozim. Undan tashqari shu muddat davomida sodir bg’lishi mumkin bg’lgan g’zgarishlar va takomillashishlar ilmiy texnik g’sish asosida rejalashtirilishi lozim.
Neft-gaz sanoati xodimlari uchun turmush sharoitlari-ning odatdagi holatlari ta’minlangan bg’lishligiga ahamiyat berish rejalashtiruvchi tashkilotlarning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
12.3. Gaz chiqarishning xususiyatlari

Bizda gaz chiqarish uni bir joydan ikkinchi joyga etkazib berish saqlash hamda ishlatuvchiga etkazish bir butun ish jarayonidir. Undan tashqari gaz ishlatishning yilning fasllariga qarab o’zgarishi ham hisobga olinishi va gaz ishlatuvchining (u shahar bg’ladimi, sanoat korxnasimi yoki elektrostantsiyami) gaz bilan uzluksiz ta’minlanishini tashkil asosiy maqsadimizdir.


Hozirgi kunda mamlakat hududlarini tg’la gazlashtirish oldimizda, turgan asosiy vazifalardan bo’lib, bu ish prezidentimiz Islom Karimovning yurtni gazlashtirish rejasi asosida olib borilmoqda SHu qg’yilgan vazifalarni amalga oshirish hamda ortiqcha gazni eksport qilish evaziga xalq farovonligini oshirish - oldimizga qo’yilgan asosiy maqsadimizdir.
Mamlakatimizning rivojlanishida yoqilg’i energetika mahsulotlarining ahamiyatini idora etgan holda gazning bu boradagi o’rni har bir tuman uchun oldindan rejalanadi va uni gaz bilan ta’minlashning g’sishi chamalanadi. Aksariyat bu vazifa besh yillik rejalar ko’rinishida turmushga tatbiq qilinadi.
Bularni amalga oshirishda mavjud gaz quvurlari (gazaprovod) quvvatiga tayaniladi hamda ularning yangilarini qurish rejalashtirilishi lozim. Bu ishlar bilan vatanimizdagi katta - katta loyihalash institutlari, kompaniyaning mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda muttasil shug’ullanadilar. Albatta bunday hollarda masalani iqtisodiy tomonlarini chuqur tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Ba’zan esa katta rejalarni amalga oshirish maqsadida. kg’pchilikka ahamiyatsiz bo’lib tuyulgan vazifalar amalga oshmay qoladi, chunonchi, katta gaz koni yonida turgan qishloq gaz bilan ta’minlanmagan holda bu gaz ko’p yuzlab naridagi shahar va korxonaga jg’natiladi.
Gaz konlarini ishlatish jarayonida uning kg’rsatkich-larini lozim bg’lgan tuzatishlar kiritib turiladi. Bularga asosiy sabab, gaz zahiralarining holati, yangi konlarning ochilishi, gazning ishlatuvchisi paydo bg’lganligi va shu kabilardir.
Gaz konlarini ishlatish asosan magistral gaz uzatgichlarning quvatiga bog’liq bg’lib, agar ular monelik qilmasa dastlabki davrda gazni iloji boricha kg’proq chiqarish maqsadga muvofiqdir. Albatta buni ta’minlash uchun magistral uzatgich bilan bog’liq kompressiya inshoatlari gaz saqlagichlar va gazning asosiy ishlatuvchilari orasidagi mutanosibliklar barqaror bg’lmog’i lozim. Bunda mavsumiy g’zgarshlar ham inobatga olinadi. Keyingi bosqichda esa gaz konlarining quvvati kamayib qoladi va undan olinadigan gaz faqat g’sha atrofni gaz bilan bir qadar ta’minlashgagina qodir bg’ladi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə