9-mavzu: Odamning bilish qobiliyatlari Reja: 1- odamning bilish qobiliyati



Yüklə 33,78 Kb.
səhifə6/11
tarix18.09.2023
ölçüsü33,78 Kb.
#122321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
enkonometrika

5. Bilish va o‘z-o‘zini anglash. Inson voqelikni aks ettirish bilan bir qatorda o‘zi haqida fikr yuritish, ruhiyatida kechayotgan jarayonlarni tahlil qilish, xatti-harakatlarini boshqarishdek qobiliyatga ham ega. Bu o‘zini o‘zgalardan ajrata bilish, o‘ziga munosabat, imkoniyatlarini baholash o‘z-o‘zini anglash sifatida namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglashda o‘zini bilish, baholash va tartibga solishdek unsurlarni ajratish mumkin. Bu unsurlar o‘z-o‘zini anglashning sohibiga - subyektiga ko‘ra farqlanuvchi muayyan shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatga xosdir.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi haqida gap ketar ekan, u o‘zini alohida organizm, oila, ijtimoiy guruh, millat, madaniyatga mansubligini va yuqoridagi xususiyatlaridan qat’i nazar alohida va betakror «Men» sifatida anglashdek bosqichlarni bosib o‘tishini ta’kidlash zarur.
Insonning kamol topish jarayoni, o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Masalan, dastlabki davrda bolada avvalo, boshqalar tomonidan berilgan tasavvur va baholar ustunlik qiladi. Bolaning tafakkuri o‘sishi bilan, u olamni mustaqil anglay boshlaydi va o‘zining imkoniyatlarini o‘zi baholashga o‘rganib boradi. Aynan mana shu davrda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiya muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki, aynan mana shu tarbiya ta’sirida bolada o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ham yoki unga ortiqcha baho berib yuborish holati ham shakllanib qolishi mumkin.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglash jarayonida u mansub bo‘lgan madaniyat, turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omillar ham kuchli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday xilma-xil ta’sirlar mavjudligi shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, baholashi va faoliyatini tartibga solishi, nazorat qilishini ta’minlaydi. Aks holda ozgina iqtisodiy qiyinchilik, kichkinagina ijtimoiy muammo shaxs hayotini izdan chiqarib yuborishi, turli xil ta’sirlar domiga tortishi mumkin. Buni tushunib olish bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash tobora keskinlashib va intensivlashib borayotgan bir sharoitda ayniqsa muhimdir.

Yüklə 33,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə