7-ma’ruza: didaktika ta’lim nazariyasi. Pedagogik jarayon. Ta’lim tamoyillari va qoidalari. (2 Soat)


Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 81,45 Kb.
səhifə6/29
tarix28.07.2023
ölçüsü81,45 Kb.
#120055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
7-ma\'ruza

Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari. Jomiy uchta lirik devon, etti dostondon iborat “Haft avrang” (“Etti taxt”), ta’lim-tarbiyagaoid “Bahoriston” asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida munosib o’ringa ega bo’ldi.
Jomiyning ‘Lujjat ul-asror” (“Sirlar dengizi”, 1475), “Ashiat ul-lamoat” (“Yiltillagan nur”, 1476) diniy-falsafiy qasidasi Ibn Sinoga bag’ishlangan. Dostonlaridaxalq ommasining eng yaxshi orzu-umidlarini kuylagan. 7 dostondan iborat “Haft avrang” (“Etti taxt” yoki “Kattaayiq”, 1480—87)dagi “Silsilat uz-zahab” (“Oltin zanjir”, 1472), “Tuhfat ul-ahror” (“Nuroniylar tuhfasi”, 1481—82), “Sibhat ul-abror” (“Taqvodorlar tasbehi”, 1482— 83) dostonlarida yuksak xulq-atvor mezonlarini targ’ib qilgan, kishilarni ma’rifatga, yurtparvarlikka, to’g’rilik, insof va iymonga chaqirgan.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Sa’diyning Guliston asari uslubida yozilgan “Bahoriston” asari va “Xaft avrang”ga kirgan “Tuhfatul axror” hamda “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) va boshqa dostonlarida ifodalangan.
Bu dostonlarda va “Bahoriston”da Jomiy hakiqiy kamolotga erishgan inson haqidagi qarashlarini bayon etadi.
Jomiy o’zining mashhur “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) dostonida esa “Sevimli aziz farzandga nasihat” bobida, avvalo har bir yosh bilim olishi zarurligi, chunki inson umri juda qisqa bo’lib, bu ulfni behuda o’tkazmasligi, ammo bilim olgandan so’ng ungaalmal qilish lozimligini ta’kidlaydi vaamaliyotsiz ilm ham behuda ekanligini alohida uqtiradi.
Abdurahmon Jomiy hikmatlaridan
Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bo’l,
Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon ol yo’l.
Har bir kishiga bu so’z, oyna kabi ayondir,
Dono tirik hamisha, nodon o’liksimondir.

Eng zarur bilimni qunt bilan o’rgan,


Zarur bo’lmaganin axtarib yurma.
Zarurini hosil qilgandan keyin,
Ungaamal qilmay umr o’tkurma.
Kimning qalb diliga kirdi qanoat,
Hirs bilan ta’madan qutuldi bori.
Qanoat gilami to’shalgan erda,
Sindi ochko’zligu ta’ma bozori.

Qoldiray desang jahonda yaxshi nom,


Yaxshilik qil, yaxshilik qilgil mudom...

Yüklə 81,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə