9-mavzu: Odamning bilish qobiliyatlari Reja: 1- odamning bilish qobiliyati



Yüklə 33,78 Kb.
səhifə10/11
tarix18.09.2023
ölçüsü33,78 Kb.
#122321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
enkonometrika

Psixologik mezon odamning ichki ishonchiga asoslanadi. Masalan, fransuz filosofi R.Dekart u psixologik mutlaq ishonarli, tadqiqotchilarda hech qanday shubha tug‘dirmaydigan narsa haqiqatdir deydi. Lekin, psixologik ishonch hamma vaqtda ham haqiqatni kafolatlamaydi. Axir tarixda odamlar haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q narsalarga juda ishongani to‘g‘risida tarixda faktlar ko‘p. Masalan, qadimgi odamlar yer tekis va okeanlarda katta toshbaqa (katta kitlar) ustida suzib yuradi deb o‘ylaganlar.
Estetik mezon haqiqiy bilimning «go‘zalligi» bilan bog‘liq. Ba’zi olimlar va filosoflar haqiqiy bilim estetik uyg‘un va go‘zal deydi. Masalan, fiziklar fizik kattaliklarning munosabati u yoki bu formulada «go‘zal» ko‘rinadi – matematik uyg‘un deb aytishlari mumkin. Ammo bu yerda ham odam xatolardan holi emas. Axir, estetik go‘zallik to‘g‘risidagi qarashlar har xil odamlarda farq qiladi. Bu mezon his tuyg‘usi yuqori rivojlangan odamlarda bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, har bir fan sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchi o‘z obyektini o‘rganishga kirishar ekan, o‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqidagi bilimlarga birdaniga ega bo‘lmaydi. Buning uchun u bu predmet yoki hodisa ustida ma’lum davr ichida tinmay turli xil izlanish va tadqiqotlar olib boradi va o‘z tadqiqot jarayonida turli xil yo‘llar, usullar va vositalardan foydalanadi, ruhiy va aqliy jarayonlarni kechiradi. Shundan keyingina u o‘zi tadqiqot olib borayotgan predmet yoki hodisa yuzasidan ma’lum yangi bilimlarni hosil qilishi mumkin. Bunda to‘g‘ri tanlangan ilmiy bilish metodlari tadqiqotchilarning izlanishlarida tadqiqot yo‘lini yorituvchi bir mash’aldir.
Ilmiy bilishda to‘g‘ri tanlangan metod shu metod yordamida qilingan ilmiy kashfiyotga nisbatan qimmatliroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday metod bilan tadqiqotchi bir emas, balki bir necha ilmiy kashfiyotlar qilishi mumkin.


3-§. Bilish metodologiyasi.
Ilmiy bilish metodlarini o‘rganish falsafada metodologiyaning paydo bo‘lishiga olib keladi. Metodologiya ilmiy bilish metodlari haqidagi falsafiy talimot sifatida o‘zida kishilar dunyoqarashi prinsiplari, ularning bir butun amaliy va nazariy faoliyatlariga tadbiq o‘rganadi. Metodologiya termini falsafada ko‘p ma’nolidir. U bir o‘rinda borliqni ilmiy bilish va o‘zgartirishning metodlari haqidagi nazariyani ifodalasa, ikkinchi o‘rinda u butun ilmiy bilish metodlarining yig‘indisi ma’nosini ifodalaydi. Uchinchi bir o‘rinda esa, metodologiya termini insonning borliqni ilmiy bilish va o‘zgartirishning eng umumiy metodi ma’nosida qo‘llanadi.

Ilmiy bilish metod va metlodologiya terminlari bir-biri bilan juda yaqin va o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Metodologiyaga ko‘ra ilmiy tadqiqotlarga qo‘llaniladigan metodlar bir-birlaridan o‘z tabiati, xarakteri, qo‘llanish sohalari, qo‘llanish ko‘lami, darajali jihatdan farq qiladilar. Ular bir-birlaridan ilmiy


bilishning empirik va nazariy darajalariga bog‘liqligi jihatidan ham farq qiladilar. O‘z qo‘llanish ko‘lamiga ko‘ra ilmiy metodlarning ba’zilari hamma ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilsa, boshqa bir xillari ko‘pchilik fan sohalaridagi olib boriladigan tadqiqotlarda, uchinchi bir xillari esa alohida, ayrim fan sohalarida olib boriladigan tadqiqotlardagina qo‘llaniladi.
Ilmiy bilishning eng umumiy ilmiy metodining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u tadqiqotchilarning har qanday ongli amaliy va nazariy faoliyatida, hamma va har qanday ilmiy tadqiqot sohasida qo‘llaniladi.
Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlari - bular ko‘pchilik yoki bir guruh fan sohalarida qo‘llaniladigan, ilmiy bilishning empirik bosqichiga oid bo‘lgan metodlardir.
Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlari esa olib boriladigan ilmiy tadqiqotla ularning nazariy bosqichda qo‘llaniladigan metodlardir.
1 jadval



Yüklə 33,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə