7 -mavzu. Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatining psixologik tavsifi (2 soat)



Yüklə 95,17 Kb.
səhifə1/15
tarix26.10.2023
ölçüsü95,17 Kb.
#131597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
7 -mavzu. Muh-fayllar.org


7 -mavzu. Muh

7 -mavzu. Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatining psixologik tavsifi

(2 soat).
  1. Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatida diqqatning o’rni.


  2. Kasbiy faoliyat va xissiy bilish jarayonlari.


  3. Xotira tiplarining kasbiy faoliyat samaradorligidagi o’rni.




Psixik hodisalar psixik holatlarni, psixik jarayonlarni va psixik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bir so‘z bilan ruhiy, psixik hodisalar deb ataladi. Psixik hodisalarning birinchisi hisoblangan psixik holatlar deganda tashqi olamni aks ettirish va javob qaytarish xususiyati, mexanizmlari tushuniladi. Masalan, bolalar va kattalarning dunyoni aks ettirishlari,sog‘lom yoki betob odamning aks ettirishi,bardam,tetik yoki horg‘in, charchagan odamning aks ettirishi sifat xususiyatlari va holatlari bir-biridan farq qiladi. Psixik xususiyatlar deganda odam - sub’ektning betakror, bir-biridan farq qiladigan xususiyatlaritushuniladi. Bunda asosan odamning temperamenti, qobiliyati va xarakteri nazarda tutiladi. Psixik hodisalar ichida psixik jarayonlar etakchi va asosiy mazmunni kasb etadi.

Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob reaksiyalarini berish bilan bog‘liq jarayonlarning barchasini o‘z ichiga oladi.
Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funksiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob reaksiyasini berishga xizmat qiladi.
Psixik jarayonlar o‘z navbatida bilish jarayonlari, emotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy holatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb nomlangan qismlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Tashqi olamni aks ettirishda rol o‘ynaydigan jarayonlar deganda sezgi, idrok, tafakkur,xayolni tushunamiz. Biroq boshqa psixik jarayonlar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Psixik jarayonlarda birinchi signallar tizimi bilan bir qatorda odam uchun xos bo‘lgan ikkinchi signallar tizimi ham ahamiyatlidir.
Xohlagan psixik jarayonning sodir bo‘lishi va davom etishi shunday bir ruhiy hodisaga bog‘liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning samaradorligiga ta’sir o‘tkazadi. Bu diqqatdir. Diqqat ongning bir nuqtaga qaratilishi bo‘lib, shaxsning faolligini hamda uning ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalarga tanlovchi munosabatini ifodalaydi. Diqqat bo‘lmasa, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham bo‘lmaydi. Diqqatning uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so‘nggi diqqat turi. Diqqatning quyidagi xususiyatlari bor: diqqat ko‘lami, davomiyligi, taqsimlanishi, chalg‘ishi, ko‘chishi, mazmuni va b. Diqqat barcha kasb egalari uchun ham birday zarurdir. Ilm olish, kasb egallash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lish uchun ongni bir nuqtaga to‘plab faoliyat ko‘rsatish zarur.



Yüklə 95,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə