8- mavzu: ta'limning tashkiliy shakllari va metodlari asosiy savollar


Loyihalashtirish va rejalashtirish



Yüklə 60,79 Kb.
səhifə6/15
tarix21.10.2023
ölçüsü60,79 Kb.
#129895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
8-mavzu

Loyihalashtirish va rejalashtirish o'quvchilarning o'quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo'lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi)qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o'zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so'rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg'utot keyingi bosqichiga qanday o'tish, oldindan ko'zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo'yicha qayta o'zgartirish)ni belgilab olishga im^n beruvchi hujjatdi Darsning reja- konspekti. Darsning texnologik xaritasi.
Ta'limning boshqa tashkiliy shakllari: uy vazifasi, fan to‘garaklari, o‘quvsayohati, amaliyot va boshqalar.
Ta'limning yordamchi shakllari: to'garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg'ulot, o'quv ekskursiyalari, o'quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi. Maktabdan tashqari mashg'ulotlaming asosiy va barqaror turlariga o'qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o'quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi - darsda o'zlashtirilgan bilim, ko'nikmava malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o'quvchilarning individual layoqati, iste'dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Fan to'garaklari yo'nalishi, mazmuni,ish metodi, o'qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o'quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o'qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi..
Ta'limningyordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo'lishi mumkin. O'quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo'yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o'tkazish uchun o'qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob'ekt va mashrut bilanoldindan tanishib chiqishi, to'la rejani ishlab chiqishi, o'quvchilarni bo'lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak.
O'quvrejasi turli fakultativ va tanlov bo'yicha kurslarni tashkil etishni ko'zda tutadi. Ular o'quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan bog'liqlikda ishlab chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlari ro'yxatini aniqlashda faqat o'quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo'yicha mashg'ulotlar majburiy va umumiy o'rta ta'lim fanlari bilan uzviy bog'liqlikda o'tkazilishi kerak.

Yüklə 60,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə