8- mavzu: ta'limning tashkiliy shakllari va metodlari asosiy savollar



Yüklə 60,79 Kb.
səhifə1/15
tarix21.10.2023
ölçüsü60,79 Kb.
#129895
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
8-mavzu


8- MAVZU: TA'LIMNING TASHKILIY SHAKLLARI VA METODLARI
Asosiy savollar:


  1. Ta'limni tashkil etish shakllari tushunchasi. Dars - o‘qitishning asosiy tashkiliy shakli

  2. Darsning turlari va tuzilishi.

  3. Ta'limni tashkil etishning noan'anaviy shakllari

  4. “Ta'lim metodlari” tushunchasining mohiyati

Darsning maqsadi:Talim oluvchilarga ta'limni tashkil etishning mazmun-mohiyatini, turlari va shakllari haqida bilim va ko'nikmalar berish
Kalit so'zlar: Dars, dogmatik o'qitish, muammoli ta'lim, mujasssamlashtirish, rivojlantiruvchi ta'lim, mustaqil ta'lim, hamkorlik ta'limi, individual ta'lim, faol o'qitish, kompyuter ta'limi, dasturiy ta'lim, modul ta'limi, faol o'qitish. zamonaviy texnologiya, ilg'or pedagogik texnologiya, axborot texnologiya, raqamli texnologiya, metod, vitual- stend, internet, xalqaro tajriba, kredit-modul tizimi.

  1. Ta'limni tashkil etish shakllari tushunchasi. Dars - o‘qitishning asosiy tashkiliy shakli

Didaktik g'oyalar (tizimlar) tarixiy taraqqiyot jarayonida yangi g'oyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlarning ketma-ketligi o'qitish nazariyasi va amaliyotining umumiy qonuniyatidir.
Ta'lim turlari (yunoncha «species» alohida, o'ziga xos xususiyatga ega) o'quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvdir. Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:

  • arxaik (ibtidoiy);

  • qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);

  • avestiy (Baqtriya, Sug'diyona, Xorazmda - eramizdan avv. VII-VI asrlar);

  • yunon (Ellins, rim-yunon, rim - eramizdan avv. V-I asrlar);

  • o'rta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar);

  • yangi (tushuntirish, tushuntirish-ko'rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o'qitish muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion);

  • xorijiy (tushuntirish, tushuntirish-ko'rgazmali, dasturlashtirilgan, muammoli- dasturlashtirilgan, kompyuterli o'qitish, masofali, Internet yordamida o'qitish va shu kabilar).

Avesto g'oyalariga ko'ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo xududida zardushtiylik dini yuzaga kela boshlaganda tashkil topdi. “Avesto” zardushtiylik muqaddas manbai bo'lib, u o'z davrining entsiklopediyasi hisoblagan. “Avesto” g'oyalariga binoan bolalar va yoshlarni o'qitish hamda tarbiyalash quyidagilardan iboratdir:

  1. diniy va ma'naviy tarbiyalash;

  2. jismoniy tarbiya;

  3. o'qish va yozishga o'rgatish.

Yoshlarni tarbiyalashda ona erga, atrof-muhit, tabiatga muhabbat hissini uyg'otish muhim yo'nalish hisoblangan. “Avesto”da barkamol shaxs obrazi haqida aniq tasavvurlar ifoda etilgan.
Muntazam o'qitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Sukrot (eramizdan avvalgi 469-399 er. avv. yillar) va uning o'quvchilari tomonidan keng qo'llagan yordamchi savollarga javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod suqrotcha suhbat metodi nomini olgan. O'qituvchi (faylasuf) o'quvchida qiziqish, bilishga intilishni uyg'otadigan savoldan foydalanadi, mulohaza yuritish asosida o'quvchini voqea-hodisalarning mohiyatini idrok etishga undaydi. O'qituvchining mulohazasi ko'pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to'ldirilib turiladi. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha o'quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Dogmatik o'qitish - jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo'lib, o'rta asrlarda keng tarqalgan. O'rta asrlarda G'arbiy Evropada dogmatik o'qitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili etakchi o'rin tutgan. Musulmon pedagogik kontseptsiyasi sezilarli intellektuallik xususiyatiga ega bo'lgan. Komillikka bilimlaridan faol foydalana oladigan odamgina erishishi mumkin deb hisoblangan. “Haqiqiy g'oyalar” (Abu Ali Ibn Sino. «Donishnoma» ,«Bilimlar kitobi»), haqiqiy bilimlarni o'zlashtirishga ikki to'siq xalaqit qiladi: so'zlarining aniq va fikrlarining tushunarli emasligi. Mazkur kamchilikni bartaraf etishda logika alohida o'rin egallaydi. Musulmon mamlakatlarida bolani o'qitish va tarbiyalashda u tomonidan Qur'onning arab tilida yod olinishi bilim eshallashning asosiy shart hisoblangan. Bundan tashqari XV-VII asrlarda bir qator maktablarda fors tili ham o'rgatilgan. Asosiy ta'limni bolalar maktablar - boshlang'ich maktabda olganlar (muqaddas kitobni o'qish va talqin qilish mashg'ulotlari, o'qish, yozish va hisobga o'rganganlar). Dogmatik o'qitishda o'quvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash, o'qish, yod olish, eslab qolish va matnni so'zma-so'z takrorlashdan iborat bo'lgan.
Oliy ta'lim madrasalarda berilgan. Movarounnahrdagi eng yirik o'quv maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch va G'ijduvondagi madrasalarni kiritish mumkin. Bu ma'rifiy markazlarining rivojlanishi XV-VII asrlarga to'g'ri kelgan. Madrasalarda o'qitish fors tillarida olib borilgan. Talabalar majburiy tarzda arab tilini ham o'rganganlar. O'quv rejasiga grammatika, Qur'on, Hadis, ritorika, logika, metafizika, geologiya, adabiyot, huquqshunoslik kabi fanlar kirgan. O'qitish asosan og'zaki shaklda olib borilgan. Biroq talabalar foydalangan o'quv adabiyotlari asta-sekin ancha ko'p qirrali, turli-tuman bo'lib boradi. Maktab ta'limi erkaklar uchun mo'ljallangan. Ammo har bir badavlat oila qiz bolani o'qitish uchun uyga o'qituvchini taklif etgan.
Dogmatik o'qitish o'rniga asta-sekin o'quv jarayonida ko'rgazmalilikni keng jalb etish natijasida tushuntirish, tushuntirish-namoyish etish kabi ta'lim shakllari qo'llanila boshlandi.
Ayni vaqtda respublika hududida faoliyat yuritayotgan zamonaviy ta'lim muassasalarida ta'limning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda:

  • tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta'lim (u an'anaviy yoki axborot beruvchi ta'lim ham deb ataladi);

  • muammoli o'qitish;

  • dasturlashtirilgan ta'lim yoki kompyuterli o'qitish.

Bugungi kunda o'rta asrda keng qo'llanilgan ta'lim turlari - dogmatik va sxolastik o'qitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda. Tushuntiruvchi-namoyil etuvchi ta'lim nomidan mohiyati anglanib turibdi. Ko'rgazmalilik asosida tushuntirishning asosiy metodlari tinglash va eslab qolish sanaladi.
Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta'lim turi vaqtni tejash, o'qituvchi va o'quvchilarning kuchlarini asrash, qiyin bilimlarni tushunishni osonlashtirish, ta'lim jarayonini ancha samarali boshqarishni ta'minlaydi. Biroq muayyan kamchilikka ham ega, ya'ni, “tayyor” bilimlarni berish va o'quvchilarni bilimlarni o'zlashtirishda mustaqil hamda mahsuldor fikrlashdan ozod etish, o'quv jarayonini individuallashtirish, differentsatsiyalashtirish imkoniyatlarining kamligi..
Muammoli o'qitishda o'quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil egallash, o'quvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yo'li bilan ta'lim tashkil etiladi. Uning texnologiyasi turli-tumanligi bilan ajralib turmaydi, chunki o'quvchilarni faol idrok etish faoliyatiga jalb etish bir necha bosqichlardan iborat bo'ladi. Ular ketma-ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak.
Bunday o'qitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi. Bunday vaziyatda fikrlash jarayonida qiyinchilik his etiladi. O'quv muammosi bir qadar qiyin, lekin o'quvchilarning kuchi etadigan bo'lishi kerak. Muammoni ilgari surish bilan birinchi bosqich yakunlanadi. Muammoni hal etishning keyingi bosqichida o'quvchilar savol bo'yicha mavjud muammoni ko'rib chiqadilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning etarli emasligini aniqlaydilar va etish mayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqich muammoni echish uchun zarur bo'lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan. U hayoliga birdan fikr kelishi bilan yakunlanadi (“Men nima qilishni bilaman!”). Shundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, olingan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish bosqichlari keladi. Muammoli topshiriqlar savollar, o'quv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat bo'lishi mumkin. Muammoli savolda izlash va javoblar turli variantlari ko'zda tutiladi, ya'ni, oldindan tayyor javob bu erda mumkin emas. Muammoli savolga misool: “Nima uchun temirdan yasalgan mix suvda cho'kadi, temirdan yasalgan kema esa cho'kadi?”.
Muammoli masala uni yechish yo'llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi o'quv- o'rganish topshirig'idir. Muammoli masala asosini mavjud bilimlari o'rtasidagi qarama-qarshiliklar tashkil etadi. Muammoli masalaga misol: “2Q5*3q21 tengligi to'g'ri bo'lishi uchun qanday amallarni bajarish kerak?”.
O'qish jarayonida muammoli vaziyat sub'ekt (o'quvchi) o'zi uchun qiyin bo'lgan masalani echishni istashi, lekin unga ma'lumotlar etish masligi va u o'zi ularni izlashi zarurligini ko'zda tutadi. Muammoli vaziyatga misol: “6 ta gugurt qutisidan tomonlari bir gugurt qutisi kattaligiga teng 4 ta bir xil tomonli uchburchaklar yasang”.
Muammoli o'qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatini tashkil etish asosida bilimlarni mustaqil egallash, o'qishga qiziqishni uyg'otish, mahsuldor fikrlashini rivojlantirish, o'qitishning mustahkam va amaliy natijalari. Kamchiliklari o'quvchilar idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo'yish va hal etish uchun ko'p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil echish imkoniyatini har bir o'quvchiga taqdim etishning qiyinligi bilan belgilanadi.
Dasturiy ta'lim (dasturlashtirilgan o'qitish) harakat (operatsiya)lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur” terminidan kelib chiqadi. Ushbu turning asosiy maqsadi o'quv jarayonini boshqarishni yaxshilashdan iborat. Bunday o'qitish asosini kibernetik yondoshish tashkil etadi. Unga binoan o'qitish murakkab dinamik tizim sifatida qaraladi. Dasturiy ta'lim yangi didaktik, psixologik va kibernetik g'oyalar asosida XX asrning 60-yillari boshlarida yuzaga keldi. U o'quvchining bilim egallashi yo'lida har bir qadamni nazorat qilishga imkon beradigan va shuning asosida o'z vaqtida yordam ko'rsatish, qiyinchiliklarini oldini olish, qiziqishini yo'qotmaslik va salbiy oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi o'quv jarayonining texnologiyasini yaratishga yo'naltiradi.

Yüklə 60,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə