7-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari darsning o‟quv maqsadi


Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi. 2



Yüklə 137,43 Kb.
səhifə2/7
tarix23.12.2023
ölçüsü137,43 Kb.
#156856
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu ishlab chiqarish xarajatlari (1)

Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi.
2 Qisqa muddat oraliqdagi xarajatlar

firmalarining asosiy tashkiliy shakllari: xususiy tadbirkorlik firmasi, mas‗uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari).
Xususiy tadbirkorlik firmasi - bu firmaning egasi ishni mustaqil, o‘z manfaatidan kelib chiqib olib boradi, u tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi, firmaning barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni bo‘yniga oladi (ya‗ni, mas‗uliyati cheklanmagan jamiyat hisoblanadi), qolgan daromadni o‘zi o‘zlashtiradi.
Mas‟uliyati cheklanmagan jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib, birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo‘lib, ular firmaning barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni cheklanmagan ravishda o‘zlarining zimmalariga oladilar.
Mas‗uliyati cheklangan jamiyatda firma egalari firmaning majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni Nizom fondiga qo‘shgan ulushi doirasida zimmasiga oladi, xolos.
Korporatsiya - paychilikka asoslangan jamiyat bo‘lib, har bir mulk egasining mas‗uliyati ushbu korxonaga qo‘shgan hissasi bilan cheklangan. Korxona aksiyalarini sotib olgan shaxslar korxona mulki egalariga aylanadilar. Korporatsiya faoliyatini aksionerlar majlisi nazorat qiladi. Aksiyadorlar o‘z aksiyalariga daromad
(dividend) oladilar. Korporatsiya kreditorlari o‘z talablarini aksiyadorlarga emas, korporatsiyaga qo‘yadilar.
Aksionerlik jamiyati ochiq turda bo‘lsa, korxona aksiyalari ochiq bozorda, ya‗ni fond birjalarida erkin sotiladi. Aksiyadorlarga korpo- ratsiya yoqmasa, ular o‘z aksiyalarini ochiq bozorda sotib korxona bilan aloqasini umuman uzishi mumkin.
Foyda olmaydigan tashkilotlar. Bozor sharoitida bunday turdagi tashkilotlarga foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari, klublar, machitlar, kasalxona, kollejlar, xayriya jamiyatlari va boshqalar kiradi.
Kooperativlar. Kooperativlar o‘z a‗zolarining resurslarini foyda olish maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi.
3. Uzoq muddatli oraliqdagi xarajatlar

Har qanday firmaning asosiy maqsadi foydani maksimallashti- rishdan iboratdir. Umumiy holda foyda (Profit) yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi.



TR TC ,
bu yerda - foyda; TR - umumiy daromad; TC - umumiy xarajat.

Yüklə 137,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə