A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

1.3.6. M o ‘jaz rasm-miniatyuralar
X—XIX asrlar davomida q o ‘lyozma kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan 
nafis m o ‘jaz rasmlar ham tarixiy manba bo ‘lib xizmat qiladi. Yurtimiz tarixi 
va moddiy ashyolar, hunarmandchilik, kiyim-kechak, m e ’morlik obidalari 
va umuman moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini o ‘rganmoqchi b o ‘lsak, 
nafis mo ja z tasviriy san’at namunalari — miniatyura rasmlar qimmatli manba 
rolini o'taydi. Chunki, ularda tarixiy ashyolar tasviri aynan, b a ’zan badiiy 
ijod xususiyatlariga moslashtirilgan holda aks ettiriladi.
Masalan, buyuk m u s a w ir ustod Kamoliddin Behzodning “ Samar- 
qanddagi Bibixonim masjidining qurilishi” nomli mashhur rasmini eslatish 
kifoya. Bu rasmda XV asrdagi m ehnat qurollari, qurilish jarayoni, unda 
ishtirok etayotgan ustalar t o ‘g‘risida mukammal ta sa w u r beriladi. Bunday 
rasmlardan tarixni o ‘rganishda tasviriy vosita sifatida unumli foydalanish 
mumkin. Biz so‘nggi yillarda chop etilgan manbalarda ulardan shunchaki 
befarq foydalanishlarini ko'rishimiz mumkin.
8


U m u m an , bizgacha yetib kelgan qadimgi devoriy rasmlar va q o ‘lyozma 
kitoblarga ishlangan h am d a alohida m u ra q q a ’lardagi rasmlarning tarixiy 
m anba sifatidagi ahamiyati juda katta.
Ko'rib chiqqanimizdek, m anbashunoslik fani tadqiqot manbalari juda 
ko‘p va xilma-xil b o ‘iib, biz eng asosiylari t o ‘g ‘risida m a ’lumot berdik. 
Yana bosma, toshbosma kitoblar, vaqtli m atbuot — jurnal va gazetalar 
h am tarixiy m a n b a hisoblanadi. S hu k u n la rd a texnika taraqqiyoti 
munosabati bilan yana tovushli m anba, foto m anba, kino-televidenie 
manbalari va internet materiallari ham paydo b o ‘lib, ular a n ’anaviy 
manbalarni inkor etmaydi, balki q o'shim cha vosita b o ‘lib xizmat qilishi 
m um kin. Ayniqsa kompakt disklarning yaratilishi turli yangi pedagogik 
vositalarni q o ‘llash imkonini yaratadi.
M anbashunoslik fani tarix ilmining fundam ental y o ‘nalishi b o ‘!ib, bu 
sohada faoliyat olib borish uchun bir necha tilni bilish va yozma manbalar 
t o ‘g ‘risida katta bilim va tajribaga ega b o ‘lish talab qilinadi.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə