m em u ar asarlar, sayyoh va elchilar esdaliklarini ko‘rib chiqamiz.
Aksariyat yozma asarlar nasrda ijod etilgan.
Ayrim tarixiy asarlar,
jumladan, Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», M uham m ad Solihning
«Shayboniynoma» asari she’riy yo‘nalishda yozilgan.
Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni
o ‘rganishda rasmiy hujjat, moliyaviy-hisobot daftar va yozishmalarning
ahamiyati benihoya kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni
m a ’lum yuridik shaklda bevosita va ko ‘p
hollarda aynan qayd etishi
bilan qimmatlidir. Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasmiy yozishmalarda
soxtalari ham uchrab turadi. Shuning uchun ham ulardan foydalanilganda
diq q at-e’tibor va z o ‘r ehtiyotkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish
olib borganda, undan biron ijtimoiy-siyosiy voqea yoki faktni talqin etish
uchun
foydalanish jarayonida, bittasi bilan kifoyalanmasdan, o ‘xshash
bir necha hujjat, manbalarni qo'shib o ‘rganmoq zarur. Chunki, bitta
hujjatda faqat bir kelishuv yoki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun
faqat bir huijat bilan m a ’lum ijtimoiy-siyosiy masala ustida q a t’iy fikr
yuritib, umumlashtirib q a t’iy xulosaga kelib b o ‘lmaydi.
Ikkinchi guruh asarlar t o ‘g ‘risida shuni aytish kerakki,
ular hu k m ro n
sinfning topshirig‘i bilan yozilgan va shu tufayli ularning sahifalarida
ko'proq podshohlar va xonlar, amirlar va yirik ruhoniylarning hayoti va
faoliyati yoritilgan, moddiy boylik yaratuvchi mehnatkash xalqning tarixi
esa ko‘p hollarda chetlab o ‘tilgan.
Xullas,
bu asarlarda, y a ’ni yozm a m anbalarda hukm ron sinfning
dunyoqarashi o ‘z ifodasini topgan, o ‘sha sinfning maqsad va manfaatlari
ifoda etilganligi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: