A b s t r a c t a r t I c L e I n f o


Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities



Yüklə 260,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü260,67 Kb.
#158319
1   2   3
3 - 2023-03-11T130657.120

Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities 
Volume 16, March , 2023 
 
15 
https://periodica.com
yili Abdullaxon II yaqin odami Qulbobo Ko’kaldosh tafsiyasi bilan “Abdullanoma” asarini yozishga 
kirishgan, saroy tarixchisi vazifasida bo’lgan [2, – Б. 213.]. Ma’lumotlarga qaraganda, Hofiz Tanish Buxoriy 
asarni yoza boshlaganida 36 yoshda bo’lgan.
Hofiz Tanish Buxoriy oʻzining shoh asari – “Abdullanoma” (“Sharafnomai shohiy”) bilan tanilgan. 
Asar shayboniy hukmdor Abdullaxon II ga bagʻishlangan boʻlib, 1584-1588-yillarda Buxoroda fors tilida 
yozilgan. 
Muallifning rejasiga koʻra, asar muqaddima, 2 qism (maqola) va xotimadan iborat boʻlishi 
moʻljallangan. Muqaddimada, odatdagidek, oliy hukmdorning sha’niga hamd-u sano, asarning yozilish 
sabablari, Abdullaxoning ota-bobolari, qadimdan Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turk-mo’g’ul qabilalari, 
Chingizxon va uning avlodi haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Birinchi maqolada O’rta Osiyo Qozag’iston 
va qo’shni xorijiy mamlakatlarda 1583-yildan keyin yuz berishi mumkin bo’lgan voqealar. Muqaddimada 
Abdullaxoning sifatlarri uning bilan zamondosh bo’lgan shayxlar, olimlar, shoirlar, vazirlar va amirlar 
shuningdek, Abdullaxon zamonida qurilgan binolar haqida ma’lumot berilgan. Lekin asarni yozilish 
jarayonida reja o’zgargan, birinchi va ikkinchi maqolalar qo’shib yozilgan. Xotima esa muallifning bevaqt 
vafoti tufayli tugallanmay qolgan [3, – B. 239.]. 
Asar qofiyalangan nasr ko’rinishida yozilgan bo’lib, tili, shakli nihoyatda og’ir. Asar o’xshatish, 
istioralarga juda boy. Kitobda O’zbekiston, Qozog’iston shuningdek, Afg’oniston, Eronning XV asrdagi 
ijtimoiy-siyosiy tarixi ham bayon qilingan. Bundan tashqari, xalqlar o’rtasidagi madaniy, siyosiy, savdo- 
diplomatik munosabatlar haqida ham ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Hofiz Tanish Buxoriy asari yakunini XVI 
asrning 80-yillarida yozib tugallaganligi haqida zamondoshlaridan Mutrubiy aytib o’tadi.
Asar yozilgan davr nuqtayi nazaridan ilm-fan taraqqiy etgan, tinchlik, siyosiy barqarorlikka erishilgan, 
toj-u taxt uchun kurashda esa shayboniyzoda Iskandarxonning o’g’li Abdullaxon II (1557-1598) qo’li baland 
keladi. Abdullaxon II Movoraunnahrda hukmron bo’lgan davrda kuchli markazlashgan davlatga asos soladi. 
Bu haqida “Abdullanoma” da batafsil ma’lumotlar keltirilgan [4, – B.21.].
Asarda o’sha davr ijtimoiy-siyosiy hayotida katta o’rin egallagan din ulomolari haqida batafsil 
ma’lumot berib ketilgan. Dinning yirik nomayondalari shunday shaxslar bo’lganki, davlatning ichki va tashqi 
hayotida muhim o’ringa ega bo’lishgan. Hatto xonlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishganlar. Ularga hurmat shu 
darajada kuchli ediki, tug’ilgan shahzodalarni ularga olib borib ism qo’yib berishi va fotiha o’qishi uchun olib 
borishgan. Jumladan, asarda Abdullaxon II tug’ilganida Iskandar sulton ism qo’ydirish uchun zamonasining 
yetuk din olimi Xo’ja Kasoniy (Maxdumi A’zam)
1
oldiga olib boradi. Xo’ja Kosoniy shahzodaga Abdullaxon 
deb ism qo’yadi [5, – Б. 157.]. Bundan tashqari, Abdullaxonni siyosiy maydonga chiqishi va toj-u taxt uchun 
kurashida amaliy yordam ko’rsatgan XVI-XVII asrlarda katta siyosiy mavqega ega bo’lgan Jo’ybor shayxlari 
haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tilgan. Jo’ybor shayxlari Imom Ali avlodi bo’lib Makka va Madinadan 
Nishopurga undan Buxoroga dinni targ’ib qilib kelishadi. Ulardan Abu Bakr Sa’d Yamaniy shayxulislomi 
bo’gan. Uning nabirasi Muhammad Islom ham katta nufuzga ega bo’lib Abdullaxonning piri bo’lgan [6, – Б. 
135 -136]. Jo’ybor shayxlari bu nomni olishiga sabab Muhammad Islomning bobosi Xo’ja Muhammad Yahyo 
Buxoroning Jo’ybor degan yeriga ko’chib kelganidan buyon ularni Jo’ybor shayxlari deb atay boshlangan. 
Ularning mol-mulki va davlati juda behisob bo’lganligini asarda uchratamiz: “Yetti iqlimning tez 
hisoblaydigon hisobchilari, ularning mulkining yuzdan birini ham hisoblay olmaydilar” [7, – Б. 147.]. Bundan 
ko’rishimiz mumkinki, Jo’ybor shayxlari siyosiy va iqtisodiy hayotda katta o’rin egallashgan. Muhammad 
Islom o’zining bobosi Abu Bakr Sa’dga bag’ishlab xonaqoh, masjid va madrasa qurdiradi, uning atroflarini 
bog’ga aylantiradi. Abu Bakr Sa’d mozori oldida Abdullaxon uchun choxarbog’ qurdiradi [8, – Б. 279-281.]. 
Ular davlatning obod bo’lishiga ham munosib hissa qo’shishgan.
Shuningdek, asarda Abdullaxon II ning siyosiy-harbiy yurishlari, toj-u taxt uchun kurashlari, o’tkazgan 
islohotlari, elchilik munosabatlarini ham asar orqali batafsil yoritib o’tadi. Asar bir necha asrlardan beri 
sharqshunos olimlar e’tiborini qozonib kelmoqda. Sharqshunos olim I.I.Umniyakov asarning 17 ta nusxasini 
chuqur o’rganib, asar XVI asrdagi O’rta Osiyo tarixini o’rganishda muhim o’rin tutishini aytadi. Asarni o’zbek 
tiliga tarjima qilishda taniqli o’zbek sharqshunosi Sodiq Mirzayev katta hissa qo’shadi. Olim o’n yil davomida 
asar ustida ishlab 1951-yilda oxiriga yetkazadi [9, – Б. 368.]. Bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, 
1
Mavaunnahrlik alloma, yirik diniy arbob, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili, 1464-1542-yillarda yashab o’tgan. 



Yüklə 260,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə