8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar



Yüklə 27,29 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü27,29 Kb.
#145122
  1   2   3   4
8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Rej

8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar.


Reja

  1. Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.

  2. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.

  3. O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.


Bozor munosabatlari sharoitida aholining ish bilan bandligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. CHunki, ishsizlik muammosining mavjudligi bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. SHunday ekan, ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad - aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat Jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirida dunyo bo‘yicha 56 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda O‘zbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bu yerda yangi ish o‘rinlarini yaratishning o‘ziga xos mexanizmlari tarkib topib, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha izchil amal qilib kelmoqda.
Mamlakatda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsad chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda. Aholi real daromadlarining oshishida respublikada makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasaygani, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani ham asosiy omil boiib xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq miqdorlarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati barqaror suratda o‘sib bormoqda. Jumladan, 2009-yilda 2000-yilga nisbatan o‘rtacha ish haqi 28,5 barobar, pensiyalarning o‘rtacha miqdori qariyb 18 barobar, aholi jon boshiga nisbatan pul daromadlari esa 12 barobar oshgan boisa, birgina 2012-yilning o‘zida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga, aholining real daromadlari yil mobaynida

17,5 foizga ortdi. Umuman, aholi jon boshiga real daromadlar 2000-yilga nisbatan 8,6 marta, o‘rtacha ish haqi esa iste’mol savatchasi qiymatidan 4 martadan ko‘proq oshdi.
Aholining o‘sib borayotgan to‘lov qobiliyati bilan mamlakat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari hajmi o‘rtasida ichki bozorda mutanosiblikni ta’minlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish, bozorlari ular bilan ishonchli tarzda to‘ldirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki, aholining turmush farovonligi ko‘p jihatdan uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Mazkur masalani hal etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatlaridan yanada samarali foydalanish zarur boiadi.
Aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat aholisiga tabiiy gaz qo‘shni davlatlardagiga nisbatan arzon narxlarda yetkazib beriladi. Masalan, aholiga 1 ming m3 hajmdagi tabiiy gazni sotish uchun Qirg‘izistonda 309 dollar, Tojikistonda 303,5 dollar, Qozog‘istonda 100-140 dollar, 0 ‘zbekistonda esa 30 dollar narx belgilangan. SHuningdek, mamlakat mustaqillikka erishgach, aholi uy-joylari va xonadonlarni gazlashtirishga katta e4ibor qaratildi. Ayniqsa, bu borada shahar va qishloqlaming gaz bilan ta’minlanish darajasi o‘rtasidagi tafovutni keskin qisqartirishga ahamiyat berildi. Buning natijasida 2010-yilda mamlakatdagi xonadonlaming gaz bilan ta’minlanish darajasi shahar joylarda 85 foizni, qishloq joylarda esa 78,7 foizni tashkil etdi. SHu kunga qadar jami gazlashtirilgan xonadonlar soni 4270,6 mingtani tashkil etib, shundan 2419,8 mingtasi shaharda, 1850,8 mingtasi esa qishloqda joylashgan. Mamlakat tarixida ulkan tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, juda muhim ijtimoiy dasturlar ham qabul qilinib, ulaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishi yurtning gullab-yashnashida, yoshlar tarbiyasida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Mamlakat jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaganidan keyin, 1996-yilga kelib dastlabki ijtimoiy dasturlar qabul qilindi. Bu, avvalambor, har qaysi yilga alohida nom berish va shu asosda Davlat dasturlarini qabul qilish bilan bog‘liqdir.
Yillarga alohida nom berishning mazmun-mohiyati yagona maqsadga, shu muazzam o‘lkada yashayotgan har bir insonning hayoti yanada mazmunli, zavqli, to‘laqonli bo‘lishiga yetarli sharoit va imkoniyatlarni yaratish bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi “Bu muqaddas vatanda azizdir inson” degan so‘zlarda o‘z mujassamini topgan. Har bir yilda inson hayotining qaysidir jabhasini o‘rganishga, takomillashtirishga zamin yaratuvchi dasturlar ishlab chiqildi va rejalashtirilgan vazifalar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatda 1997-yil “Inson manfaatlari yili”
deb e’lon qilinib, hur o‘lkada yashayotgan har bir inson manfaatiga e’tibor berish, jamiyat manfaatlari bilan har bir shaxs manfaati uyg‘unligini ta’minlash va komil insonni tarbiyalash uchun qulay tarbiyaviy muhitni vujudga keltirish bosh maqsad qilib belgilandi.
“Inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida davlat byudjetidan 123 milliard so‘m yoki barcha byudjet xarajatlarining qariyb 40 foizi ajratildi. SHu yili 6,7 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, shundan 5,4 million kvadrat metr uy-joy qishloq joylarda barpo etildi. Toshkentda “ Yunusobod” y’opiq tennis korti va “Jar” sport-sogiomlashtirish majmuasi qurib tugallandi. “Inson manfaatlari yili” dasturining mantiqiy davomi sifatida 1998-yil “Oila yili” deb e’lon qilindi. Oila manfaatlarini ta’minlash borasidagi davlat dasturi kompleks mazmunga ega bo‘lib, u bir yuz ellikdan ortiq tadbirni o‘z ichiga oladi. 1998-yilda ushbu tadbirlarni bajarish uchun davlat byudjetidan 144,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Farzandning barkamol shaxs sifatida kamol topishida va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi insonni yetishtirishda onaning roli beqiyos. SHu sababli 1999-yil “Ayollar yili” deb e’lon qilindi. Ayollar sog‘ligi, xususan, onalar salomatligini yaxshilash, ularning ijtimoiy, boshqaruv faoliyatidagi ishtiroklarini ta’minlash va kengaytirishga xizmat qiluvchi huquqiy asos yaratildi. 2000-yilga “Sog‘lom avlod yili” deb nom berildi. Har qanday davlatning mustahkam bo‘lishi va taraqqiy etishining birinchi sharti – aql-idroki mukammal, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ruhi tetik, o‘zining fuqarolik burchi va mas’uliyatini to ia anglab yetgan sogiom avlodni shakllantirish bilan bog‘liqdir.
2001-yil mamlakatda “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilindi. O‘zbekistondagi ayollarning 90 foizi tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. Orolbo‘yi mintaqasidagi murakkab ekologik sharoitda yashayotgan xotin-qizlar va bolalarning yoz mavsumida yaxshi dam olishini tashkil etish va salomatligini tiklashga alohida e’tibor berildi. Toshkent, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona vodiysining sog‘lomlashtirish oromgohlarida 4 ming 500 nafar xotin-qizlar, 20 mingdan ortiq bolalar hordiq chiqarib, malakali tibbiy yordam oldi. Bu maqsadlar uchun jami 560 million so‘m mablag‘ sarflandi. 2002-yil mamlakatda “Qariyalarni qadrlash yili”, deb e’lon qilindi. Bunday nom berishdan maqsad - mamlakatda olib borilayotgan davlat siyosati, qurilayotgan davlat tizimi, barpo etilayotgan yangi jamiyat, hayotda qaror topayotgan ezgu qadriyatlar zamirida, avvalo, O‘zbekistonning buyuk kelajagini o‘ylab, yillar davomida shu oliyjanob ishga o‘z hissasini qo‘shgan, ana shu poydevorining tamal toshini qo‘ygan insonlarni ulug‘lash, ko‘lami rozi qilish edi. 2002-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Taxiyatosh” sanatoriy-profilaktoriyasi, Namangan viloyatida urush va mehnat faxriylariga mo‘ljallangan “Kosonsoy” sihatgohi va, shuningdek, yolg‘iz qariyalar uchun Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida yirik saxovat uyi barpo etildi.
2003-yil “Obod mahalla yili” deb nomlandi. “Obod mahalla yili” davomida
5 ming 630 ta mahalla hududida ko‘plab kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish hisobidan qariyb 155 mingta yangi ish o‘rni yaratildi va buning natijasida kam ta’minlangan fuqarolardan 110 ming nafari ish o‘rniga ega bo‘ldi. Bu muhim ishga tijorat banklari tomonidan 36 milliard 155 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Dastur doirasida 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatildi. 2004-yil “Mehr va muruvvat yili” deb nomlandi. Mamlakatdagi mavjud 93 ta “Mehribonlik uyi” va maxsus maktab-internat binolari to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi va rekonstruksiya qilindi. Bunda, faqatgina “Mehribonlik” uylarining o‘ziga 24 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, ishlarning 85 foizi homiylar tomonidan bajarildi. Bunday xayrli ishlarga nafaqat mamlakatdagi, ayni paytda xalqaro miqyosdagi tashkilotlar ham o‘z hissasini qo‘shayotgani diqqatga sazovordir. CHunonchi, “UNISEF”, “World koncern”, “Engrag”, “Amerikers” va boshqa tashkilotlar tomonidan 6 milliard 500 million so‘mlik insonparvarlik yordami ko‘rsatildi. “Sihat-salomatlik yili” deb nomlangan 2005- yilda respublikadagi 38 ta shifoxona va sihatgoh yangitdan barpo etilib, 93 ta davolash-profilaktika muassasasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. SHuningdek, bir smenada 10 ming 500 bemorni qabul qila oladigan ambulatoriya- poliklinika muassasalari, jumladan, 210 ta qishloq vrachlik manzili ishga tushirilib, qancha-qancha odamlarning shifo topishiga, kasalliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda. 2006-yil Prezident tashabbusi bilan “Homiylar va shifokorlar yili” deb nomlandi. Davlat va nodavlat tashkilotlar hamda homiylar ko‘magida ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarga 10 milliard so‘mlikdan ziyod qoramol olib berilgani mamlakatda saxovat va himmatlilikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. Millionlab fuqarolar ishtirok etgan umumxalq xayriya hasharlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan 2 ming nafar yolg‘iz keksa va 66 ming kam ta’minlangan oilaning 3 million 570 ming kvadrat metr uy-joyi ta’mirlab berildi. SHuningdek, kam ta’minlangan oilalarga mansub salkam 725 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 16 milliard so‘mlikdan ziyod kiyim-bosh bilan ta’minlandi. SHuningdek, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili” , 2008-yilga “Yoshlar yili, 2009-yili “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010-yilga “Barkamol avlod yili”, 2011 yili “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yil “Obod turmush yili”, 2014 yili “Sog‘lom bola yili”, 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”, 2016 yili “So‘lom ona va bola yili”, 2017 yili “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili ”, 2018 yili “Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab- quvvatlash yili”, 2019 yili “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili ”, 2020 yili “Ilm ma’rifat va raqamli isrisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlangangan. Yuqorida keltirilga yillarning
barchasida inson omili va uni himoya qilish masalasi ustivorligini anglash qiyin emas.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq- tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart- sharoitlar yaratdi.
“Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, – dedi Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi marosimiga bag‘ishlangan nutqida, – o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining IV bo‘lim Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlanib unda: 1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, 2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, 4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, 5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari kompleks tizimli ravishda amalga oshiriladigan vazifalar berilgan.

Yüklə 27,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə