7. mavzu: jahon kriminal xo‘jaligi. Xufiyona iqtisodiy faoliyat va iqtisodiyotning xufiyonalashuv darajasini qisqartirish yo‘llari



Yüklə 71,59 Kb.
səhifə4/4
tarix17.12.2023
ölçüsü71,59 Kb.
#149788
1   2   3   4
7. mavzu jahon kriminal xo‘jaligi. Xufiyona iqtisodiy faoliyat

Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy ta’minot bilan ta’minlashni tezlashtirish va birlamchi qo‘shimcha jihozlash maqsadida Moliya vazirligi 2020-2021 yillarda Davlat soliq qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda mablag‘ ajratsin.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021 y., 06/21/6243/0540-son — 2021 yil 1 avgustdan kuchga kiradi)
Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi Markazni modernizatsiya qilish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish uchun Jahon bankining imtiyozli kreditini jalb qilishni tezlashtirsin.
Markazni jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, dasturiy va moddiy-texnik vositalar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin.
Davlat soliq qo‘mitasiga, istisno tariqasida, Markazni jihozlash uchun uskunalarni, dasturiy va moddiy-texnik vositalarni loyihalashtirish, etkazib berish va o‘rnatish, shuningdek, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzishga ruxsat berilsin.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi SH. Kudbiev zimmasiga Markazni jihozlash uchun zarur uskunalar, dasturiy va moddiy-texnik vositalar xaridi jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, xarid jarayonlari natijalarini e’lon qilish yuzasidan javobgarlik yuklatilsin.
15. Tegishli vazirlik va idoralarning umumiy shtat birligi doirasida:
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibida — YAshirin iqtisodiyotni tahlil qilish boshqarmasi tashkil etilsin, tahlillar o‘tkazish va yashirin faoliyat darajasi yuqori bo‘lgan iqtisodiyot sohalarini aniqlash uning asosiy vazifalari etib belgilansin;
b) Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida:
Soliq nazorati departamenti tashkil etilsin, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini aniqlash va agressiv soliq rejalashtirishga qarshi kurashish uning asosiy vazifalari etib belgilansin;
2021 yil 1 iyuldan boshlab maxsus tarkibiy bo‘linma tashkil etilsin, soliq huquqbuzarliklarining oldini olish va aniqlash, shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini shakllantirishda kontragentlar o‘rtasida hisob-kitoblarni tahlil qilish uning asosiy vazifalari etib belgilansin;
v) Moliya vazirligida — yashirin iqtisodiyotni qisqartirish ishlarini tashkil etish bo‘limi tuzilsin, unga Maxsus komissiyaning ishchi organi vazifalari ham yuklansin.
16. 2020 yil 1 noyabrdan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari soni 1 154 shtat birligiga yoki 10 foizga qisqartirilsin.
Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 10 512 shtat birligi, shu jumladan Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparatida — 498 shtat birligi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq;
tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining tuzilmasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Davlat soliq qo‘mitasi raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
zarur hollarda markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarning, shuningdek, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
bo‘ysunuvidagi xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar xodimlari sonini belgilash, ularning tuzilmasini, shtat birliklarini, shu jumladan boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini, ish haqi fondini, xarajatlar smetasini, transport vositalarining limitini tasdiqlash, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etish.
19. Belgilansinki, davlat soliq xizmati va bojxona xizmati organlarining mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faqat soliq, bojxona va valyuta qonunchiligiga rioya qilishga doir tekshiruvlarni o‘tkazish uchun haftasiga 16 ish soatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga jalb qilinishi mumkin.
20. Maxsus komissiya (J. Qo‘chqorov) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tadbirkorlar va aholini qonuniy biznes yuritishning nufuzini oshirish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan murosasizlik hissini targ‘ib qilishga jalb etish bo‘yicha «media-reja»ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 9-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
22. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.




1Qarang: International Organization for Migration (IOM), The UN Migration Agency. World migration report 2019. International Organization for Migration. 17 route des Morillons. P.O. Box 17.1211 Geneva 19

2Qarang: Мухитдинов Э.М. Ахолини иш билан бандлигини таъминлашда мехнат миграциясининг роли. Иктисодиёт фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати.-Т., 2019.-17-бет.

Yüklə 71,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə