7-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari darsning o‟quv maqsadi


O‟zgarmas (Doimiy) xarajat



Yüklə 137,43 Kb.
səhifə4/7
tarix23.12.2023
ölçüsü137,43 Kb.
#156856
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu ishlab chiqarish xarajatlari (1)

O‟zgarmas (Doimiy) xarajat (FC - Fixed cost) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o‘zgarmaydigan xarajat). O‘zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, ijara haqi, sug‘urta to‘lovlari, bank kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari, amortizasion ajratmalar, kapital ta‗mirlash, ma‗muriy xarajatlar kiradi.
O‟zgaruvchan xarajat (VC - Variable cost) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajat, ya‗ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o‘zgaradigan xarajat. O‘zgaruvchan xarajatlarga xom ashyoga, elektroenergiyaga, gazga, yordamchi materiallarga bo‘lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi.
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisi yalpi xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Yalpi xarajatlar (TC - Total cost) - qisqa muddatli oraliqda ma‗lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisiga teng:

TC=FC+VC(Q)


bu yerda FC - o‘zgarmas xarajat, VC(Q) - o‘zgaruvchan xarajat.
Yalpi doimiy xarajatlar (TFC total fixed cost) barcha doimiy ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan yalpi xarajatlar.

TFC = p1q1+p2q2+...+pnqn


p1,p2, pn - doimiy ishlab chiqarish omillarining narxlari, q1, q2, qn - doimiy ishlab chiqarish omillarining soni.
Yalpi o‟zgaruvchan xarajatlar (TVC total variable cost) barcha o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan yalpi xarajatlar.

TVC = p1q1+p2q2+...+pnqn



Yüklə 137,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə