Farzand tarbiyasida otaning o‘rni



Yüklə 65,59 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü65,59 Kb.
#155581
6 мактаб Оталар йиғилиши БАЁНИ расми 23 09


Sariosiyo tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 10-11 yuqori sinf o‘quvchilari Otalari o‘rtasida “Farzand tarbiyasida otaning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan OTALAR yig‘ilishi


B A YO N N O M A S I
2023 yil, 23-sentyabr № 3-sonli “ Boysunobod” MFY

Yig‘ilish raisi: M.Nematullayeva-maktab direktori “
Boysunobod” MFY Safarov Suxrob O‘IBDO‘ Sherova Sayyora,
amaliyotchi psixolog Xamroyeva Ozoda
Yig‘ilish kotibi: Ahatova F -MMIBDO‘
Qatnashdilar: 30-nafar pedagog –xodimlar 25-nafar otalar qatnashdi
K U N T A R T I B I D A:
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 282-sonli buyrug‘i ijrosi to‘g‘risida
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 2012 yil 21 maydagi 139-sonli Qarorining mazmun-mohiyati
3. Davomat, kiyinish madaniyati, darsga kech qoluvchi o‘quvchilar. Sinfdan va maktabdan tashqari to‘garaklarga, 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarga o‘quvchilarni to‘liq qamrab olishga e’tibor yanada kuchaytirilsin.
__________________________________________________________________________ M.Nematullayeva-maktab direktori “
Boysunobod” MFY Safarov Suxrob O‘IBDO‘ Sherova Sayyora, amaliyotchi psixolog Xamroyeva Ozoda Yig‘ilish kotibi: Ahatova F -MMIBDO‘
Yig‘ilishni maktab direktori M.Nematullayevaochib, kun tartibidagi masalalar bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirib o‘tdi. Oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik haqida to‘xtalib quyidagilarni gapirdi:
Yirik mutafakkir Abdurauf Fitratning “Oila” asarida shunday bir hikmat bor: “Qayerda oila tizimi mustahkam asosga ega bo‘lsa, shu yerda xalq baxtli bo‘ladi”. Biz bugun mustahkam oila tizimiga erishishimiz uchun qator muhim omillarga ahamiyat qaratishimiz lozim: oila a’zolarining ijtimoiylashib borishiga yaqindan ko‘maklashish, oila tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilarning (ota-onalar yoki tarbiyalanuvchilarning) ma’lumot darajasini oshirib borish, oila a’zolarining huquqiy madaniyatini oila qonunchiligi (oila kodeksi, huquqiy-me’yoriy hujjatlar, shartnoma instituti) asosida yuksaltirib borish, oila tarbiyasiga ko‘maklashuvchi oila shifokori, mahalla instituti kabi jamoatchilarning amaliy ta’sirini oshirish, oila, mahalla va maktab ta’lim-tarbiya tizimida uzluksizlikni ta’minlash.Biz mana shu muhim vazifalarni bajarsak, oilalarimizda ma’naviyatli, ma’rifatli, jinoyat olami darchalaridan mo‘ralamaydigan farzandlar tarbiyalanadi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish – butun jamiyatning vazi¬fasi. Farzand tarbiyasida oila, mahalla, jamiyatdagi muhit ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyatning har bir a’zosi¬ bu jarayonga mas’uliyat bilan yondashishi, bur¬chini sid¬qidildan bajarishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 282-sonli buyrug‘i ijrosi to‘xtalib quyidagilar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi:
-Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘rsida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”, “Axbarot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonunlari, ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
- odob-axloq qoidalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida xodimlar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun belgilangan xulq-atvor me’yorlari.
-Mazkur qoidalar umumiy o‘rta ta’lim jamoasi va o‘quvchilari rioya etishlari uchun majburiy hisoblanadi.
Hurmatli ota-onalar, shunday ekan bir o‘ylab ko‘raylik. Joriy o‘quv yilining o‘tgan 2 hafta davri mobaynida qaysi ota-ona ushbu qoidalarga qanchalik rioya qilib kelinayotganligi, o‘zi va farzandining faoliyatidan qoniqish hosil qilayotganligi to‘g‘risida. O‘quvchilarimizning, ayniqsa yuqori sinf o‘quvchilarining kiyinish odobi, maktabga o‘z vaqtida kelishi, sochlarining belgilangan me’yordaligi, ichki-tartib va odob-axloq qoidalariga amal qilib kelayotganligi achinarli holatda. Ko‘plab ota-onalarimizning mas’uliyatsizligi oqibatida o‘quvchilar maktabga o‘z vaqtida kelmasdan 5-10 daqiqagacha kechikib kelishadi va turli xil bahonalarni vaj qilishadi. Ayrim o‘quvchilarimiz, shuningdek, qiz bolalarimiz maktab formasida kelmaydi. Bu masalalrda biz siz ota-onalardan yaqindan yordam berishingizni so‘raymiz. Zero farzand tarbiyasiga hammamiz birdek mas’ulmiz.

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan G. Muhitdinova ma’ruzasi tinglandi. O‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 2012 yil 21 maydagi 139-sonli Qarorining mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.


I. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom idoraviy mansubligidan qat’i nazar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mu¬assasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibini belgilaydi hamda sifatli ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishda, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida o‘quvchi yoshlarning sog‘lig‘ini sakdashda xavf-xatarlarni kamaytirishda o‘quvchilar va talabalarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligiga erishish va o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish ushbu Nizomning maqsadlari hisoblanadi.
Ushbu Nizom davlat va nodavlat ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi hamda ta’lim oluvchilarga, shuningdek, ta’lim muassasalarining barcha toifalardagi xodimlariga nisbatan amal qiladi.
Telefonning saqlanipga uchun faqat uning egasi (ota-onalar) javob beradilar.
Ushbu Nizomning maqsaddariga muvofiq uni ishlab chiqish quyidagi vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan:
a) boy intellektual meros asosida yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar va milliy mustaqillik g‘oyalariga hurmat va sadoqat ruhida tarbiya-lash;
b)o‘quv jarayonida, shu jumladan ta’lim oluvchilar to¬monidan telefonlardan foydalanish bilan bog‘liq quyidagi salbiy hodisalarning oldini olish va bartaraf etish: o‘kuv materiallarini bajarishda ulardan shpargalka sifatida foydalanish, shuningdek mashg‘ulotlar vaqtida ta’¬lim oluvchilar foydalanadigan turli o‘yinlarni yozib olish va telefon xotirasida saqlash;
yoshlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy xislatlarni buzuvchi, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va parnografik, shuningdek reaksion-sektant, soxta diniy mafkurani targ‘ib qiluvchi, atrofdagilarni salbiy harakatlarga undovchi materiallardan iborat bo‘lgan ko‘rgazma, fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-videoyozuvlar, chizma va suratli tasvirlar, ovozli video roliklarni namoyish etish, tarqatish, qo‘llash;
v)ta’lim muassasalarining ichki tartib-qoidalariga rioya etishni ta’minlash uchun ta’lim muassasalarida ta’¬lim oluvchilar tomonidan telefonlardan foydalanishni tartibga solish.
sport tadbirlari va shu kabilar boshlanishidan old¬in ta’lim oluvchilar:
telefonni o‘chirib qo‘yish;
telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shart.
II. Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:
a) telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saklash;
b)telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoklariga ulash;
v)telefoni yordamida:
atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, parnografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;
g)o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish; telefonii stol ustiga qo‘yish;
musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash; surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kal¬kulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va video tasvirga tushirish; telefon (GRRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasala¬rining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GRRS jo‘natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.
Mashg‘ulotlar va turli tadbirlar oralig‘ida telefon orqali so‘zlashish uchun xonadan yo‘lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.
Favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan takdirda ta’¬lim muassasalarida telefondan foydalanish cheklanmaydi.
Ta’lim muassasasining o‘qituvchilari va boshqa xodimlari:
o‘kuv mashg‘ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;
darsdan tashqari vaqtda ta’lim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart.
III. Nizom talablarini buzganlik uchun javobg arlik
Ushbu Nizom talablarini buzgan ta’lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanadi:
ogoxlantirish;
ularning kundalik daftariga yozib qo‘yish;
ota-onalarini xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.
Ushbu Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko‘riladi.
Ushbu Nizom talablari buzilgan takdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, ushbu Nizomni buzganlik holati to‘g‘risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish, ushbu Nizom talablari buzilganligi holatlari to‘g‘risida ogoxlantirish berish huquqiga ega.
Ushbu Nizom talablarining har qanday buzilishi ta’lim muassasasida tuziladigan direktor rahbarligidagi komissiya tomonidan, sinf rahbari, ta’lim oluvchining ota-onalari ishtirokida, shuningdek ota-onalar majlisida muhokama qilinadi.
Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta’lim muassasasining direktori va uning o‘rinbosarlari nazorat qiladi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ta’lim muassasasi ta’lim oluvchilarga tegishli bo‘lgan telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi, ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlarda telefonlarning olib qo‘yilishi hollari bundan mustasno.
Ushbu Nizom talablari har yili imzo qo‘ydirilgan holda har bir ta’lim oluvchiga va uning ota-onasiga yetkaziladi.
Ota-onalar farzand tarbiyasi uchun mas’ul ekanliklarini esdan chiqarmasliklari lozim. Tarbiyani faqat maktab beradi, degan xato fikr bilan yurmanglar. Farzandingiz 6 soat maktabda bo‘lsa, 18 soat oilada bo‘ladi. Ota-ona 3 baravar mas’uliyati ustun ekanligini bilishi kerak. Bola maktabga sababsiz kelmasa, ota-ona Jinoyat kodeksining 47-moddasi bilan jazolanadi. Qonunga hamma rioya etishi shart. Ota-onalar bolasining yurish-turishi, kimlar bilan do‘stligi haqida surishtirib tursalar, salbiy holatlarning oldini olgan bo‘ladilar, ertaga el-yurt oldida yuzlari yorug‘ bo‘ladi.
O‘z so‘zida har kuni maktabga borishini o‘quvchilarning davomati hozirgi kunda yaxshi ekanligi, shuning bilan birga bolalarni darsga 5-10 daqiqagacha hech qanday sababsiz kechikib kelayotganligini tanqidga oldi. U o‘z so‘zida ota-onalarga murojaat qilib e’tiborliroq bo‘lishlari so‘roqsiz dars qoldirmasliklarini, maktabga o‘z vaqtida kelishlarini ta’minlab berishlarini ta’kidlab o‘tdi.
MUZOKARA:
X. Bekov - “Boysunobod” mahallasi fuqarosi.
Nabiralarimning kelajagidan umidim katta. Shuning uchun ularni darsdan so‘ng turli to‘garaklarga ishtirok etishini xohlayman. Surishtirsam, ingliz tili va rus tili fanlaridan to‘garaklarda qatnashadigan o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil etar ekan. To‘g‘ri, bu fanlardan o‘qituvchilar yetishadi, lekin to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tish uchun sinfxonalar yetishmasligini bilaman. Biz “Boysunobod” mahallasida tug‘ilgan shu yerda yashab kelayotgan fuqarolarning hammasi mana shu o‘zimizning 2003 yilda qurilgan maktabda ta’lim olganmiz. Maktabni ahvolini, uning sig‘imini barchamiz yaxshi bilamiz. Biz ota-onalar nomidan tegishli joylarga murojaat yo‘llaymiz, zarur bo‘lsa O‘zbekiston Davlat televideniyasidan jurnalistlarni chaqirtiramiz va bizni mahallamizga yangi maktab qurib berishlarini so‘raymiz. Shunday bo‘lsa-da, siz o‘qituvchilardan chet tili fanlardan to‘garaklar tashkil etishga imkoniyat yaratib berishlaringizni iltimos qilaman.
Farzandlarimizga yo‘l harakati qoidalarini va ularga rioya qilishni o‘rgatishimiz kerak. Bolalar maktabdan qaytishlarida piyodalar yo‘lakchasidan yurishlarini o‘qituvchilarimiz doim aytib kelishadi bunga shubhamiz yo‘q, biz ota-onalar ham uyda farzandlarimizga yo‘lda harakat qilishda ehtiyot bo‘lishlikni doimo o‘rgatib borishimiz kerak.
Hamroyev Abduqodir – “Boysunobod” mahallasi fuqarosi.
Har birimiz bolalarimiz tarbiyasiga mas’ulmiz. Ustozlarni gaplariga qo‘shilaman, farzandlarimizning qo‘lidan telefonlarni olaylik, bu ishlarda har-birimiz o‘qituvchilarga yordam beraylik. Biz ularni telefonlardan qay holatda foydalanayotganligi to‘g‘risida doim nazorat qilib boraylik shundagina farzandlarimiz kelajaklari haqida qayg‘urgan bo‘lamiz. O‘qituvchilarimiz maktabda nazorat qilishadi, lekin afsuski ba’zi ota-onalar ro‘zg‘or tashvishlari deb farzandlariga e’tiborni susaytirib yuborishgan. Biror hodisa bo‘lsa darrov boshqalarni aybdor qilishga urunamiz. Shunday ekan barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib mahallamiz farzandlari tarbiyasiga yanada e’tiborni kuchaytirishimiz lozim deb o‘ylayman.
Yig‘ilish oxirida maktab direktori M.Nematullayevaotalarning savollari va muammolariga javob berdi.
OTA-ONALAR YIG‘ILISHI QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 282-sonli buyrug‘i ijrosi to‘g‘risida (Z. Fattoyev), 83-umumiy o‘rta ta’lim maktabi MMIBDO‘ G. Muhitdinovaning ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Maktab formasini joriy etishning maqsadi o‘zaro tenglik va belgilangan tartib-qoidalarga itoatkorlik hissini uyg‘otish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratish, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirish, o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ijtimoiy tenglik tamoyillarini qaror toptirishdan iborat ekanligi ota-onalar ongiga singdirilsin.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari to‘garaklarga, 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarga o‘quvchilarni to‘liq qamrab olishga e’tibor yanada kuchaytirilsin.
4. Barcha sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilariga:
- O‘quvchilar qalbi va ongiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 2012 yil 21 maydagi 139-sonli Qarorining mazmun-mohiyati haqida yanada chuqurroq singdirish;
- o‘quchilarni maktabga o‘z vaqtida va maktab formasida kelishlarini nazorat qilish;
- mobil telefon olib kelgan va foydalanishda 139-soli qarorda ko‘rsatilgan tartibni buzgan o‘quvchilar to‘g‘risida ogohlantirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 282-sonli buyrug‘ida ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilmagan oila farzandlari va ota-onalariga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun uchastka inspektoriga o‘z vaqtida xabar berish vazifalari yuklatilsin.
- Otalar yig‘ilishiga qatnashmagan otalarning nima sababdan qatnasha olmaganligi sabablari uylariga borgan holda o‘rganilib, keyingi Otalar yig‘ilishiga taklif qilish choralari ko‘rilsin.
5. Ushbu Qarorning bajarilishini nazorat qilish ta’lim muassasasining rahbarlari zimmasiga yuklatilsin
Yig‘ilish kotibi: Xamroyeva Ozoda

Сариосиё тумани 83-умумтаълим мактабида 10-11 синф ўқувчилари оталари ўртасида “Фарзанд тарбиясида отанинг ўрни” мавзусида ўтказилган Оталар йиғилиши” дан ФОТОЛАВҲАЛАР







16.09.2023 йил



Yüklə 65,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə